Odatdagidek piyoz yog'da qovuriladi, keyin unga po'sti olingan pomidorlar maydalab solinadi, tuz solinadi, to pomidorlar ezilib suvi chiqquncha dimlab qo'yiladi, iloji boricha suv solinmaydi. Pomidorlarning suvi chiqqach keragicha non to'g'ralib solinadi, uy noni(tandir noni) bo'lsa yana yaxshi. Keyin qozon tagi o'chirilib, qopqog'i qo'yiladi. 10-15 daqiqada suziladi. Mana shu.