ITALIYA "A" SERIYASI"  ( 187269 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 B


Shoxjahon12  04 Iyun 2008, 10:45:30

"REYNDJERS" PALLADINOGA XARIDOR


Shotlandiya grandi "Glazgo Reyndjers" klubi "Yuventus"ning yosh xujumchisi Rafael Palladinoga qiziqsih bildirmoqda. Ayrim manbalarga ko'ra, shotlandlar Palladino uchun 5 million funt berishga tayyorlar.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  04 Iyun 2008, 17:24:19

ESHLI KOUL MOURINYO QIZIQISH DOIRASIDA


Kechagina "Inter" bosh murabbiyi etib tayinlangan Joze Mourinyo Londonning "Chelsi"sida to'p surayotgan Eshli Koulni o'z jamoasida ko'rishni xohlamoqda. "Albatta, Interning eski tarkibini butunlay o'zgartirish niyatidan yiroqman. Lekin jamoamizning har bir chizig'ini kuchaytirishda davom etamiz",dedi Joze Mourinyo Italiya OAVga bergan intervyusida.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  06 Iyun 2008, 12:13:30

''MILAN''GA  ADEBAYOR KERAK

Angliyaning "Arsenal"i xujumchisi Emmanuel Adebayor mavsum oralig'ida milanliklarning asosiy maqsadlari bo'lib turibdi. "Rossonerilar" yangi mavsumda UEFA Chempionlar Ligasi va Italiya "A" seriaysi o'yinlariga jiddiy tayyorgarlik ko'rishmoqda. 24 yoshli Adebayor o'tgan mavsum Angliya primer-ligasida 24 ta golga mualliflik qildi. Inglizlar Togo terma jamoasi uchun 32 million funt sterling so'rashmoqda.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  19 Iyun 2008, 17:56:17

RIISE  "ROMA"DA

Angliyaning "Liverpul" klubi himoyachisi Yon Arne Riise "Roma" bilan shartnoma tuzdi. Uning shartnomasi  4 yil muddatga tuzildi va rimliklar norvegiyalik himoyachi uchun "Liverpul"ga 5 million funt to'ladilar.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  21 Iyun 2008, 12:25:01

ADRIANO  "INTER"GA  QAYTDI


"Inter" xujumchisi Adriano o'z yurtida o'tkazgan ijara muddati yakuniga yetgach Italiyaga qaytdi. Hozircha jamoaning yangi ustozi Joze Mourinyo Adriano haqida qanday fikrda ekanligi mavhum bo'lib turibdi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  27 Iyun 2008, 09:21:46

ARDA  TURON  "MILAN" YOKI "YUVENTUS"GA O'TADI


Turkiya terma jamoasi va "Galatasaroy" xujumchisi Arda Turon keyingi mavsumdan Italiya jamoalaridan birining libosini kiyishi mumkin. Yevroturnirdagi ajoyib o'yinlari bilan bir qator klublar e'tiboriga tushgan Arda Turonga avvalroq Angliyaning "Nyukasl" klubi qiziqish bildirgandi. Kecha futbolchining agenti uning mijoziga "Milan" va "Yuventus" faol qiziqayotganligini tan oldi. "Turon keyingi mavsumda "Milan" yoki "Yuventus"ga o'tadi. Ushbu klublar bilan muzokara olib bormoqdamiz",dedi u.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  22 Iyul 2008, 10:46:25

RONALDINO  80-RAQAM EGASI

"Milan" bilan shartnoma tuzgan Ronaldino 10 raqam borasida Klarens Zeedorf bilan kelisha olmadi va natijada braziliyalik "rossonerilar" safida 80- raqam ostida to'p suradigan bo'ldi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  23 Iyul 2008, 17:35:42

"YUVENTUS"GA GRUZIN FUTBOLCHISI KERAK


Gruziya terma jamoasi va "Empoli" xujumchisi Levan Mchedlidze "Yuventus"ning qiziqishiga sabab bo'lmoqda. Turinliklar 18 yoshli xujumchiga faol ravishda qiziqishmoqda. Garchi u "Empoli" asosiy tarkibiga kira olmayotgan bo'lsa ham Gruziya terma jamoasida 3 ta o'yinda 1 gol urishga ulgurgan.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  08 Avgust 2008, 15:27:44

'YUVE'  BUFFONGA  O'RINBOSAR  TOPDI


"Yuventus"ning internet sayti xabariga ko'ra, turinliklar Avstriya terma jamoasi darvozaboni Aleksandr Manniger bilan shartnoma tuzishdi. 31 yoshli darvozabon o'tgan mavsum "Siena" safida bo'ldi. Avvalroq u "Bolonya", "Fiorentina","Torino" "Arsenal"(Angliya), "Espanol" (Ispaniya) kabi klublarda o'ynashga ulgurgan.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  12 Avgust 2008, 17:45:58

SHIMICH  "MILAN"DAN KETADI!

"Milan" rasmiy saytida Dario Shimichning jamoani tark etishi haqida xabar paydo bo'ldi. U tez orada "Monako"da tibbiy ko'rikdan o'tadi va qirollik klubi libosini kiyadi.

Qayd etilgan