Men Islomni o'rtacha tushunadigan,lekin o'ta halol oilada dunyoga keldim. Yoshligimdan Islomga qiziqdim. Yetti yoshimdan Qur'on o'qish uhcun birinchi bosqich kitoblarini o'qiy boshladim. Namoz o'qishni o'rgandim. Lekin Islomni to'la holda tushunmasdim. U paytlarda bunga imkon ham,iloj ham yo'q edi. Maktabda a'lo baholarga o'qidim. Diniy kitoblar bilan birga, badiiy kitoblarni o'qirdim. Qisqasi kitob desa o'zimni tomdan tashlardim. Shuning uchun sevgiga ishonardim. Man Allohga duo qilardim. Hali hech narsani tushunmagan qalbim bilan Undan menga ham sevgini ato qilishini, men ham sevib turmush qurishni va bahtli bo'lishni so'rardim. O'zimni shahzodamni kutardim. Ishonardim uni kelishiga va meni ham sevishiga. Men chiroyli bo'lganim uchun(U kishi haqiqatdan ham juda chiroyli) juda ko'p yigitlar ortimdan yurishgan,lekin hech biri bilan suhbatlashmaganman.Hayo qilardim,onamdan qo'rqardim. Chunki onam juda qattiq qo'l edilar. Agar biror yigit bilan suhbatlashganimni bilsalar, faqat Hudo bilardi nima bo'lishini. Shunday qilib yoshim ancha ulg'ayib bordi. Va men kutgan o'sha shahzoda keldi.
Bir kuni dugonalarim bilan ko'chada ketayosak, bir yigit do'stlari bilan qarshimizdan chiqdi. Meni ismimni so'radi. Albatta unga javob qilmadim. Lekin uni ko'rishim bian yuragim qinidan chiqib ketadigandek urdi. Oldin hech bunaqa holga tushmagan edim. Hullas u meni ismimni va uyimni dugonalarimdan bilib oldimga har kuni keldigan boldi. Men esa u bilan hech qachon gaplashmas uni oldiga chiqmas, doimo undan ozimni olib qochar edim. Uyalardim,onamdan qo'rqardim. Lekin menga uni nimasidir yoqar, doimo uni o'ylardim. Men uni juda sevardim,lekin u meni ham shunday sevishiga uncha ishonolmasdim.U men bilan hech gaplasha olmaganidan keyin dugonalarimni ishga soldi.
Bir kuni u meni uchrashuvga taklif qildi. Oldimga jo'natgan dugonmaga chiqolmasligimni aytdim. Onamni bilgan dugonam buni unga yahshilab tushutiribdi. Shundan keyin u uyimiz oldiga kelmay qo'ydi.Dugonmaga, agar uni oldiga kelishim, uni uyining oldida yurishim unga zarar qiladigan bo'lsa boshqa kelmayman, debdi. Shunday qilib u uyimiz oldiga boshqa kelmadi. Men esa faqat uni o'ylardim. Allohga duo qilardim.Boshqa hech narsani o'ylamasdim.