Assalomu alaykum!
Tekshiruvning dastlabki natijasi o'laroq, ba'zi tadbirlar qo'llanildi.
Forumga kirib olib, faqat PM yozadigan, va "-" qo'yadigan 3 ta user ban qilindi.
Ba'zi userlarimiz parollarini boshqa userga ishonib topshirganlar shekilli, "ishonchli" userimiz boshqa user nomidan kirib, o'zlariga "+" qo'yayotgan va ba'zi userlarimiz 2 xil nom bilan kirib, o'zlarining reytinglarini sun'iy ravishda oshirayotganlari ham ma'lum bo'lib qoldi.
O'sha userlarimiz o'zlari bilishadi. PM orqali xatolarini tan olsalar yaxshiydi. Aks holda hammaning oldida hijolat bo'lib qoladilar va forumdan chetlantiriladilar...