Bahri bayt  ( 874317 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 197 198 199 200 201 202 203 204 205 206 207 ... 255 B


Ansora  01 Oktyabr 2009, 13:32:35

«Лайли, Лайли» дебон чекиб ун,
А­л деб: «Мажнундур, ушбу Мажнун».


Alisher Navoiy. "Layli va Majnun"

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Oktyabr 2009, 10:09:10

Na dunyoviy ishlarida bor ijobat,
Na Allohdan nusrat kelar bu ummatga.
Chunki uning asl holi faqatgina
Ilm bilan yetar haqqiy kamolotga.
H.Hamidov

Qayd etilgan


Abdulhafiz  04 Oktyabr 2009, 06:37:01

Aylagay javr pesha sultonlig',
Ki bo'ri qo'yg'a qilsa cho'fonlig'.
Podshoheki, zulm etar bunyod,
Qilg'ay o'z mulki, davlatin barbod.
Sa'diy.

Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Oktyabr 2009, 11:34:42

Dunyo ustun deganlar
Ostini ham ko’rarlar.
Qilko’prikning boshida
Bo’yin egib turarlar.
Azimbek Usmon

Qayd etilgan


Abdulhafiz  07 Oktyabr 2009, 19:35:06

Rost yolg'onlar puch to'ldirsa etakni,
Qumsar bo'ldim siz so'ylagan ertakni,
Kim ovutar qirqqa yetgan go'dakni
Onajonim, sizni yig'lab sog'insam!

Qayd etilgan


siddiqa  08 Oktyabr 2009, 05:28:54

mening muhabbatim nimaga arzir ,
nimaga arziydi yonib kuyganim ,
mehr bu sunnatdir ,ibodat farzdur ,
sizni hudo suysin mening suyganim

Qayd etilgan


Mahdiyah  08 Oktyabr 2009, 08:33:00

Muammomas qay tomon yurmoq,
Bo’lsa hamki yo’llar toru tang.
Muammomas va emas jumboq,
Qiblaga yur, tole istasang.

Aziz Abdurazzoq

Qayd etilgan


shoir  08 Oktyabr 2009, 09:27:23

Гсзаллик, покликдан услиб,
қисилиб, қимтиниб турасан,
қоп-қора деворга сусниб,
ёп-ёруғ хаёллар сурасан.

Шавкат А аҳмон.

ЛС. Сснгги ташрифимдан сснг ушбу мавзуда 350 дан ортиқ пост қилинибди.

Qayd etilgan


Mahdiyah  08 Oktyabr 2009, 09:37:22

Namoz-ibodating podshosi erur,
Barcha yaxshilikning peshvosi erur,
Unda haj, savm, me’roj, jannat kaliti,
Dilning tahorati, ifshosi erur!

Yo’ldosh Eshbek

Qayd etilgan


shoir  08 Oktyabr 2009, 09:59:32

А уҳимни дунёга қсшиб сстирдим,
снди табиатнинг доно тошиман.
Қаландар шамол ҳам суйган дсстимдир,
ҳар бир чумолининг қариндошиман.

Шавкат А аҳмон.

Qayd etilgan