* * *
Ali roziyallohu anhu aytdilar: «Kimning huzurida Alloh taoloning sunnati, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam va Alloh do‘stlarining sunnati bo‘lmas ekan, demakki, uning qo‘lida hech narsa yo‘q ekan».
1. «Allohning sunnati nima?» deb so‘ralganida, «Sirni berkitmoqlik»,
dedilar.
2. «Rasulullohning sunnatlari nima?» deb so‘ralganida, «Odamlar
bilan murosa qilmoqlik», dedilar.
3. «Alloh do‘stlarining sunnatlari nima?» deb so‘ralganida,
«Insonlardan yetgan aziyatlarga bardosh bermoqlik», dedilar.