Bahri bayt  ( 874300 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 236 237 238 239 240 241 242 243 244 245 246 ... 255 B


AbdulAziz  23 Dekabr 2011, 09:00:40

Iqtibos
p.s.she'r esimdan chiqayozibdi. Mumkin bölsa, bilganlar tölig'ini yozsalar. Qavsli joylar, menimcha xato yozilgan, chunki aniq eslolmadim

ҲОЛБУКИ, ТУА...

Шағирлайди бетиним дарё,
Шағирлайди ваҳм тслган жар,
Шағирлайди қоронғи дунё,
Шағирлайди водий, даралар.

Шағирлайди... Бермайди уйқу,
Хаёлларим бслар паришон,
Бир изланиш бошланар менда,
Тушунчамга сна кирар жон.

Ҳолбуки, тун — бунда одатда,
Бутун борлиқ ухлардай сокин,
Бутун ер осмонга сраниб,
Олар каби кундузидай тин...

Сойга тушдим, кскда чиқди ой,
Аур ёғилди оқ булутларга.
Аурга тслди дара, тслди сой,
Аур ёғилди қоронғу жарга.

Ксзларимда ёнар учқунлар,
Зилол сувга ой сди сирдош,
Ялтирарди, доим товланар,
Ой нурига чсмилгучи тош.

Ксзни тикдим, парқув булутлар,
Ксчар сди зилол ва тоза.
Лочин каби самолёт учар,
Учар сди солиб овоза.

Тикилганди ксзим қоғозга,
Қслларимда югурар қалам,
Қуршамишди уни ҳасжон,
Бир интилиш, бир орзу бу дам.

Шағирларди осмон ва ҳаво,
Шағирларди бутун коинот,
Шағирлардп бетиним дарё
Шағирларди дарёда ҳаёт...
Ҳолбуки, тун...

Ҳамид Олимжон

Qayd etilgan


Abdulhafiz  24 Dekabr 2011, 07:09:36

Ne gaplar bor, qaytarishga chidamaydi bet,
Dashnom, yolg'on, ig'vo, tuhmat so'zdan uzoq ket,
Dushman so'zi deya do'stdan kechmoqlik abas,
Ne desalar desunlar, do'st birla umr et.

Nizomiy Ganjaviy

Qayd etilgan


azizbek_mx  24 Dekabr 2011, 08:04:40

Tushlaringga kirmasman hech ham,
Közlaring ham tushmaydi sira.
Men azobman,
Seni suyagan
Tuyulganda dunyolar xira.
Men hayolman, senga ovunchoq,
Dardlaringga malham bölaman.
Sen-ku meni topa olmaysan,
Sen topgan kun men ketgan bölaman.
Shaxzod (Radius21)

Qayd etilgan


Abdulhafiz  24 Dekabr 2011, 09:13:47

Nay derki: "Oyogim yoyda erdi bas,
Menga o'roq soldi havo-yu havas.
Og'ir jafo kechdim kimning qo'lidan,
Ma'zur tutay dildan nolisam nafas.

Nizomiy Ganjaviy

Qayd etilgan


azizbek_mx  24 Dekabr 2011, 09:25:04

Sag'ir dilning römolchasi höl,
Ichingizga oqdimi yoshlar?
Köksingizni teshganida döl
Sochildimi sönggi bardoshlar?
Lobar AZIZ :)

Qayd etilgan


Muslimahon  24 Dekabr 2011, 09:45:08

Vafo qilurmisan, Bahorim

Ruhimda yo‘qoldi qarorim,
Tanimda qolmadi madorim.
Bizlarni bir yo‘qlab kelibsan,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Yoz o‘tdi, kuz o‘tdi, qish o‘tdi,
Boshlardan sinovli ish o‘tdi.
Yurakka izg‘irin - nish o‘tdi,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Yam-yashil qirlarni sog‘indim,
Chechakzor yerlarni sog‘indim,
U inja sirlarni sog‘indim,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Lolaning lablari xandadir,
Dog‘i ham tubida - andadir.
Qxshashi ruh ila tandadir,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

Intiqmiz do‘st bilan, yor bilan,
She’r bilan, soz bilan - tor bilan,
Diydorlash bizningdek xor bilan,
Vafo qilurmisan, bahorim?!

A.Oripov

Qayd etilgan


azizbek_mx  24 Dekabr 2011, 09:49:21

Mayliga, kimgadir yoqsa, yoqmasa
Ularga qöshilib yig'lasharmidik?
Biz baxtli bölamiz, Xudo hoxlasa,
Xudo hoxlamasa uchrasharmidik?..
Muhammad Yusuf

Qayd etilgan


Muslimahon  24 Dekabr 2011, 10:24:07

To'lin oy


Keksaygan hilolim, ey sen, to‘lin oy
To hanuz buzursan halovatimni.
Yodimga solursan endi, hoynahoy,
Sochlari oqargan muhabbatimni.


Yillarim kechdilar yeldirim misol,
G‘unchalar bag‘riga xayolday indim.
Endi-chi, toliqib, horg‘in va behol,
G‘orlarga bekingan shamolday tindim.

Bilmadim, qaydadir yotar sarg‘ayib,
Otashin hislarim o‘ralgan daftar.
Qaysidir go‘shada bo‘lmishdir g‘oyib,
Bir zamon qo‘limdan uchgan u kaptar.

Endi visol o‘zga, o‘zgadir firoq,
To‘lin oy, o‘tinchim yodingda tutgin.
Bizning tomonlarga yo‘ling tushgan chog’
Mening kulbamga ham mo‘ralab o‘tgin..

A.Oripov

Qayd etilgan


azizbek_mx  24 Dekabr 2011, 10:34:03


Qayd etilgan


siddiqa  24 Dekabr 2011, 10:45:17

Nimadan qayg'uray dunyn bir kamda,          ahir siz borsizku yorug' olamda. Xudoning bir ojiz quli bo'lsamda .  Siz baribir meni yahshi ko'rasiz.   (kimdir)

Qayd etilgan