Forumdoshlar ijodidan namunalar ^^  ( 67784 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 B


registan  19 Aprel 2011, 22:10:43

Yaxshi she'r bo'libdi, faqat "abzal" emas, "afzal" desangiz to'g'riroq bo'lardi. "Abzal" kulgili chiqarkan. :)

Keyin "hohlamoq" - "xohlamoq", "xaq" - "haq", "yahshi" - "yaxshi" bo'lishi kerak nazarimda.

Ijodingizga omad!

Qayd etilgan


registan  19 Aprel 2011, 22:41:59

Aytgancha, quyidagi mavzuda ham forumdoshlar biroz ijod qilishgan ekan:

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=800.105

Qayd etilgan


UzMuslim  06 May 2011, 22:37:29

Doim Bilsanga Sani Eslasam,Ko'zlarimdan Oqar asta Yosh,
Eslab O'sha gaplaring,Qayg'ualrga Komilar Ko'nglim..
Sog'indim..
Sog'inchim Sezdi Bulutlar,..
Yig'ladim..
Yomg'ir ham Qo'shildi Manga...
Bilsanga BU Sevgida Foyda topmadi,
Topganim Yolg'izim,O'zga Yor Bilan.
Man Bo'sa O'tirib Suratga Qarab,O'tgan KUnlarimni eslayman Holos..
Sevmayman Deymanu Qanday Uddalay,
Unutish Osonmi,Esdan Chiqarmoq..!!??
Bir ahbvol Yurarman Ko'chda Sarson,Ko'rganlar deyishar Devona ekan...
Farhod Bo'ldim,Majnun Bo'ldim,Hatto Otabek..Lek Ohiri SevgiM Mani Qildi Begona..
Begonaman...
BegonaliK Tan Olmayman Hech..
Yengilganman..
Yengilganim Tan Ololmayman..

Qayd etilgan


Mas'ud  16 May 2011, 09:52:53

Билмасдан ножсс ссз қотиб
Юзингиз айласам лоларанг,
Киприкдан саноқсиз сқ отиб,
Азизам, сиз мендан ранжиманг.

Кснглингиз ололмай қолсам ҳам,
А узоқ хаёлга толсам ҳам,
Ўзимни гслликка солсам ҳам
Меҳрсиз, деб айблаб ранжиманг.

Қизлардан беҳуда рашк қилиб,
Ичингиз бекорга ғаш қилиб,
Чиройли ксзингиз ашк қилиб,
Тескари боққанча, ранжиманг.

Айбимми, бир бслса тақдирлар?
Ўртада қанча бордир сирлар...
Балки, Ҳақ сртага тақдирлар,
Шу бугун сиз мендан ранжиманг.

Туҳматга юз тутса кунларим,
Аураса суснч устунларим,
Ой чиқмас зимистон тунларим
Умидим йсқотиб, ранжиманг.

Соғинч дилни боғловчи ришта,
Қалбингиз зоҳирдек саришта,
Сиз, ахир, ердаги фаришта,
Гуноҳкор бандадан ранжиманг...

Чашмингиз тубини суғориб,
Азизам, Сиз асло ранжиманг...


(с)

Qayd etilgan


Sadulla  23 May 2011, 06:19:19

                                                             :asl3:

                                                  Bo’lajak jurnalist
                                                   (hajviy maqola)

 Jurnalistlik zo’r kasbda,shartta bitta mavzuni olasan-u yozib tashlaysan.Yoqmagan odamingni bemalol tanqid qila olasan.Hech kim "œg’ing"deyolmaydi.Deb ham ko’rsin-chi,so’z erkinligi bilan shartta og’zini yopsa bo’ladi.Bitta asosni olib, keyin u haqda ma’lumotlar yig’ilsa bas,maqola tayyor.Huddi uy qurishga o’xshaydi.Poydevorni qurib olib,keyin uyog’ini chiroyli ko’tarsa,buni ko’rib hamma maqtaydi. Yozganlarining haqida bahs-munozaralar ko’payib ketsa bormi,o’-xo’ siz hammaning markazida turibsizda.Umuman olganda qiyin ish emas.Men ham journalist bo’lsam bo’ladi.Bitta maqola yozib,uni jurnalistlarimiz ish olib boradigan biron-bir saytga qo’ysam bas.Hozir kim ko’p,internetda tinmay yangilik qidirib izg’ib yuradiganlar ko’p.Bir-ikkita shundaylar maqolamga fikr bildirsa,agar jurnalistlarning o’zi fikr bilidirb qolsa,bo’ldi ish pishdi.Sekin tanishib olib,keyin ularga sherikchilik qilib,qo’shilib olsa bo’ladi.Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi deganlaridek,ko’p vaqt o’tmay men ham ancha narsa yuqtirib olishim mumkin bu qozondan.Keyin esa bemalol jurnalistman deb ko’krak kerib yursa bo’ladi.Har xil mashhurlar bilan to’lgan davralar,ziyofatlar,mashhurlar bilan har xil davra suhbatlari.Bularni ko’rib qo’ygandan keyin xohlagan mashhur odamni bemalol eshigini tepib ochish mumkin.Agar biron yoqimsiz so’z aytsa,shu zaxoti jurnalistligimni aytsam dami ishiga tushib,yumshoq supurgi bo’lib qoladi,axir kim ham butun xalqqa yomon otliq bo’lishni xohlardi.Palonchi xonanda ja gerdaygan ekan,bir jurnalistni uyiga qo’ymapti degan gap hech kimga ham yoqmasligi aniq.Shunday mashhurlar bilan uch-to’rt uchrashuvdan keyin,ko’pchilik sizni tanib olishi aniq.Bu yog’iga "œtoqqa chiqmasang do’lana qayda" deb o’zlari sizni yo’qlab kelaverishadida.Muhimi birinchi qadamni yaxshi tashlash kerak.Xo’sh nima haqida yozsam ekan-a ?Hozir ko’pchilik yoshlarga atab maqolalar yozyapti.Tunov kuni bir to’p bola oldimdan o’ta turib menga salom bermagandi.Shu haqida yozsammikan.Yo’q bu mavzu bo’lmaydi."Besh qo’l barobar emas"deb yuzimga uradiganlar chiqib qolsa tamom.Keyin yoshlar oldida yurolmaydigan bo’lib qolmay yana.Biror-bir xonanda haqida yozsammikan.Bu ham to’g’ri kelmaydi.Hozir xonandalar bemaza qovuning urug’idan.ham ko’payib ketgan.Hech kim tanimaydigan xonanda haqida kim ham o’qirdi,mashhurlarning oldiga hozirchalik yaqinlashib ham bo’lmaydi.Nima haqida yozsam ekan-a ? Tabiat muxofazasi haqida yozsammikan.Ha shu haqida yozishim kerak."Tabiat umumiy uyimiz"-deb bu mavzuga albatta e’tibor berishadi.Ko’p daraxtlar kesilib ketayotgani haqida yozsam qalay bo’larkin.E atrof to’la daraxt biri kessa,biri yangisini ekyapti,bu haqida yozish befoyda.Mashinalar atrof-muhitni iflos qilayotgani haqida yozsammikan.Eee, bu ham bo’lmaydi.Hozir shu mashinalarsiz odamlarni ishi bitadimi,odamlarning uzog’ini yaqin qilayotgan ham shu    temir  otlar-ku axir,lekin ba’zilar kichkina ko’chalarda ham mashinalarni shunday tez xaydashadi-ki,ot ular oldida toshbaqa go’yo.Xo’sh  nima  haqida yozsa bo’ladi ? Iya anavi yonib turgan narsa nimaykin?Iya qimirlayaptimi?Iya uchar yonar qo’ng’iz ekan-ku.Oldinlari ja ko’p bo’lardi shu qo’ng’izchalar ham"¦ Evrika!!!Mana shu yonar qo’ng’izchalar haqida yozish kerak.Hozirda juda kamayib ketyapti bu qo’ng’izlar.Ekologiya buzilishi juda yomon ta’sir qilyapti bu bechoralarga.Axir ular tabiatni bezab turadigan,tabiiy naqshlardan biri-ku.Oqshomlari sayr qilayotganingizda atrofingizda yonar qo’ng’izchalar uchib yursa,naqadar chiroyli ko’rinadi tun qo’ynida.Hozir bu qo’ng’izchalarning yo’qolib borayotgani juda ham katta yo’qotish.Bular asrash uchun biron-bir jamoa tuzish kerak.Yo’q,yaxshisi bu qo’ng’izchalarni qizil kitobga kiritib,ular uchun maxsus joy ajratish kerak va ularga bemalol tinch yashashlariga hamma sharoitlarni yaratib berish kerak..Ana maqolaga asos topildi,endi maqolani nomini nima deb qo’ysam ekan.Maqola nomi mavzuga mos,jarangdor bo’lsa hammani e’tiborini tortadi.Ha maqolani "œOGOHLIK DAVR TALABI" —deb nomlayman.Endi eng oson ish maqolani yozish qoldi.Uni yozib bo’lgan zaxoti,internetga joylashtirsam bir zumda hammayoqqa tarqalib ketadi.Bunday dolzarb narsaga faqatgina atrof-muhit bilan ishi yo’q,beg’am va layoqatsiz odam e’tibor bermasligi mumkin.Mavzu muhokamalari boshlanib ketsa men albatta niyatimga yetaman.Haaa,jurnalist bo’lish juda zo’r ishda!

Qayd etilgan


Sadulla  29 May 2011, 15:32:23

 :asl3:

Sog'inganimiz ramazonga ham oz fursat qoldi.Biz esa unga tayyorgarlikni erta boshlab yubordik  ;) :

Rasululloh sevib-ardoqlagan oydir bu-ramazon,
Amallarni qilgin har on,har soniya bu-ramazon.
Mayli ro'za,namoz,duo ulug' savob bu-ramazon,
Amallar yuz bor ziyoda aylar axir bu-ramazon.
Zora yumshar,bunda qattiq qalblar bu-ramazon,
Oniy lahza omonatdir,omonatdir bu-ramazon.
Neki qilma,doim bo'lsin ixlos deyman bu-ramazon.

Qayd etilgan


Sadulla  23 Iyun 2011, 06:15:18

                                       :asl3:


                                    Bola "œboshidan"

   Xalqimizda bir maqol bor "œBo’ladigan bola boshidan ma’lum" — bu degani bola yoshligidayoq o’zining kelajakda qanday bo’lib kamolga yetishini o’zini tutishi bilan ko’rsatib qo’yishi mumkin.Dono kattalarimiz bolaning o’zini tutishidan u kelajakda qanday inson bo’lib yetishishi mumkinligini tahmin qiladilar,albatta bu tahminlar o’zini oqlamasligi mumkin,lekin ba’zida "œQozonda bori cho’michga chiqadi" -  deganlaridek taxminlar ham to’g’ri bo’lib chiqishi mumkin. Baribir nima demaylik bola baribir bola.Kichkinaligida hamma bola sho’x,o’yinqaroq,qiziquvchan bo’ladi.Ayniqsa qiziquvchanlik kichkina bolalarda haddan tashqari kuchli bo’ladi."Manavu nega qiyshiq,nega quyosh sariq,nega sigirri shoxi bor?" bu "œnega"larni eshitaverish ba’zan jonimizga tegib ketadi va shunga"bor ko’chaga chiqib o’yna"yo bo’lmasa"jimgina televizor ko’rib o’tir" — deb bu qizquvchan bolalardan qutilishga harakat qilamiz."Hali bolada,ko’p narsani tushunmaydi".Ha to’g’ri bolalar kichkinaligida ko’p narsani tushunmaydi,ko’p narsaga aqli yetmasligi mumkin,lekin aynan kichik yoshligida bolalar kattalardan ko’p narsani o’rganadilar.Chunki bu paytda bola miyasi hech narsa yozilmagan daftarning birinchi betiga o’xshab toza bo’ladi.Va albatta daftarning birinchi betiga yoziladigan narsani bolalarga biz kattalar o’rgatib qo’yamiz.Ba’zida bilib,ba’zida bilmay.Endi yozishni o’rganayotgan 1-sinf bolasi qo’liga daftar va qalam berib qo’yib yoz desangiz,bola yoza oladimi? Yo’q albatta.Unga ustozi yordam berib nimani,qanday yozish kerakligini o’rgatmasa bola hech narsa yozolmaydiganga o’xshab yosh bolalar ham birinchi navbatda kattalar qilayotgan ishlarni ko’rib,ulardan o’rnak olishga harakat qiladilar.Bola bu paytda nima yaxshi,nima yomon ekanligini farqiga bormay kattalarga taqlid qilaveradi.O’zining qurbi yetmasa ham kattalar qilayotgan ishlarni qilishga harakat qiladi,kattalar og’zidan chiqayotgan har bir gapni diqqat bilan eshitib,kerak bo’lsa so’zma-so’z qaytarib ham beradi.Shuning uchun yosh bolalarni beodob so’zlarni qayerdan o’rganishiga hayron qolmasak ham bo’ladi.Chunki ularning ustozlari o’zimiz bo’lamiz.Agar bolalarimiz biron-bir yomon odat,yo yomon ish qilishni o’rgansa avvalo o’zimizga bir yaxshilab razm solishimiz kerak.Men bunday yomon gaplarni gapirmayman,meni bunday yomon odatlarim yo’q deb o’zingizni oqlashga shoshmay turing.Chunki bu narsani bolalaringizga siz o’rgatmasangiz,bu ishni beminnat amalga oshiradigan televizor bor.Ha,ha ishonavering.O’zingiz bir o’ylab ko’ring ota-onasi ishdaligida bola yolg’iz qolsa nima qiladi?Mayli ozgina kitob o’qir,o’rtoqlari bila xar hil o’yinlar o’ynar.Lekin hozir bunaqa paytda bolalar ko’proq televizor degan "œdo’st"lari bilan yaqin bo’lib ketishyapti.Ha televizor yaxshi "œdo’st"da,bola nima desa "œho’p" deydi.Bolaga hech qachon mana buni ko’rma,mana buni ko’r demaydi.Siz ishdan xorib kelganingizda esa,bolangiz miriqib uxlayotgan,yo bo’lmasa kun bo’yi televizor ko’raverib charchab siz bilan biroz vaqt birga bo’lishga ham holi qolmagan bo’ladi.Ba’zida esa ota-onalar xorijiy seriallar ko’rib o’tirganda bolalar ularga sherik bo’lishadi.Serialga qiziqib ketganimzdan bolani ham sedan chiqrib qo’yamiz.Serial tugaganidan keyin esa"Iya,haliyam uxlamadingmi?Bor xonangga kirib yot"- deb bolalarga uxlash kerakligini eslatib qo’yamiz.Bola bechora kunlarini televizor qarshisida o’tirish bilan o’tkazadi.Keyin esa bolalarni maktabga berganda bolalarni o’zlashtirishi pastligidan xayron qolamiz."Hali bolada,endi maktabga chiqqan bo’lsa" degan fikr xayolimizdan o’tadi.Lekin bolaning o’zlashtirishi yuqori sinflarga chiqqanda ham,shu ahvolda davom etsa,"hali bolada,katta bo’lganda aqlini yig’ib olar" — deymiz o’zimizga.Lekin afsuski kech bo’lganini bilmaymiz.Bola buyog’iga o’zi moslashgan qolibda qolib ketishini o’ylamaymiz.
     Agar daraxt niholligida qiyshiq bo’lsa,uni to’g’irlab qo’yish kerak.Shunda daraxt tekis,chiroyli va to’g’ri o’sadi.Agar daraxt qiyshiq bo’lib o’ssa,uni to’g’irlab bo’lmaydi.Unga tirgovich tirab qo’yishingiz mumkin,lekin bu bilan daraxt to’g’ri bo’lib qolmaydi.Bolalarda ham shunday.Biz ularni hali kichkina deb yurganimizda,ular o’zliklarini topib olgan bo’ladilar.Katta bo’lib qolganlarida esa,bolalarning bu o’zliklarini o’zgartirish oson bo’lmaydi.Buning deyarli iloji yo’q.Chunki bolaning o’z dunyoqarashi shakllanib bo’lgan.Uning atrofidagilar esa go’yo uni tushunmayotgandek tuyulaveradi unga va bola yaqinlaridan uzoqlashib boraveradi.Xar hil kichik kamchiliklar,kichik xatolar oqibatida bola to’g’ri yo’ldan adashib,hayot so’qmoqlarida hali yengib o’tishga qodir bo’lmagan qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.Bola xatoga yo’l qo’yganda esa kech bo’lgan bo’ladi.Bo’lgan ishdan keyin "œnega" degan savol berish befoyda.Chunki bu savolga javobni bugundan emas,o’tmishdan izlash kerak bo’ladi.Bunday paytda esa biz taqdirdan nolishdan boshqa ishga yaramay qolamiz afsusuki.
   Yuqoridagi "œBo’ladigan bola boshidan ma’lum"maqolidagi "œboshidan" so’zida juda katta ma’no yashiringan meni fikrimcha.Bola aynan shu "œboshidan" ya’ni kichikligidan o’zi uchun kerak-keraksiz bo’lgan hamma ma’lumotlarni o’ziga singdirib,kattalar yordamida ularni yaxshi-yonomga ajratadi.Asosan kattalar biron-bir ishni ko’p marotaba takrorlashsa bolalar ham shunday qilishga harkat qilishadi.Ularga bunday qilma deb og’izni og’ritishni foydasi yo’q.  "Ot izini toy bosadi"deganlaridek,bolalar ham qilayotgan ishlarida kattalarga ergashadilar.Shunga bolalarga kichkinaliklaridanoq e’tiborli bo’lib to’g’ri yo’lga solishimiz kerak.Va aynan shu joyida mana shu "œboshidan" qayerdan boshlanishini yaxshilab anglab yetmog’imiz kerak.Shu o’rinda bir hikoyat keltirsam: "œBir ota-ona farzandli bo’lishganliklaridan so’ng,bola uch oylik bo’lganida bir donishmandning oldiga  borishibdi va donishmanddan "œFarzandli bo’ldik,farzandimizga tarbiya berishni qachondan boshlaylik — deb so’rashibdi.Shunda donishmand "œFarzandlik bo’lganingizga qancha vaqt bo’ldi? — deb so’rabdi."Uch oy — beb javob berishibdi ular.Shunda donishmand "œFarzandga tarbiya berishda uch oyga kechikibsizlar — degan ekan."Bundan ko’rinib turibdi-ki bolalarga tarbiya berishni tug’ilganlaridanoq boshlash kerak desak mubolag’a bo’lmaydi.Ularga yoshliklaridanoq to’g’ri yo’lni topishga yordam berib yuborsak,kelajakda biz orzu qilgandek yurtiga,ota-onasiga beminnat hizmatda bo’ladigan, aqlli,odobli bola bo’lib kamolga yetadilar.Bolalarimizga e’tiborli bo’laylik,chunki shu bolalar yurt kelajagidirlar.

Qayd etilgan


azizbek_mx  30 Iyul 2011, 09:53:42

Qo'limdan kelgani shu xolos -

Bir parcha qogozni yuzin chaplayman.

Meni sog'intirar yoqimli ovoz,

Bariga men seni ayblayman!
Ba'zida, ko'zimga termulib,

Qiyqirib, sho'x xandon otarding.

Aslida rashkimni qo'zg'atib,

Kimlardir haqda gap ocharding...
Oqshomlar yelkamga bosh qo'yib,

Kuylarding...

Men erib, men suyub,

Kundan-kun ming yonib, ming kuyub,

O'zingga rishtasiz bog'larding...
Quvonchdan sig'masdan dunyoga,

Aylardim ishqimni ovoza:

'Sevaman. Sevaman!'

Jimgina

Termulib tabassum qilarding...
Qay to'zon bulg'adi osmonim,

O'tmishni birma bir xatlayman.

Kokillar bo'lgandi armonim -

Bariga o'zimni ayblayman...
Qo'limdan kelgani shu xolos...

Qayd etilgan


Mas'ud  27 Avgust 2011, 06:39:49

Orzu —  yomg’irlarda tomchilagan baxt,
Armon  - erib ketgan qorning parchasi.
Niyat — bedor tunlar qilganimiz  - ahd,
Hayot — senga tutgan umrim barchasi.

Visol — bizlar sabab go’zal bo’lgan on,
Xijron — begonaga aylangan do’stim.
Umid — dardli kunlar tutganim qalqon,
Afsus — vujudimga yetmas kam-ko’stim.

Shukr — tillarimdan tushmagan kalom,
Quvonch — ko’zlaringda o’qigan baytim.
Tole - har tong senga yo’llangan  salom,
 Baxt-chi  duolarga berilgan  qaytim

Xayol  - o’ngimizga ko’chrilgan imkon,
Chidam — diydorgacha to’xtagan fursat.
Orom - osmonlarda qo’nim topgan jon,
Sog’inch — qalblar uchun ilohiy nusrat.
 
Ishqim - niyatlardan qad ko'targan ark,
Mehrim - kiprigingni namlagan shabnam.
O'yim siymoingni eta olmas tark,
Sen mening yurakdan yaralgan mujdam...


(c)

Qayd etilgan


Mas'ud  27 Avgust 2011, 16:24:47

А анжиманг, баъзида паришон,
Қснғироқ қилишни унутсам,
А сзим бслолмай меҳрибон,
Сиздан бисёр меҳрни кутсам
Азмасам Сиз учун номалар,
Қалбингиз қилмасин нолалар.
Шубҳанинг юртида юрганча,
Ҳар турли сйларга борганча,
А анжиманг...
Азизам, кснглингиз тсқ бслсин,
Заррача гумон ҳам йсқ бслсин,
Ишқ — ишонч, дегани смасми?
Бошқалар не деса дермасми,
Ичингиз хижиллик тортмасин,
А ашк юкин сгнига ортмасин.
Ва узоқ тикилиб ксзимга,
Инонмай айтажак ссзимга,
А анжиманг.
Ксрмайин чашмингиз ёшини,
Майдаланг хавотир тошини,
Зулматга ботмасин дилингиз,
Аигоҳлар сотмасин дилингиз,
Ўртанманг,
Ўксинманг, ёрижон,
Талпинар бир дил Сиз сори жон,
Истара, чиройга бойимсиз,
Кскда сн беш кунлик ойимсиз
А анжиманг
Сиз менга жудасм кераксиз,
Ксксимни бутловчи юраксиз,
Ўтиниб худодан ссраган
Тилагим — Сиз сша малаксиз,
А анжиманг,
Илтимос, ранжиманг...


(c)

Qayd etilgan