Xush kelding, Ramazon!!!
Tarqaldi qorong'ulik, nurga g'arq bo'ldi jahon,
Xush kelding, safo kelding, ey muborak Ramazon!
Marhabo! Ey oylarning shahanshohi, sultoni!
Marhabo! Ey Allohning tengsiz lutfi, ehsoni!
Shukrlar Rabbimizga, yetishdik senga takror,
Ro'za, namoz, niyoz-la baxtiyormiz, baxtiyor!
Nur sochib quyosh yanglig' yurtimizning baxtiga,
Xush kelding, safo kelding, ko'nglimizning taxtiga!
Ilohiy fayzing ila to'lib-toshadi qalblar
Senga talpingan banda yaqin bo'ladi Haqqa.
Tarqalar sen kelganda, ruhlardagi kadar, g'am,
Qilamiz tashrifing-la barcha mo'minlar bayram!
Minoralar, masjidlar suzarlar nur ichinda,
O'qilur Kalomulloh xushu', huzur ichinda.
Bugun endi emasdir siynamiz dardli, puryon,
Yurtimizga xush kelding, rahmat oyi RAMAZON!!!
Jamol O'g'iz