Qiziq...
...Mastlarni yoqtirmaydiyu, o'zi ham ichadi. O'zi ichadiyu, gazagiga cho'chqa yeyishni harom deb biladi. Cho'chqa yemaydiyu, odamlarning go'shtini chaynab yuradi. Odamlarni g'iybat qiladiyu, o'zining kamchligini o'ylamaydi. O'zi haqida fikr yuritmaydiyu, o'zini dono hisoblaydi. Donolikka da'vo qiladiyu, nodonlarcha ish tutadi. Nodonlarcha ish tutadiyu, Allohga ma'lomat qiladi. Malomat qiladiyu, ibodat qilmaydi. Ibodat qilmaydiyu, Jannatni orzu qiladi. Jannatni orzu qiladiyu, oxiratga to'liq ishonmaydi. Ishonmaydiyu lekin, bir kun Do'zaxga tushadi. Do'zaxga tushadiyu, undan chiqishni istaydi. Istaydiyu, chiqa olmaydi...
Odamzoti ajoyib-a? ...Shaytonni dushmanim deydiyu, uning maslahatlariga amal qiladi...