COMMENTARIES:
I. «ea» digrafi ba’zi so‘zlarda [i:] tovushi o‘rniga [e] tovushi bilan ifodalanadi:1. breath [bre|] — nafas
2. bread [bred] — non
3. breadth [bred|] — kenglik
4. breakfast [brekfс’st] — nonushta
5. dead [ded] — o‘lgan, jonsiz
6. deaf [def] — kar-soqov
7. death [de|] — o‘lim
8. ready [redi] — tayyor
9. health [hel|] — sog‘liq
10. wealth [wel|] — boylik
11. head [hed] — bosh
12. heavy [hevi] — og‘ir, qattiq
Quyidagi so‘zlarda esa [i:] tovushi o‘rniga [ei] tovushini ifodalaydi:break [breik] — sindirmoq
great [greit] — buyuk, ulug‘
steak [steik] — go‘sht, muskul
II. 1) «a» unli harfi «w» undoshi yoki «qu» harflar birikmasidan keyin I tur yopiq bo‘g‘inda
- unli o‘rniga [с”] unli tovushini, III tur yopiq bo‘g‘inda esa [°:] unli tovushi o‘rniga [с”:] tovushini ifodalaydi.
2) «o» harfi «w» yoki «qu» birikmasidan keyin I tur yopiq bo‘g‘inda [с”] unli tovushi o‘rniga [А‡] tovushini, III tur bo‘g‘inda [с”] o‘rniga [с’:] tovushini ifodalaydi.
III. Vaqtni bildiruvchi predloglar quyidagilar: at, from... to... . Bular son oldida kelib, paytni bildiradi.
Misol: At 8 o'clock — soat 8 da
From 9 to 5 — soat 9 dan 5 gacha
IV. Sanoq sonlar. 1) Ingliz tilidagi tub sonlar quyidagilar:
1 — one 4 — four 7 — seven 10 — ten
2 — two 5 — five 8 — eight 11 — eleven
3 — three 6 — six 9 — nine 12 — twelve
2) 13 dan 19 gacha bo‘lgan sonlar yasash uchun tub sonlar oxiriga «-teen» qo‘shimchasi qo‘shiladi. Misol:
13 — thirteen 14 — fourteen 15 — fifteen va h.k.
3) O‘nlik sonlar tub son oxiriga «-ty» qo‘shimchasi qo‘shish bilan yasaladi.
Misol: 20 — twenty 50 — fifty
30 — thirty 60 — sixty
40 — forty 70 — seventy
100 — a hundred
4) O‘nlik va birlik sonlar orasiga chiziqcha qo‘yiladi.
Misol: 25 — twenty-five 76 — seventy-six
V. Тartib sonlar.Barcha tartib sonlar sanoq sonlarning oxiriga «-th» qo‘shimchasini qo‘shish orqali yasaladi. «Birinchi», «ikkinchi», «uchinchi» tartib sonlari esa boshqa o‘zakdan yasaladi.
Misol: 1 — one — the first
2 — two — the second
3 — three — the third
4 — four — the fourth
12 — twelve — the twelfth
13 — thirteen — the thirteenth va h.k.
Eslatma: Тartib sonlar oldida «the» aniq artikli ishlatiladi.