Bismillohir rohmanir rohiym!
AlamdulILLAHI Robbil'alamin va solatu va salamu ala hoyri holqihi Muhammad va ala alihi va sohbihi ajmai'yn! Ama'bad...
Hurmatli forumdosh birodarlar, aka-ukalar va forum muslimalari opa singillar, ushbu mavzuni ochishimga sabab, Kaminani anchadan buyon o'ylantirib kelgan ayrim postlardir.
Balkim bu ko'z ilg'amasdek bo'lib tuyilishi mumkin lekin biz musulmon va muslimalarga bunday qilish yarashmas?! Vallohua'lam.
Hullas, yozmoqchi bo'lganlarim quyidagilar:
-Ayrim birodarlarimizning o'z salomlarini A.a.; V. alaykum; wr. wb. qilib yozishlari meni chuqur o'ylantirib qo'ydi.
Nima bu? Salomni yozishga erinishmi? Yoki salom berishlik ahli Islom uchun shunchalik malol keltiradimi?
Nima bu? ALLOHning huzuridan bo'lgan salom berishlik biror bir fizik kattalik emasku, A.a. deb yozsak, yoki biror bir o'lchov belgisi emasku?
Agar salom bergingiz kelmasa umuman yozmay qo'yavering, qadrdonim...
Radio, tv, orqali umuman butun kundalik hayotimizni qamrab olgan, dunyoviy gaplarni yozish bilan, charchamaymizu, lekin ALLOH huzuridan bo'lgan kalomni aytishga kelganda...yozishdan bo'yin tovlasak?
Xalqimiz orasida avvallari bir ertakomuz gap bo'lardi:
"Bir odam yalmog'izni oldiga borib salom bersa, yalmog'iz:
-Agar saloming bo'lmaganda bir yamlab yutvorardim degan ekan."
Endi o'zimizga bir savol berib ko'raylik-a? Shu paytgacha yalmog'iz bizni nechi yamlab yutardi?
Gaplarim kimnidir ranjitgandur, kimnidur ko'ngliga qattiq botgandur, lekin haqiqat achchiq bo'ladi, birodar...
Bu mavzuda qancha gapirsakda kam, lekin men o'z so'zimni quyidagi oyat va Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning quyidagi hadislari bilan yakunlamoqchiman:
"Qachon uylarga kirsangizlar bir-birlaringizga ALLOH huzuridan bo'lgan muborak pokiza salomni aytinglar, (ya'ni As-salamu alaykum va rohmatullohu va barokotuhu deng)" (Nur surasi 61 oyat)
Imom Muslim Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda RasulALLOH sollallohu alayhi va sallam dedilar:"Iymon keltirmaguningizcha jannatga kirmaysizlar, bir-biringizni yaxshi ko'rmaguningizcha mo'min bo'lmaysizlar. Agar uni qilsangiz bir-biringizni yaxshi ko'rib qoladigan amalga sizlarni yo'llab qo'yaymi? Orangizda salomni fosh ya'ni oshkor qilinglar."
Sharh:
Salomlashish Islom ummatining shiorlaridan biri. ALLOH taolo salomlashishni musulmonlar orasidagi ko'rishish va musulmonning musulmon birodari ustidagi haqlarning bittasi qildi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam salomni odamlar orasida baland ovoz bilan oshkor qilish jannatga olib borishi va musulmonlar orasidagi muhabbatga sabab bo'lishidan xabar berdilar. Bugungi kunda salomni oshkor qilishni qo'ying, salom berishning o'zi yo'qolib ketmoqda, berilsa ham faqat tanishlarga beriladi, bu ham sunnatga xilof bo'lib, qiyomatning alomatlaridan biri.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam tanigan va tanimaganlarga barobar salom berishga buyurganlar. Saxobalar (ALLOH rozi bo'lsin ulardan) odamlarga salom berib, ajr olish uchun atay bozorlarga chiqishar edi.
ALLOH taolo hammamizni bir-birimizga salomni oshkor qiladigan muhabbatli mo'minlardan qilsin!
As-salomu alaykum va rohmatullohu va borokatuhu!