forum.ziyouz.com
Jamiyat va inson => Pazandalik => Mavzu boshlandi: ZUBAIR 14 Mart 2009, 18:00:48
-
(http://img.alibaba.com/photo/10848461/Organic_Black_Tea.jpg)
Assalamu Alaykum.
Qaysi choyni xush ko'rasiz? Nima uchun? Bu mavzu choy haqida.
-
:as:
Ko'k choy, tarkibida foydalik elementlari ko'p...
-
manga farqi yo`
-
Биз сзбеклар сзи чой ичишни билмаймиз. Аслида чой доривор ичимлик ҳисобланади, у бир қанча касалликларга қарши курашда схши фойда беради. Лекин, биз чойни босиб ичавериб, танамиз учун унинг доривор хусусистларини йсқотиб бслганмиз. Мен аччиқ чойни схши ксрсамда, уни ксп ичишдан сзимни тийишга ҳаракат қиламан. Чой срнига оддий қайнаган сув ичиб юрилса ҳам жуда фойдаси ксп.
-
Manga farqi yo'q.Shirin choy bo'lsa bo'ldi :)
-
Masalan men 2 yildan beri umuman choy ichmayman. Qishin yozin faqat suv. Nima uchundir choyni yoqtirmayman.
-
ikkalasiniyam yahshi ko'raman lekin ko'k choy qon bosimini tushurib yuboradi ,me'yorida ichilsa yahshi ,gohida umuman choy ichish esimdan chiqib qoladi :D :D
-
Masalan men 2 yildan beri umuman choy ichmayman. Qishin yozin faqat suv. Nima uchundir choyni yoqtirmayman.
Qoyil-e! Choy ichmaydigan odamga birinchi marta duch kelishim. :)
-
Qoyil-e! Choy ichmaydigan odamga birinchi marta duch kelishim. :)
Men umri davomida necha yillab choy ichmagan odamlarni bilaman (http://forum.arbuz.com/images/smilies/icon_smile.gif)
-
Uydagilar choy ichishadigan bo'lishsa ichaman, bo'lmasam yo'q. Hech qachon o'zim uchun choy damlab, o'tirib ichmaganman. Oddiy qaynoq suv ichish bilan chanqog'imni qondiraman. Agar choylarning foydalilik darajasiga keladigan bo'lsak, albatta ko'k choy foydaliroq (Olloh bilguvchiroqdir). Hazm qilish, ayirish, qon aylanish, nerv sistemalariga foydasi bor. Doim me'yorni bilgan holda ichish kerak :)
-
:as:
Salomatlik taqvimida choy haqida yozilgan ekan, shuni hammaga yetkazmoqchi edim. Qanday bo`lsa shundayligicha qoldirdim.
Choy ichishni bilasizmi?
Biz o`zbeklar choy ichishda inglizlardan qolishmaymiz. Ertalab ham choy, kechqurun ham choy. Qishning sovug`i-yu, yozning jaziramisida eng ko`p ichiladigan ichimlik ham choy hisoblanadi. Ha, choy bizga har doim kerak. Lekin unutmang, choy- shifobaxsh ichimlik, u suv emas.
Endi o`ylab ko`ring, o`sha ichimlikni chanqaganimizda ham, ovqat maghalida ham, yotishdan oldin ham ichaversak zarar qilmaydimi? nega endi shifobaxsh ichiliklardan biri bo`lgan choyni bot-bot ichaveramiz?
Bu savol hammaga erish tuyulsa kerak. Ammo choy to`g`ri ichilgandagina foydali bo`lishini unutmasligimiz zarur.
Ovqatga qoshib deyarli hamma choy ichadi. Choyning tarkibidagi tanin moddasi esa oziq moddalarida mavjud bo`lgan foydali moddalarni parchalab yuboradi, natijada organizmda vitaminlarning yetishmasligi yuzaga keladi. Choy bilan birga iste`mol qilinganda go`sha 40 foizdan 100 foizgacha qonga so`rilmasligi mumkin. mevalarning esa 5 foizdan ko`pi so`rilmaydi. Umumiy ovqatlardan ko`radigan bo`lsak, choy bilan iste`mol qilingan mahsulot tarkibidagi vitamin va temir moddasining kamida 70 foizi so`rilmay qoladi. bu esa inson salomatligi uchun salbiy ta`sirdir. Hozir dunyoda ko`pchilik insonlar kamqonlik bilan kasallangan.
Yurtimizda ko`p sonli aholi, ayniqsa, ayollar va bolalar temir tanqisligidan kelib chiqadigan kasalliklarga chalinayotgani tufayli kundalik iste`mol qiladigan nonimizga temir moddasini qo`shish, ya`ni unni boyitish yo`lga qo`yilgan. bu kamqonlikka qarshi kurashlardan biridir. Siz nonni nima bilan yeysz? Albatta, choy bilan. Bu esa yuqorida ta`kidlaganimizdek, temir moddasi mavjud bo`lmagan nonni yeyish bilan barobardir.
Yana ko`pchilik yosh bolaga choy berib xatolikka yo`l qo`yadi. Uch yoshgacha bolalarga choy ichirish tibbiyot nuqtai nazaridan ma`n etilgan. Bolakayning choyiga yoki sutiga shakar qo`shib berish ham noto`g`ridir. Bolalarni yoshligidan ovqatlanish tartibiga e`tibor berish lozim. Agar uning organizmida temir yetishmovchiligi yuz bersa, bu keyinchalik aqliy rivojlanishdan orqada qolish xavfini ham tug`diradi.
Salomatlik uchun kurashish yo`lida choy ichish an`analarini o`zgartirishimizga to`g`ri keladi. Ovqat mahali yoki ovqatdan so`ng choy ichmang. Choy o`rnida boshqa ichimliklar, masalan, aynagan yoki ma`danli suv va sharbatlar ichishingiz mumkin. Bu maslahatlardan so`ng, choy sog`ligimiz kushandasi ekan, degan fikr tug`ilmasin. Choyning organizmdagi ahamiyati katta. U ko`plab kasalliklar uchun davo bo`la oladi. Choyga shifobaxsh ichimlik sifatida qarab, me`yorga va vaqtiga ko`ra ichsak, salomatligimiz uchun foydali.
Ovqatlangandan 30 daqiqa keyingina ichilgan choy yoki qahva bezarardir. Keling hozirgi daqiqadan e`tiboran har kungi choyimizga nisbatan yangicha munosabatni shakllantiraylik.
Tibbiy saytlar asosida ja`far tayyorladi
-
:as:
Salomatlik taqvimida choy haqida yozilgan ekan, shuni hammaga yetkazmoqchi edim. Qanday bo`lsa shundayligicha qoldirdim.
Choy ichishni bilasizmi?
Tibbiy saytlar asosida ja`far tayyorladi
Asosan ushbu maqoladan ko'chirilibdi:
Choy ichishni bilasizmi? (http://www.ziyouz.com/index.php?option=com_content&task=view&id=700&Itemid=71)
-
Assalamu alaykum.
Choyni juda kam ichaman,ichganimda esa faqat ko'k choy ichaman.
YAngi damlangan qora choy bo'lsa ham iliq choyga o'xshaydi...
Ko'k choyni salomatlikka juda katta foydasi bor,InshaAlloh...
-
Manga negadir qora choy yoqmaydi, uncha chiqisha olmayman, koproq kok choy ichaman, uyimdagilar esa qora choy ichishadi
-
:as: Man aslida uyda judayam ko'p choy ichaman ertalab nonushtada ko'k choysiz boshlamiman, kechki payt ovqat yeganimdayam rosa ko'k choy ichaman bir qoshiq ovqat yesam bir piyola choy ichib yuboraman :D adamla ko'rib yegan ovqatin endi nima bo'ladi oshqozoninda dib rosa kuladila. Qora choyni umuman yomon ko'raman ichsam ko'nglim ayniydi...
suvni esa uncha icha olmiman sovuq suv ichsam tomog'im og'rishni boshlidi qaynatib sovutilganini ichsam mazam bo'miy qoladi shunaqa qilib mani eng sevimli ichimligim ko'k choy :) .
PS: Zubair mavzuga gap yo'q qoyil forumdoshlariz nima ichishlariga qiziqibsizmi deyman ;)
-
Albatta har narsa kabi choyni ham me'yorda iste'mol qilgan yaxshi. Masalan uhlashdan oldin ichilgan ko'k choy uyquni o'chirib yuboradi. O'zbekni kuni chosiz o'tmiydi, lekin Greklar faqat kasal bo'lib qolishsa dori sifatida choy ichishar ekan :10
-
Kim yegan taomini foydasini ko'pro olishni istasa choy va boshqa suv maxsulotini ovqat bilan yoki ketida ichmasin. chunki olimlarni aniqlashi bo'yicha suv va choy maxsulotlari oshqozonda 10 minut ichida xazim bo'lip ketarkan. xazim bo'lip ketvotkan suv yoki choy ovqatdagi oqsil vaboshqa foydali elementlani o'zi bilan olip tuship ketadi. shu sabap choy yoki suvni ovqatlanishdan oldin(10 minut) istemol qilinsa bu maslahatga muvofiq bo'ladi. ovqatlangandan keyin yegan ovqati xazim bolishiga qarap suyuqlini istemol qilinvuradi. bu narsa semirishi hohlaganla uchun yaxshi as qotadi. lekin alloh asrasinu tiqilip qoganilada bu maslahatga amal qip o'tirmela.
-
A.alaykum. Men O'zbekistonda ham ko'k choy icholmasdim, darrov qon bosimim tushib ketardi. Turkiyada esa umuman ichmadim, boshim aylanishga tushaveradi.
Doimo qora choy ichaman.
-
Natijalarni ko'rib hayron qoldim, nahotki choy ichmaganlar ham bor. Choyni shuncha ko'p foydasi borki. Qon tomirini kengaytirib, asablarni yumushatadi. Tabiiki hamma yerda choy ichilmaydi. O'zingiz uyda damlashingiz kerak. Keyin afsus bizda ko'p joyda choy ochiq sotilardi. Choy eng tez hid va turli uchuvchi gazlarni o'ziga tortib oladigan modda. Masalan Ukrainada atom bombasi portlaganda Turkiyaning Qora Dengiz sohilida yashovchi Trabzon, Riza viloyatida mingal insonlar choydan zaharlangan ekan. Choy yetishtiradigan bir odam aytgandi, bu zaharlanish aniq bo'lgandan keyin, shunaqangi ko'p choyni yo'q qildik qo'yaverasiz. Ochiq choy olmaslikka harakat qilinglar azizlar.
-
ChehMik tushmagur, Hojiboy Tojiboyev o'rinlariga sizni tashlab ketganlarmi deyman:)
Rostanam Turkiyada qora choy ichiladi asosan. Ko'k choyga "yashil choy" deyishadi. Keyingi paytlarda juda moda bo'lib ketdi, ko'k choy. Narhi osmonda. Asosan entellegent hisoblanadigan insonlar ichishadi, ozish uchun. Turmush o'rtog'imga ko'k choy ichaylik, yahshi hazm qiladi, desam, nima men entellegentmani, degandi:)
O'zbeklar entellegent ekanku, shuncha asrdan beri farqiga bormabmiz:)
-
O'zbekistondaligimda ko'k choymi qora choymi,tanlamasdan ichaverardim.Turkiyaga kelib faqat qora choy,yana qanaqa qora choy deng,zavarkasi alohida qaynatilgan qooop qora choy ichiashga majbur bo'ldim.Bir kuni taqdirni taqozosi bilan Gaziantepga borishga to'g'ri keldi,Istanbuldagi ishxona uchun ofis jihozlarini opkelishga yordam berish uchun.Kechki payt mashinaga balo-battarlarni yukladik,1 soatcha bo'sh vaqtimiz bor edi,qorovulni yoniga choy ichgani o'tdik.Sanoat rayoni bo'lgani uchun u yerda qorovullar ko'p bo'ladi,4 kishi endi ovqatlanib o'tirishgan ekan.Ovqatdan keyin bitta yoshi kottaroq odam idish-tovoqlarni yig'ishtirib,choy opkegani xonasiga kirib ketdi.Ozginadan keyin termosda qaynagan suv va paketda choy opkeldi.O'tirgan odamlardan bittasi "yana yashil choymi" dedi.Choy opkelgan odam ha dedi.U odamni ismi Muhammadjon aka ekan.Man bilan billa kelgan odam buyam o'zbek deb qolsa bo'ladimi? Yashil choy deganlari o'zimizni ko'k choy ekan.Muhammadjon aka asli Afg'onistondan ekan,afg'onistonlik o'zbeklardan.Ko'k choyni ichib,ancha suhbatrlashib o'tirdik o'zbekcha.Iloji boricha adabiy tilda gaplashishga harakat qildik.Muhammadjon akani o'zbekchasi shunaqa sof,boshqa tillar aralashmagan o'zbekcha ekanki,eshitgan sariz eshitgiz keladi.1987-yilda Afg'onistondan ko'chib kelishgan ekan.Gaziantepda alohida afg'on mahalla bor ekan.Marg'ilonlik ekanligimni bilib,qo'shnim ham marg'ilonlik deb qoldi,afg'on urushida qop ketganlardan ekan.Keyingi safar kelishimda albatta uchrashamiz deb yo'lga tushdik.Xullas,shunaqa xotiralar qoldi ko'k-yashil choydan :)
-
Turklarda:
Gönül Ne Kahve İster Ne Kahvehane
Gönül Sohbet İster Kahve Bahane, degan gap bor.
Choyni mavzusi ham suhbat qilishimizga sabab bo'ldi qarang:)
Ha hikoyangiz ta'sirli ekan, ko'p o'qigan eman, ko'p kezgan biladi, deyishadiku.
-
Албатта, айниқса мусаффо қалбли инсонлар билан суҳбатлашиш инсонга завқ бағишлайди. Мен аксар иштирокчиларимизни қалби соф иштирокчилар деб биламан. Ва иншаАллоҳ кечаётган англашма ва суҳбатлар ҳар бирларимизда гсзал таасуротлар қолдиради. Аллоҳ Ҳақ Таоло ҳар бирларимизни фасоҳатлик каломларни манфаат келтирадиган тарзда ссзлагувчи бандалардан қилиб қсйсин!
-
To'g'ri aytasiz, Muhammad Sohib, men ham bu forumdagi barchani qalbi toza, ko'nglida shafqat to'la insonlar, deb o'ylayman. Unday bo'lmagan insonlar ham ko'p vaqt o'tmasdan sekingina oradan yo'q bo'lib ketaveradi. Aslida tilimizdan to'kilgan har bir so'z va har bir soniyaning qadrini bilishimiz kerak. Bu yo'lda dinimizga bog'liq bo'lib yashayotgan sizday aka-uka, opa-singillarimiz bizlarni ogohlantirsalar yana ham yaxshi bo'ladi. Tabiki hamma narsaning ham odobi, uslubi bo'lganiday ogohlantirishlarning ham o'ziha yarasha uslubi bo'lgani ma'qul. Men avval ham aytib o'tganimday O'zbek tilida yo'q deguday kam gaplasha boshlaganim uchun bu yerga a'zo bo'ldim. Qolaversa, mening niyatim faqatgina gaplashish bo'lsa edi, boshqa saytlarga ham kirib, to'htamay suhbat etishim mumkin edi. Ziyouzni anchadan beri bilaman, Alloh rozi bo'lsin kerakli ma'lumotlarni sayt yordamida doim topganman. Bu materyallarni bu yerga joylanishiga sabab bo'lgan barcha qardoshlarimizni Olloh o'zi qo'llasin.
Choy bahona, yana boshqa mavzular ochildi. Menga "offtobchi" deyishmasa bo'lgani:)
-
hozirgi kunda ......
bir hil paytlar va ko'pincha menga choyni farqi bo'lmay qoladi ko'kmi ,qorami ayniqsa o'qishga kechikib shoshayotganda ,issiqqina damlangan bo'lsa bo'ldi ichib ketaveraman . ;)
-
Qanqay yaxshi choy ajratmaslik. Lekin suv ham juda muhim choyni yaxshi bo'lishi uchun. Bazan suvdagi xlorni juda oshirib yuborishadi. Choyning en a'losi bo'lsa ham hech maza qolmaydi.
-
choy ichmayman degan gaplarga hayron bo'lmanglar, bu musofirlarning, ayniqsa yo'lg'iz o'zi yashaydigan ishchi yoki talaba musofirlarning gaplaridir.Uyda bo'lsakku oila a'zolarimiz uchun uch mahal ovqat tayyorlab ko'k choyu qora choylarni damlashga erinmaymiz, biroq musofir yurtda ishdan charchab kelganingda (ishlari biznikidan ancha qiyin ekan,har holda man bunaqa zavodda 12-14 soat ishlayman deb hayolimgayam kelmagandi) choy damlash yoqmas ekan,bo'lsa mevalar coki,bo'lmasa quruq suv ham ichib ketaverar ekansan,man ham deyarli uch yil bo'lyapti choyni axyon-axyonda damlayman, undayam xo'jayinim bugun choy damlagin desalar,bo'lmasa ikkalamiz ham sovuq ichimliklarga o'rganib bo'ldik.
-
Turklarda:
Gönül Ne Kahve İster Ne Kahvehane
Gönül Sohbet İster Kahve Bahane, degan gap bor.
Choyni mavzusi ham suhbat qilishimizga sabab bo'ldi qarang:)
Ha hikoyangiz ta'sirli ekan, ko'p o'qigan eman, ko'p kezgan biladi, deyishadiku.
lekin turklarni choy ichishini ko'rib ichim achib ketadi ,hay bularni issiq choyda qo'li kuymasmikin deb bardaklarida ,bir kuni bardakda bir quyib berishdi ,bir ichib ko'riychi disam ,o'zbekmanda ........piyolani sog'inib qoldim ,
keyin anu kino esimga tushib ketdi,
ona yurtim bag'riiiiiiiiiiiiiida ,
bir narsa birnarsa .(esimdan chiqdi )
Toshkent piyolasiiiiii.
-
kecha iftorda uyda choy qolmabdi, anu boru beta choydi diydimi ipi bor choy boru hullas shunaqa choy borakan damlab shu choydan endi birinchi marta ichishim, shunaqa sassiq choyakan hidi bormiyi, hech kim ichmadi. Majbur bo'ldim baribir oq choy olib chiqishimga, qo'qonda ko'k choydi oq choy deyishadi, qora choydi esa pamil choy.
Bir kun ayam birlan toshkentga borgandi, Sobir rahimovda bir stolovoyga kirdi qornimiz och endi nima bo'lsa ham tomoqdan indami o'tadigan obed vaqti edi. bitta ofisiant keldi yonimizga ayam ham o'rganib qolishmaganmi oq choy, pamil choy deb, Oq choy olib keling deyishdi, ofisiant hayron bo'lib borib qora choy ko'tarib kelibdi, ayam bilan rosa kulgandi, atrofimizda o'tirganlar ham kulib yuborishgan, afisiant o'ylabdiki adashib oq choy deb yuborgan bo'lsa kere qora oboriri debdida qora olib kelibdi. Ushandan keyin toshkentga borsi ko'k choy qora choy deyidigan bo'lganmiz
-
Qorami yoki pamil nega 2 xxil ataladi :D
-
Pamil shevada bo'lsa kerak, fikrimcha.
Ko'k choy choylar ichra SULTON choy.
-
БИА ЛИАЛАГИАА ЧОЙ...
Чой фақат чанқоқни босувчи ичимлик бслмай, балки инсон организмини соғломлаштирувчи мсъжизакор суюқлик ҳамдир. Бир пиёлагина чой ичида куч-қудрат борми дерсиз. "Ҳа, бор" дейишади тадқиқотчилар.
Чой спроқлари таркибида 10дан ортиқ витаминлар мавжуд. Масалан, ундаги А, В1, В2, В6, Е, К, А витамини, микрослементлардан калий (юрак ва қон-томирлари, мускуллар ва нервлар учун), фтор (милк ва тишлар учун), йод (сндокрин безларининг фаолистини схшилайди), марганея (сусклар учун), чой феноли, теин, флавонид, қанд липиди ва бошқалар инсон танаси учун ниҳостда зарур ҳисобланади. Чой феноли нурланишнинг олдини олади. Шунинг учун узоқ вақт давомида телевизор ксрадиганлар ёки компьютерда ишлайдиганлар тез-тез чой ичишлари керак. Чой таркибидаги теин моддаси фенол билан биргаликда инсон танасидаги холестерин моддасини камайтиради, қон томирларини кераксиз чиқиндилардан тозалайди ва инфарктнинг олдини олади. Флавонидлар сса рак билан хасталанишдан асрайди. Чойнинг буржларга ҳам сзига хос таъсири бслиб, улар қуйидагича:
— Қон айланиш системаси фаолистини схшилайди.
— Семириб кетишнинг олдини олади.
— Ташқи ксринишни - терини майинлаштиради.
— Марказий нерв системаси фаолистини фаоллаштиради.
— Инсон организмида юқумли хасталикларга қаршилик ксрсатиш фаолистини оширади.
— Бактерисларга қаршилик ксрсатиш ва ошқозон, буйрак ва жигарни дизенфекяислаш - зарарсизлантириш хусусистига сга.
— Қон босимини пасайтириш хусусистига сга. Айниқса, қсй буржи остида туғилганлар учун ксриш қобилистига таъсир қилади.
-
Албатта билишингиз керак!
Анг схши ва фойдали чой — бу кск чой. Айниқса, барглари сзилмасдан бутун ҳолича қуритилгани. Чой қон-томирларни тозалайди, терини қуриб қолишдан асрайди, жисмоний меҳнатдан сснгги чарчоқни олади, асабларни юмшатади ва ҳоказо. Очиқ ҳавода меҳнат қилувчилар кск чой ичадилар.
чой ичиш тартибини биласизми?
1. Бир кунда қанча миқдорда чой ичилганда соғлиққа фойда бслади?
Кунига 5-6 пиёла, съни 150 мл.
2. Чойнинг таркиби дамланганда қандай бслиши керак?
Бир чой қошиқ чойга бир стакан (200мл.) қайноқ сув солинади. Чойни схшиси оз-оздан ва ҳар сафар снгидан дамлаб ичган маъқул. Ҳеч бслмаганда, уч мартагача сски чой устига дамлаш мумкин, лекин бир сутка (съни 24 соатдан)дан ошмаслиги керак.
3. Чой дамланадиган сув қандай бслиши керак?
Тоза ва юмшоқ сув бслиши керак. Тоза сувни ёки водопровод сувини филтрлаб олиб, темир чойнакда қайнаш даражасигача олиб борилади, лекин чой шақиллатиб қайнашга олиб бормасдан дамланади.
Чой ва хушрЎйлик
* Сочларингизни чой билан чайинг. Бунинг учун бир ош қошиқ чойга икки стакан (400мл.) қайноқ сув қуйиб дамлаб қсссиз. Совугач докадан стказиб оласиз, бошингизни ювиб бслгач, устидан чой билан чайиб ташлайсиз.
* Гсзал бслиш учун чойли ванна фойда беради.
Бунинг учун 2 литр қайноқ сувга бир пачка 200 граммли ёки 100 граммли чойнинг икки қутисини солиб дамлаб, 10 дақиқа қсссиз. Бу пайт ичида ваннани илиқ сувга тслдирасиз. Дастлаб дамлаб қсйган чойни ва сна 1 литр сутни солиб аралаштирасиз-да, 15-20 дақиқа давомида шу ваннани қабул қиласиз.
Ксзлар учун фойдали муолажа
Агар ксзларингиз ости салқиб, осилиб тургандек бслса ёки чарчашдан ксринишингиз ёмон бслса, тезда чой дамлаб, илиқ ҳолга келганда докадан иккита бир неча қаватли кичик рсмолча ссаб, чойга ботириб олинг-да, 10 дақиқа давомида бошингизни орқага сгиб ёки креслога суснган ҳолда ксзларингизга босиб стиринг.
-
Ko'k choy yaxshiku-ya lekin iqlimga qarab yani qaysi shaharda ekanligingizga qarab iste'mol qilish kerak. Masalan men Toshkentda umuman ko'k choy icha olmasdim, qon bosimim darrov pasayib ketib, boshim aylanardi. Andijonga borganimda esa bemalol ichardim...
İstambulda umuman ichmadim, zotan dengiz bor, past iqlim yani, boshimni ko'tara olmay qolaman, deb qo'rqqanimdan ko'k (Turklarni ta'biri bilan "yashil choy" ) choyga yaqinlashmadim:)
-
Qora choy tayyorlanayotganida choy yaproqlariga ko`proq ishlov beriladi shuning uchun undagi foydali xususiyatlar ko`k choydan ko`ra kamroq ,ammo xushbo`yligi o`ziga jalb etadi. Eshitishimcha choyninig bundan tashqari yana bir qancha turlari bor ekan. shulardan biri oq choy bo`lib faqat Xitoyda yetishtiriladi va uni Xitoydan tashqariga olib chiqish ta`qiqlangan
-
Ko'k choy yaxshiku-ya lekin iqlimga qarab yani qaysi shaharda ekanligingizga qarab iste'mol qilish kerak. Masalan men Toshkentda umuman ko'k choy icha olmasdim, qon bosimim darrov pasayib ketib, boshim aylanardi. Andijonga borganimda esa bemalol ichardim...
İstambulda umuman ichmadim, zotan dengiz bor, past iqlim yani, boshimni ko'tara olmay qolaman, deb qo'rqqanimdan ko'k (Turklarni ta'biri bilan "yashil choy" ) choyga yaqinlashmadim:)
Fikringizga qo'shilaman. Toshkentda yashaydiganlarning ko'pchilig qora choy ichishni afzal biladirlar. Vodiy ahli esa ko'k choy ishqibozi ;) Lekin qon bosimi borlar kofe,qora choydan saqlanganlari foyda fikrimcha.Qaysidir yili bir joyda o'qigandim. Tadqiqotchilar xulosasiga ko'ra ko'k choy eng zararsiz,ya'ni eng foydali choy ekan. Zararli ichimliklar jadvalining birinchi o'rinida KOFE, kayin qora choy turar ekan.
Ha aytgancha yana bir ma'lumot, ko'pchilik bilsa kerak chefir nima ekanligini.Lekin bu narsa juda yurakka salbiy ta'sir o'tkazadi. Yurakni o'ynatib yuboradi.Chefir-choyning judayam-judayam to'q qilib damlangani. Judayam zararli narsa. Ana shunaqa! ;)
-
Ko'k choy yaxshiku-ya lekin iqlimga qarab yani qaysi shaharda ekanligingizga qarab iste'mol qilish kerak. Masalan men Toshkentda umuman ko'k choy icha olmasdim, qon bosimim darrov pasayib ketib, boshim aylanardi. Andijonga borganimda esa bemalol ichardim...
İstambulda umuman ichmadim, zotan dengiz bor, past iqlim yani, boshimni ko'tara olmay qolaman, deb qo'rqqanimdan ko'k (Turklarni ta'biri bilan "yashil choy" ) choyga yaqinlashmadim:)
Fikringizga qo'shilaman. Toshkentda yashaydiganlarning ko'pchilig qora choy ichishni afzal biladirlar. Vodiy ahli esa ko'k choy ishqibozi ;) Lekin qon bosimi borlar kofe,qora choydan saqlanganlari foyda fikrimcha.Qaysidir yili bir joyda o'qigandim. Tadqiqotchilar xulosasiga ko'ra ko'k choy eng zararsiz,ya'ni eng foydali choy ekan. Zararli ichimliklar jadvalining birinchi o'rinida KOFE, kayin qora choy turar ekan.
Ha aytgancha yana bir ma'lumot, ko'pchilik bilsa kerak chefir nima ekanligini.Lekin bu narsa juda yurakka salbiy ta'sir o'tkazadi. Yurakni o'ynatib yuboradi.Chefir-choyning judayam-judayam to'q qilib damlangani. Judayam zararli narsa. Ana shunaqa! ;)
Biza ishxonada choyni achchiq qilib damlagan odamni narkoman dimiza.
-
Biza ishxonada choyni achchiq qilib damlagan odamni narkoman dimiza.
100% qo'shilaman!
-
Ha aytgancha yana bir ma'lumot, ko'pchilik bilsa kerak chefir nima ekanligini.Lekin bu narsa juda yurakka salbiy ta'sir o'tkazadi. Yurakni o'ynatib yuboradi.Chefir-choyning judayam-judayam to'q qilib damlangani. Judayam zararli narsa. Ana shunaqa! ;)
*Alloh taolo dedi: «O’zingizni o’zingiz o’ldirmanglar! Alloh sizlar uchun rahmlidir». (Niso: 29)
*Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mast qiluvchi va bo’shashtiruvchi narsalardan qaytardilar. (Hasan hadis. Abu Dovud va Imom Axmad rivoyati)
*Rasululloh sallallohu alayhi va sallam dedilar: «Тo’rt narsa: umrini nima bilan o’tkazgani, jasadini nimalarda ishlatgani, boyliklarini qayerdan topib, qayerga sarf etgani hamda ilmiga qanday amal qilgani haqida so’ralmay turib, bandaning oyoqlari o’rnidan qimirlamaydi». (Sahihut-Тermiziy [Alboniy])
-
Ko'k choy baribir zo'rda, ayniqsa oshdan keyin mazza qilib ichasiz :D :D
-
Ko'k choy baribir zo'rda, ayniqsa oshdan keyin mazza qilib ichasiz :D :D
Ishtahani ochdizku! Nahorgi oshdan keyin holva degan shirinlik bilan ko'k choy ichishga nima yetsin a, labbay? ;)
-
Ko'k choy baribir zo'rda, ayniqsa oshdan keyin mazza qilib ichasiz :D :D
Ishtahani ochdizku! Nahorgi oshdan keyin holva degan shirinlik bilan ko'k choy ichishga nima yetsin a, labbay? ;)
Undan ham Soyning bo`yida, majnuntol soyasi ostidagi so`ri ustida bir oyoqni suvga solib choy ichishga nima yetsin
-
Undan ham Soyning bo`yida, majnuntol soyasi ostidagi so`ri ustida bir oyoqni suvga solib choy ichishga nima yetsin
Demoqchisizki bitta dimlamani yeb keyin choy ichsa dimoqchisizda a? ;D
-
Kecha sog'inib ko'k choy ichgandim, qon bosimim tushib, boshim og'ridi...Shunisi yomon-daaa
-
Issiqini Ko'k choyga nima yetsinnn...
-
Rahmatlik hojiboy aytgandiku:
-O`zbeklar havo 36 daraja issiq issiq issiq choy ichishadi ;)
-
Shu o'rinda sizlardan bir narsani so'ramoqchiman, bilganlar javob bersin.
Man qora choyni choynakni tagida qolgan achchiq choyni piyolaga quyib shirin choy qilib ichishni yoqtiraman (hozirda unaqa ichomayapman, kenayshkalarim choyni yangilash uchun obchiqib ketishadi), aytingchi bu sog'liqqa zarar emasmi?!
-
Qora choy!
choy barglari uyumi ochiq havoda quritilganda ular tarkibidagi namlikning 3.1 yo'qotiladi so'ngra bu barglar mashinalar yordamida eziladi. ezilish davomida hujayralardagi shira havoda oksidlanadi va barglar rangsizlanib boradi. Yashil barglar qo'ng'ir va qizg'ish tusga kiradi. 85-88 daraja issiqlikda quritilgan barglar qorayadi va shu taqlidda qora choy vujudga keladi. Bu vaqtda unign to'qimalari buzilib, ajralib chiqqan sharbat ta'm va rang hosil qiladi. Mazkur jarayonda kofein, sezilarli ko'payadi. Ma'lumki, kofein yurak-qon tomiri va nafas olish markazi faoliyatini qo'zg'aydi. u tanani bardamlashtiruvchi va tiklovchi ta'sir ko'rsatadi. Qora choy shuning uchun charchoqda, uyqusizlikda, ishchanlik xususiyatining, yurak faoliyatining susayishi va pasayishida, gipotoniyada tafsiya etiladi.
Maqolamizning so'nggida olim va shifokorlarning kuzatishlariga asoslanib quyidagi bizlar bilib-bilmagan maslahatlarni eslatib o'tamiz:
1. Homilador ayollarga achchiq va ko'p choy ichish tafsiya etilmaydi, chunki choydagi kofein, tanin va efir moylari, purin kabi moddalar ona qornidagi homila qoniga o'tib uning organizmiga zararli ta'sir etadi.
2. Emizikli ayollarga achchiq choy ichish tafsiya etilmaydi, chunki u ona sutini juda quyuqlashtirib va ser moyli qilib kamaytirib yuboradi.
3. 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga choy ichirish tavsiya etilmaydi.
4. 3-9 yoshdagi bolalarga qaynoq suvga sut, asal yoki meva sharbatlari qo'shib ichishlari tavsiya etiladi.
5. O'tish davridagi 10-17 yoshdagi bolalarga "suyuq" (kuchsiz) choy ichirish tavsiya etiladi, chunki ularda hali asab tizimini tetiklashtirishga muhtojlik yo'q, aks holda ular ulg'ayishgach "choyxo'r"likka chalinib qolishlari m-n.
6. Yosh qizlar, kelinlar, ayollar achchiq va ko'k choy ichmaganlari maqul
-
Ko'p odamdan Qora choy zarar dib eshitganman..
-
Shu o'rinda sizlardan bir narsani so'ramoqchiman, bilganlar javob bersin.
Man qora choyni choynakni tagida qolgan achchiq choyni piyolaga quyib shirin choy qilib ichishni yoqtiraman (hozirda unaqa ichomayapman, kenayshkalarim choyni yangilash uchun obchiqib ketishadi), aytingchi bu sog'liqqa zarar emasmi?!
Kenayishkalarizdan so'rap ko'rinde oldin, mani sog'lig'immi o'ylap yengilavoslami yo'ki yengilashka boshqa narsa yo'mi.
-
Shu o'rinda sizlardan bir narsani so'ramoqchiman, bilganlar javob bersin.
Man qora choyni choynakni tagida qolgan achchiq choyni piyolaga quyib shirin choy qilib ichishni yoqtiraman (hozirda unaqa ichomayapman, kenayshkalarim choyni yangilash uchun obchiqib ketishadi), aytingchi bu sog'liqqa zarar emasmi?!
Kenayishkalarizdan so'rap ko'rinde oldin, mani sog'lig'immi o'ylap yengilavoslami yo'ki yengilashka boshqa narsa yo'mi.
Zor jovob. bobtii
-
Uydagilarni ko'pi achchiq choy ichisholmaydi, shunga yangilashadi. Sizningcha yana nimani yangilash mumkin-a. Gapizga tushunmadim. Tepadagi savolim qoldi, iltimos savolga javobini bilganlar yozsin.
-
Uydagilarni ko'pi achchiq choy ichisholmaydi, shunga yangilashadi. Sizningcha yana nimani yangilash mumkin-a. Gapizga tushunmadim. Tepadagi savolim qoldi, iltimos savolga javobini bilganlar yozsin.
Choy damlanib so`ng ichiladi ana shu vaqtda uning foydali xususiyatlari yuzaga chiqadi. Choy agar uzqroq muddatda qoldiriladigan bo`lsa endi uning foydali moddalari zararlisiga aylanadi, shuning uchun ham choyni sovugandan so`ng almashtirishadi. bunday choyda ya`ni shamasi bor choyda vaqt o`tib zararli moddalar to`planadi, bunday choy bizga zarari ko`rinmasada, bolalarda kasalliklar keltirib chiqaradi. Buni menga dadam aytgandilar.
-
Katta rahmat munisaxon
-
Uydagilarni ko'pi achchiq choy ichisholmaydi, shunga yangilashadi. Sizningcha yana nimani yangilash mumkin-a. Gapizga tushunmadim. Tepadagi savolim qoldi, iltimos savolga javobini bilganlar yozsin.
Dasturhonda yengiliydigan narsala kop'u, misol uchun dasturhonni o'ziniyam yengilap kelish mumkin kenayilariz.
Uzur tepadigi gapim og'ir botgan bo'sa. Savolizga manam bilganimcha javop beradigan bo'sam: oddiy qilip tushuntirganda qora choy tarkibida kofein va shunga o'xshash modda bo'lgani uchun qoni quyuq, bosimi yuqori odamla ichmagani maqul, agar usha achchiq choyga yana shakar qo'ship ichsez quvvati yana oshadi adashmasam, lekin aksincha bosimi past odamla bulardan energiya sifatida foydalansa bo'sa kere, tepadayam forumdoshla etip ketishgan malumotlada. Umuman choy ichimligini ovqatlanishdan so'ng ichmagan maqul dip eshitganiydim, chunki choy yegan ovqatdagi kereli moddalani parchalap tashlash hususiyatiga egekan, choyyi ovqatlanishdan 15 minut oldin, yo' 1 soatdan keyin ichish maqul ish bo'larkan.
-
Zubairaka o'ziz qaysi birini yaxshi ko'rasiz??? )))
-
Shu o'rinda sizlardan bir narsani so'ramoqchiman, bilganlar javob bersin.
Man qora choyni choynakni tagida qolgan achchiq choyni piyolaga quyib shirin choy qilib ichishni yoqtiraman (hozirda unaqa ichomayapman, kenayshkalarim choyni yangilash uchun obchiqib ketishadi), aytingchi bu sog'liqqa zarar emasmi?!
Sizni qilayotgan ishingiz yuragingizga zarar keltirishi mumkin. Inson o'z salomatligiga zarar beradigan narsalardan tiyilishi kerak.
P.S. Forumda sheva,lahjalardan oqilona foydalanib, so'zlarni buzmasdan ishlatsak. Kenayishka so'zi qo'pol fikrimcha. Forum nomiga mos bo'lsin gap-so'zlarimiz, iltimos.
-
Habib, katta rahmat sizga. Abdumuhayminga ham rahmat foydali ma'lumotlar uchun.
-
Oisha roziyallohu anho dedilar: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ichimliklar ichida hammadan mahbubrog‘i o‘zi shirin va sovuq bo‘lgan narsa edi.
I z o h. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taom haqida nihyatda betakalluf bo‘lsalar ham ichimlik xaqida sovuq va shirin suvni yaxshi ko‘rar edilar. Shuning uchun Madinadan necha mil uzoq saqyodan u zot uchun xos suv keltirilar edi. Bu yerdagi sovuq shirin sharobdan murod, ivitib qo‘yilgan xurmo yo mayiz bo‘lsa ham bo‘lar, yo asal sharbati bo‘lsa ham bo‘lar, yo to‘g‘ri shirin muzdek suv bo‘lsa ham bo‘lar. Ichiladigan suvda sovuqlik va shirinlik sifati jam bo‘lsa, sixatni muxofaza qiladi. Dil va jigarga nihoyatda foyda qiladi.
-
Shu o'rinda sizlardan bir narsani so'ramoqchiman, bilganlar javob bersin.
Man qora choyni choynakni tagida qolgan achchiq choyni piyolaga quyib shirin choy qilib ichishni yoqtiraman (hozirda unaqa ichomayapman, kenayshkalarim choyni yangilash uchun obchiqib ketishadi), aytingchi bu sog'liqqa zarar emasmi?!
Albatta zarar. chunki, choynak tagida choyning qoldiqlari ya'ni, choy changi, har hil zararli bo'yoqlar, zararli tuzlar cho'kmaga tushadi. Bular esa buyrakda tuz hosil bo'lishiga, jigarning himoya funksyasini pasayishiga olib keladi. Organizm uchun esa bu katta yo'qotishdir. Vrach maslahati bunday qilmang, (agarda jigar va buyrak kerak bo'lsa) :))
-
Alloh rozi bo'lsin. Rahmat foydali ma'lumotlar uchun Hadija. InshaAlloh bundan keyin unday qilib ichmayman.
-
Ha aytgancha yana bir savolim bor edi. Onda sonda ko'k choy ichishni sog'inganimda 2 choy qoshiqda to'ldirib quruq ko'k choy qo'shib choy damlab ichaman. Aytingchi bu ham achchiq qora choy singari zararli emasmi?!
-
Zubairaka o'ziz qaysi birini yaxshi ko'rasiz??? )))
Suv ichaman. Ba'zan sovug'im oshib ketganda, dorilikka ozgina qora choy ichib qo'yaman. Buyam oyda-yilda bir :-)))
-
Zubairaka o'ziz qaysi birini yaxshi ko'rasiz??? )))
Suv ichaman. Ba'zan sovug'im oshib ketganda, dorilikka ozgina qora choy ichib qo'yaman. Buyam oyda-yilda bir :-)))
Hmm suvmi har kuni suv icharkansizde a???
Nega dorilika og'rib qolasizmi oyda yilda ??? Hecham orimeng.
-
Ha aytgancha yana bir savolim bor edi. Onda sonda ko'k choy ichishni sog'inganimda 2 choy qoshiqda to'ldirib quruq ko'k choy qo'shib choy damlab ichaman. Aytingchi bu ham achchiq qora choy singari zararli emasmi?!
Bundan bir necha yil avval uyimizda bir usta ishlagan 1 haftacha. Tomga tunuka qilgan edi. Yoz payti. U usta o'zi bilan bir pachka "toshkent" choyi(qora yo ko'k esimda yo'q) olib kelardi.Kichkinagina nikel choynagi bo'lar edi. O'sha bir pachka choyni 1.5-2 kunda ichib tugatib bo'lar edi. Damlaganda o'sha kichkinagina nikel choynakchasiga judayam judayam achchiq qilib damlar edi. Nega unday qilasiz deb so'raganimda- yoqar ekan organizmiga. Lekin bu ish judayam noto'griligini o'zi ham bilardi. O'ta achchiq choy-chefir deyiladi jargonda. Avval ham aytib o'tilganidek, yurak urishini tezlashtiradi bu ish. Alaloqibat, yurakni charchatadi. Ohiri voy bilishimcha...
Kalomimni xullasida aytib o'tmoqchimanki, hamma narsani me'yori go'zal.Ortiqcha vazn,ortiqcha uyqu,ortiqcha so'z isnonga qanday zararli bo'lsa, ortiqcha (achchiq) choy ham inson uchun xatarli.
-
Menga nima damlaselar ham ichoraman
-
Yana bir bor rahmat.
-
Choy bahona suhbat g'animat bo'pti-yu buyog'i : )
-
Man Nimagadir Yoshligimdan Ko'k choyni hush ko'rman,
-
Eshitichimcha, rostmi yolg'onmi bilmadim,ko'k choy tarkibida insonga hush yoquvchi moddaga o'hshagan bir nima bor. Kimdur bilsa yozarsilar.
-
Ovqat paytidagi choyxo'rlik kamqonlik keltirib chiqarishini hamma ham bilmasa kerak. Bilganda ovqatlanayotganda choy ichmasdi.
-
Ovqat paytidagi choyxo'rlik kamqonlik keltirib chiqarishini hamma ham bilmasa kerak. Bilganda ovqatlanayotganda choy ichmasdi.
Umuman Rasululloh :sw: ham ovqat bilan suyuqlikni kamroq iste'mol qilishni tavsiya qilganlar.
Xozirgi olimlar ham ovqatdan keyin 30 minut o'tgach suyuqlik iste'mol qilish kerakligini ta'kidlaydilar.
Ayniqsa choy masalasida.
Agar 30 minut uzoqlik qilsa oz-oz ichsa bo'ladi. Lekin choy emas, biror boshqa suyuqlik, mineral suv eng yaxshisi manimcha.
-
Ovqat paytidagi choyxo'rlik kamqonlik keltirib chiqarishini hamma ham bilmasa kerak. Bilganda ovqatlanayotganda choy ichmasdi.
ovqat paytida odam tiqilib qosa( O'zi asrasin), kam qon bo'p qolaman dib choy ichmasligi keremi?
-
Ovqat paytidagi choyxo'rlik kamqonlik keltirib chiqarishini hamma ham bilmasa kerak. Bilganda ovqatlanayotganda choy ichmasdi.
ovqat paytida odam tiqilib qosa( O'zi asrasin), kam qon bo'p qolaman dib choy ichmasligi keremi?
Sekinroq yeyish kerak. Nafasi ichiga tiqilib yemaslik kerak. Chaynab-chaynab yeyish kerak. Choy bo'lmasa turli xil sharbatlar bor. Marhamat!
-
Ovqat paytidagi choyxo'rlik kamqonlik keltirib chiqarishini hamma ham bilmasa kerak. Bilganda ovqatlanayotganda choy ichmasdi.
ovqat paytida odam tiqilib qosa( O'zi asrasin), kam qon bo'p qolaman dib choy ichmasligi keremi?
Sekinroq yeyish kerak. Nafasi ichiga tiqilib yemaslik kerak. Chaynab-chaynab yeyish kerak. Choy bo'lmasa turli xil sharbatlar bor. Marhamat!
o'zi ovqat yegach ma'lum b ir vaqtdan keyin choy ichilishi kk ,lekin biz o'rganib ketganmiz ,choy bn ovqatni birgalikda obketishga , :) :)
-
Ovqat paytidagi choyxo'rlik kamqonlik keltirib chiqarishini hamma ham bilmasa kerak. Bilganda ovqatlanayotganda choy ichmasdi.
ovqat paytida odam tiqilib qosa( O'zi asrasin), kam qon bo'p qolaman dib choy ichmasligi keremi?
Sekinroq yeyish kerak. Nafasi ichiga tiqilib yemaslik kerak. Chaynab-chaynab yeyish kerak. Choy bo'lmasa turli xil sharbatlar bor. Marhamat!
Odam tiqilib qoganda turli xil sharbatlarni qattan topadi, magazinga chiqib keguncha vaqt o'tib ketadi, undan keyin oddiy suv ichish ker disez hozirda vodoprovod suvidan ichgan odamlar meda bo'lyapti deyishyapti.... choy ichmaslik keremi...?
-
Ibrohimbek,tiqilib qolganizda choy/suv va balo-battar suyuqlikdan ichuring,bemalol...Birontasi g'iring desa,mani ko'rsatvorasiz,shu bola maslahat bergan deb..
A tak,ovqatni yebbo'lgandan kegin,choy ichsez --yaxshiroq ;)
G'irring!
-
Choy Tanlash ODatim Yo'q,Ko'k Choymi ,qora Choymi ana qo'yin Qaynagan Suv ham ichovraman..
-
Avvallari menga unchalik farqi yo'g'idi. Lekin toshkentga kelganimdan keyin qandaydir Qora choy ichishga odatlanganman.
-
Men ko'proq qora choyni afzal ko'raman, agar ko'proq miqdorda ko'k choy ichguday bo'lsam, boshim og'riy boshlaydi...
-
Avvallari menga unchalik farqi yo'g'idi. Lekin toshkentga kelganimdan keyin qandaydir Qora choy ichishga odatlanganman.
Men ko'proq qora choyni afzal ko'raman, agar ko'proq miqdorda ko'k choy ichguday bo'lsam, boshim og'riy boshlaydi...
Toshkentni iqlimi qora choyni talab qiladi.
Ko'k choy qon bosimini tushiradi...
-
Ko'k choy YAxshi Ekan,Shu Qora Choy ichsam Umuman Choy ichmagandey Bo'lamanda...
-
ko'proq ko'ok choy ichaman, lekin qishda sovuq o'tsa novvat qo'shib qora choy ichaman. :)
-
Чой ҳақида
Халқимиз қадимдан чой ичишга одатланган. Бунинг сабаби шуки, чой фақат чанқоқни қондиришдан ташқари, организмга бир қатор фойдали тарафлари ксп. Жумладан, чой одамнинг ақлий ва жисмоний меҳнат фаолистини схшилайди. Бош мис, юрак, жигар ва буйрак томирларини кенгайтиради. Меъда ва ичакда овқат ҳазм бслишини схшилайди. Чой иссиқ иқлим шароитида тана ҳароратини мсътадиллаштиришга ёрдам беради. Чой ичакдаги касаллик қсзғатувчи микробларга қаршилик ксрсатиш хусусистига ҳам сга. У одам организмидан заҳарли ва радиактив моддаларнинг пешоб ва тер орқали ташқарига чиқишини схшилайди, қоннинг тозаланиб туришини таъминлайди. Бироқ чой тсғри ичилгандагина фойдали бслишини ҳам унутмаслигимиз лозим.
Овқатга қсшиб десрли ҳамма чой ичади. Чойнинг таркибидаги танин моддаси сса озуқа маҳсулотларда мавжуд бслган фойдали моддаларни парчалаб юборади, натижада организмда витаминларнинг етишмаслиги юзага келади. Чой билан бирга истеъмол қилинганда гсшт 40 фоиздан 100 фоизгача қонга ссрилмаслиги мумкин. Меваларнинг сса 5 фоиздан кспи ссрилмайди. Умумий овқатлардан ксрадиган бслсак, чой билан истеъмол қилинган маҳсулот таркибидаги витамин ва темир моддасининг камида 70 фоизи ссрилмай қолади.
-
Бу сса инсон саломатлиги учун салбий таъсирдир. Айни даврда дунё аҳолисининг ксп қисми камқонликдан азисд чекмоқда. Бу касаллик асосан темир моддасининг етишмаслиги оқибатида юзага келади. Темирга бой маҳсулотлар бслмиш мева-сабзавот, кскат, дуккаклиларни истеъмол қилиш бизни анемис касаллигини олдини олишга катта ёрдам беради. Аммо буларни чой билан истеъмол қилиш витамин ва темирнинг органларимизга тслиқ етиб боришига тссқинлик қилади.
Юртимизда ксп сонли аҳоли, айниқса, аёллар ва болалар темир танқислигидан келиб чиқадиган касалликларга чалинаётгани туфайли кундалик истеъмол қиладиган нонимизга темир моддасини қсшиш, съни унни бойитиш йслга қсйилган. Бу камқонликка қарши курашлардан биридир. Сиз нонни нима билан ейсиз? Албатта чой билан. Бу сса юқорида таъкидлаганимиздек, темир моддаси мавжуд бслмаган нонни ейиш билан баробар.
-
Яна кспчилик ёш болага чой бериб хатоликка йсл қссди. Уч ёшгача болаларга чой ичириш тиббиёт нуқтаи назаридан ман стилган. Болакайнинг чойига ёки сутига шакар қсшиб бериш ҳам нотсғридир. Болаларни ёшлигидан овқатланиш тартибига сътибор бериш лозим. Агар унинг организмида темир етишмовчилиги юз берса, бу кейинчалик ақлий ривожланишдан орқада қолиш хавфини ҳам туғдиради.
Саломатлик учун курашиш йслида овқатланиш тартибимиз, айниқса чой ичиш анъаналарини сзгартиришимизга тсғри келади. Овқат маҳали ёки овқатдан сснг чой ичманг. Чой срнида бошқа ичимликлар, масалан, қайнаган ёки маъданли сув ва шарбатлар ичишингиз мумкин.
Бу маслаҳатлардан сснг, чой соғлиғимиз кушандаси скан, деган фикр туғилмасин. Чойнинг организмдаги аҳамисти катта. У ксплаб касалликлар учун даъво бсла олади. Аммо асалнинг ҳам ози ширин. Чойга шифобахш ичимлик сифатида қараб, меъёрга ва вақтига ксра ичсак, саломатлигимиз учун фойдали. Овқатлангандан 30 дақиқа кейингина ичилган чой ёки қаҳва безарардир.
Чойнинг сна бир фойдали жиҳати шундаки, у ёғ ва холестирин моддаларининг қон томирлари деворига чскишини камайтиради ва снг ксп тарқалган атеросклероз касаллигининг олдини олишга фойдали таъсир ксрсатади. Чойнинг юқорида айтилган фойдали томонлари айниқса, табиий кск чойда мавжуд.
Саломатлик ҳамма учун керак ва уни асраб қолиш сз қслимизда. Бу унчалик қийин смас. Оддий ксринган нарсаларга чуқурроқ назар ташласангиз, барчасига сришасиз. Келинг, ҳозирги дақиқадан сътиборан ҳар кунги чойимизга нисбатан снгича муносабатни шакллантирайлик.
Чой дамлаш қоидалари:
Чойнинг таъмини ва хушбсйлигини сақлаб қолиш учун чой дамлаётганда аввал чойнакни қайноқ сув билан чайқаш керак.
-
Ярим литрли чойнакка 1 чой қошиғи ҳисобида чой солиб, устига срим пиёлача қайноқ сув қуйиб қсссиз, 2-3 дақиқа стгач чойнакни тслдирасиз ва қопқоғини ёпасиз, чой тез совиб қолмаслиги учун чойнакнинг устидан сна қайнаган сув қуйиб юборсангиз схши бслади.
Тайёр чойни қуйишдан 5 дақиқа олдин чойнакни қалинроқ сочиқ билан сраб "дам" едирасиз.
Лиёлага биринчи қуйилган чойни чойнакка қайтариб солган маъқул. Шунда чойнакдаги чой схши аралашиб, қуюқроқ чиқади.
Чойда танин модаси, сфир мойлари, С, В, А А дармондорилари ксп бслади.
Ҳамма ичимликлар ичида кск чой таомни схши хазм қилдиради.
Кск чой...
Кск чой тетиклаштирувчи ичимлик ҳисобланади. Америкалик олимларнинг аниқлашларича, кск чойга С витамини қсшилса, таркибидаги антиоксидант ва катехин моддаси икки бараварга кспаср скан . Бу фойдали моддалар, саратон, инсулт, юрак қон-томир касалликлари ва инфаркнинг олдини олади. Кунига ичилган 5 пиёла кск чой организмни витаминларга бслган сҳтиёжини қондиради. Мазкур ичимликни уй шароитида тайёрлаш учун кск чойга лимон шарбати қсшиш кифос. Олимларнинг фикрича, лимонли кск чой ошқозон ичак касалликларининг ҳам олдини олади. Яна кск чойнинг қуйдаги, сиз билган ва билмаган хосистлари мавжуд:
Кск чой мижози 1 даражали совуқ ичимликдир.
Кск чой овқатни осон парчалайди, ҳазм бслишини тезлаштиради.
Мунтазам кск чой ичиб юрсангиз, у кичик тахоратни тезлаштиради ва ични равонлаштиради.
Кск чой асабни тинчлантириши билан бир қаторда, чеҳрани очади, тана ҳароратини қишда оширади, ёзда сса салқин сақлайди.
Кск чойдан тсйиб ичган кишининг чарчоғи кетади. У ҳордиқни схши чиқаради ва мушакларни сслимлаштиради.
Кск чой хотирани мустаҳкамлайди, фикрлашни равонлаштиради.
Кск чойнинг сна бир фойдали хусусисти - қонни суюлтиради, томирларни кенгайтириб, қон юришини схшилайди ва снг муҳими қондаги хилтларни тозалайди.
-
Кск чой қон босимини пасайтиради, чунки у бадандаги ёғларни сритади ва қон томирини кенгайтиради.
Шуни унутмангки, кск чой нафас олишни схшилайди, балғамни юмшатиб, ксчиради ва нафас йслларини тозалайди.
Кск чой қанд хасталигини даволашда кундалик чой хизматини стайди. Қондаги қанд соққачаларини камайтириб, қон таркибининг бир меъёрда бслишини таъминлайди.
Шуниси ҳам борки, кск чой оғиз бсшлиғидаги иситмани — хароратни пасайтиради.
Мунтазам кск чой ичувчилар схши биладиларки, у бадан териси рангини тиниқлаштиради, қон таркибидаги ройе моддасини мсътадиллаштиради, тери сирти кск чой билан артилса, ёғли доғлар аста-секин кетади.
Юқорида биз кск чойнинг 1 даражали совуқ мижозлилигини айтиб стдик. Демак у одамнинг совуғини оширади, вазнини камайтиради, натижада қорни ҳам кичрасди.
Шу билан биргаликда кск чой милкнинг иссиғи ошиб кетиб қолганда, оғиз бсшлиғида срачалар тошганида ниҳостда асқотади. Яъни у билан ғарғара қилинади, пахтага шимдириб смланади. Шунингдек, тез-тез кск чойдан ичиб турилади.
Кск чой дамламаси ксздаги қон босимини туширади. Ҳар куни кск чой шамасини олиб ташлаб, 1-2 бор ювилади. Тунги уйқуга ётишдан аввал сса қовоқларга шамаси боғланади. Қарабсизки, 5-10 кун ичида ксзнинг қон босими равонлашади.
-
Кск чой юз терисини таранглаштиради, ажинларни камайтиради.
Кск чой дамламаси билан бурун бсшлиғини тозаласангиз, уни анча очади. Шунингдек, кск чой қасмоқларни суюлтириш қобилистига ҳам сга.
Кск чой юрак-қон томирларига, нафас йслларига, қон босимининг меёрлашувига ижобий таъсир қилади.
Қулупнайли чой - Қулупнайнинг барглари енгил сийдик сурувчи таъсирга сга. Бундай чой атеросклероз, туз тспланиши, гипертонис касалликларига қарши инсон организми чидамлилигини оширади.
Организмда ёпилиб қолган тешикларни очиб, холестириндан халос стади. Тешикларнинг очилиши организмнинг кислород билан таъминланишини схшилайди, терининг нафас олишини осонлаштиради. Қулупнайли чой қуйидагича тайёрланади: 20 грамм майдаланган қулупнай барги олиниб, устидан 2 стакан қайноқ сув қуйилади, 5 дақиқа қайнатилади. Тиндирилиб, 2 соатдан кейин сузилади. Тайёр ичимликни иссиқ ҳолда 1 ош қошиқ асал қсшиб ичилади.
Қора чой касалликлар сурункали бслиб қолишининг олдини олади, вирусларни слдиради. Бу чойни ксп ичадиганлар касалликга кам чалинади.
Мақола муаллифи: А ухсора КАА ИМОВА
-
Alloh rozi bo'lsin maqolani joylagan Habib akadan va maqola muallifidan.
-
Alloh rozi bo'lsin maqolani joylagan Habib akadan va maqola muallifidan.
Tilaklaringiz uchun katta rahmat. Chindan ham maqola muallifi choy haqida judayam ajoyib ma'lumotlarni keltiribdilar. Ijodiy faoliyatlariga parvozlar tilaymiz.
-
Man asosan ko`k choy ishaman, lekin ayrim paytlarda qon bosimimni pasaytirib yuboradi. :)
-
Men esa negadir umuman choy ichomayman:))
ichsam ham faqat "Ice tea", "Liber tea" kabi napitkasifatlarini ichaman:)
-
Men esa negadir umuman choy ichomayman:))
ichsam ham faqat "Ice tea", "Liber tea" kabi napitkasifatlarini ichaman:)
Hali yoshsizda, vaqt o'tsin choyni o'rni boshqachaligini bilib olasiz : )
-
кук чойни хар хил турлари бор 95 110 шу навларини караб олиш керак чой олвотганизда кайси навлигига караш керак 95 совукликни оширади лекин 110 кон босимни меёрида ушлаб согликни схшилиди
-
man yozda ko'k choy qishda qora choy ichaman
-
Afrika choyidan ichishni taklif etmoqchiman... Ta'mi ajoyib... rangi ham juda tezda chiqadi.
Afrikaning Keniya davlatidan keltiradigan choy dunyoda eng mashxur choylardan biridir...
Firmamiz STARTING LINE Keniya choyini O'zbekistonga import qilmoqda... ASMAN tea - deb nomlanadi.
Narxi ham arzon.
Siz o'z viloyatingizga ham bizdan ulgurji narxda choy olib, Ushbu choy bilan atrofdagilarni ta'minlashingiz mumkin
Buyurtma uchun: www.asman.uz
"Starting Line" - это компания занимается импортом чая.
Мы занимаемся оптовой торговлей чая - производства Кении. Способны обеспечить любые объемы на гибких условиях. Осуществляем доставку в любой регион Узбекистана. Оперативная доставка по Узбекистану и Каракалпакстану.
Кенийский чай имеет аромат, вкус и послевкусие именно черного чая. Может быть, Вам удастся подобрать лучшее сравнение.
Контакты
г. Ташкент, ул. Олтин Водий, 2-тупик, д. 61
(+998 71 )236-21-52
(+998 90 ) 320-69-61
[email protected]