Sa’id ibn al-Musayyabning otalari «Tagida bay’at qilingan daraxtni ko‘rgan erdim, keyin o‘sha daraxtni qidirib topolmadim», - deydilar. Imom Buxoriy «Mahmud ham «Usha daraxt yodimdan chiqartirildi» deb aytgan»,— deydilar (Sahobalar Hudaybiyada bir katta daraxtnish ostida Janob Rasulullohning qo‘llariga qo‘llarini qo‘yib, «Hayotimning oxirigacha sizga itoat qilurman, Olloh taolo nimani buyurgan ersa, ado qilurman, nimadan qaytargan ersa undan saqlanurman » deb bay’at qilgan bo‘lib, bu bay’at Bai’aturrizvon deb ataladi Keyinchalik, bu daraxt Olloh taolo tomonidan sahobalarning eslaridan chiqarilgan, chunki Janob Rasulullohdan keyin musulmonlar mazkur daraxtni muqaddas bilib, uni tavof qilib, yo‘ldan ozib ketishlari mumkin erdi).
Toriq ibn Abdurrahmon bunday deydilar «Men haj safariga ketayotgan erdim, yo‘lda namoz o‘qiyotgan bir qavmni ko‘rdim. Odamlardan «Bu qanday (masjid) sajdagoh» — deb so‘radim. Ular «Bu Janob Rasululloh tagida sahobalarni bay’at qildirgan o‘sha daraxtdir»,— deyishdi So‘ng, men Sa’id ibn Musayyabning huzuriga borib, buni aytgan erdim, u «Otam o‘sha daraxt tagida bay’at qilgan sahobalardan biri bo‘lganlar, u kishi menga «Bay’atdan bir yil keyin, biz qaytib borib o‘sha daraxtni qidirdik, lekin eslay olmadik, Olloh taolo uni topishga imkon bermadi»,— deb erdilar. Muhammad sallallohu alayhi va sallamning sahobalari topolmagan daraxtni sizlar topgan bo‘lsangizlar, unda sizlar o‘ta «bilimdon» bo‘lib ketibsizlarku!»- dedi kesatib.
Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.