Yuqoridagi tuzlamaga:
Bodring,
Siyohrang karam
Gulkaram
Brokoli
Sarimsoq
Limon
Qizil bulg'ori
Yashil bulg'ori
Ajur
Sabzi
Qizil pomidor (maxsus pomidor tuzlamalar uchun-qattiq)
Yashil pomidor
soldim.
Avval sabzavotlarni yaxshilab yuvdim. Siyohrang karamni 4 bolakka boldim, rangi yaxshi chiqishi va ichigacha yumshashi uchun. Bankaga birin-ketin joyladim.
Bir tarafda 2 siqim no'xatni yuvib tayyorlab qoygandim, ularniyam oralariga sepdim.
Bankani ıchiga 2 stakan (400 ml) sirkani quydim, ustidan qaynatilib, sovutilgan soquv suvni quydim, keyin yondagi kattaroq idishga bankani ichidagi sirka aralash suvni tokdim, ichiga 6 qoshiq tuz, 2 qoshiq shakar soldim, aralashtirdim, bankaga bu suvni qaytarib soldim. Eng ust qismiga qattiqroq sabzavot- masalan sabzini ko'ndalang qilib qo'ysangiz tagidagi sabzavotlar tepaga chiqmaydi.
Qopqoq joyiga avval toza tselofan yopdim- havo kirib-chiqmasligi uchun, keyin qopqoqni zich qilib yopdim. Ertasi kuniyoq rangi siz rasmda korganday siyohrang bola boshlagangi.
O'rtalama 2-3 haftalarda tayyor boladi inshalloh.