Savol: O’lik qurbonligi necha qismga bo‘linadi?
Javob: O’lik qurbonligi ikki qismga bo‘linadi:
1 - vasiyatga binoan so‘yilgan: bir kimsaning tirikligida qilgan vasiyatiga binoan o‘lganidan keyin vorislari tomonidan molining uchdan biri asosida so‘yilgan qurbonlikdir. Qurbon hayiti kunlarida so‘yilishi kerak bo‘lgan bu qurbonlik go‘shtidan o‘lganlarning vorislari va boylar yeyishlari mumkin emas. Uning hammasi yo‘qsillarga tarqatilishi kerak.
2 - vasiyati bo‘lmasdan so‘yilgan: o‘lgan kishi vasiyat qilmagan bo‘lsa, merosxo‘rlari uning nomiga (ya’ni savobini unga atab) qurbonlik so‘yishlari shart emas. Biroq bir kimsa savobini o‘lgan onasiga, dadasiga yoki boshqa yaqinlariga bag‘ishlash uchun faqirlarga sadaqa bergani kabi, qurbonlik ham so‘yishi mumkin. Har qanday vaqtda so‘yilishi joiz bo‘lsa ham Qurbon hayiti kunlarida so‘yilishi afzal va savobliroq bo‘lgan bu qurbonlik go‘shtini faqirlarga sadaqa qilish mumkin. Shuningdek, undan egasi, oila a’zolari va boylar ham yeyishlari mumkin.