COMMENTARIES
I. «o» harfi bir bo‘g‘inli so‘zlar va ulardan yasalgan so‘zlarda «ll», «lk», «ld», «lt», «ls», «st» harf birikmalaridan oldin kelganda [с”] tovushi o‘rniga [ou] unli tovushi bilan o‘qiladi.
Misol:
poll [poul] — polling ['pouliА…]
folk [fouk] — folky ['fouki]
cold [kould] — colder [kouldс’]
bolt [boult] — bolter [boultс’]
post [poust] — postman ['poustmс’n]
bolster [boulstс’]
Quyidagi so‘zlar bu qoidadan mustasnodir:
doll [dс”l] — qo‘g‘irchoq
lost [lс”st] — yo‘qolgan
cost [kс”st] — (so‘m) turmoq
frost [frс”st] — sovuq, izg‘irin
II. «It» olmoshi va shaxssiz gaplar. Agar gapda shaxsni yoki predmetni ifodalovchi ega bo‘lmasa, ingliz tilida gap boshiga ega o‘rniga «it» olmoshi qo‘yiladi. Bunday gaplar ko‘pincha tabiat hodisalarini, fasllarni, ob-havoni, vaqtni, masofani tasvirlashda ishlatiladi.
Misol: It is spring. — Bahor
It is warm. — Iliq
It is 9. — Soat 9
It is far. — Uzoq
It is raining. — Yomg‘ir yog‘yapti
It is getting dark. — Qorong‘ilashyapti
Bunday gaplarda «it» olmoshidan keyin bog‘lama fe’l («to be» yoki «to get») keladi.
III. Sifat darajalari.1. Predmetning belgisini, sifatini ifodalaydigan so‘z turkumi sifat deyiladi. Sifatlar o‘zbek tilidagidek kelishik yoki ko‘plik qo‘shimchalari bilan turlanmaydi. Sifatlar gapda aniqlovchi yoki qo‘shma ot kesimning predikativ qismi vazifasini bajaradi.
Ingliz tilidagi sifatlarda ham o‘zbek tilidagi kabi uchta daraja bor. Ular quyidagilar:
Oddiy daraja. — The Positive Degree.
Qiyosiy daraja. — The Comparative Degree.
Orttirma daraja. — The Superlative degree.
IV. Sifat darajalari quyidagicha yasaladi:Hamma bir bo‘g‘inli va «er», «ow», «y» bilan tugaydigan 2 bo‘g‘inli sifatlarning qiyosiy darajasi sifat o‘zagiga «er» qo‘shimchasi qo‘shish bilan yasaladi.
Misol: Thick — thicker
Clever — cleverer
Narrow — narrower
Easy — easier
2. Hamma bir bo‘g‘inli va «er», «ow», «y» bilan tugaydigan ikki bo‘g‘inli sifatlarning orttirma darajasi sifat o‘zagiga «est» qo‘shimchasi qo‘shish bilan yasaladi.
Misol: Thick thicker the thickest
Clever cleverer the cleverest
Narrow narrower the narrowest
Easy easier the easiest
3. Qolgan hamma ikki bo‘g‘inli va ko‘p bo‘g‘inli sifatlarning qiyosiy darajasi sifat o‘zagi oldiga «more», orttirma darajasi esa sifat o‘zagi oldiga «the most» so‘zlarini qo‘shish bilan yasaladi.
Misol: Famous-more famous-the most famous
Important-more important-the most important
Eslatma: Orttirma darajadagi sifatlar oldiga ulardan keyin ot kelmagan holatda ham aniq artikl «the» qo‘yiladi.
V. Quyidagi kabi sifatlarning darajalari bu qoidadan mustasno tarzda yasaladi:
1. good — better — the best
2. bad — worse — the worst
3. little — less — the least
4. many much
— older — the oldest
— elder — the eldest (oila chegarasida)
— farther the farthest (masofa)
— further — the furthest (vaqt)
VI. Ikkita bir xil sifatli predmetlar solishtirilganda, oddiy darajadagi sifat «as...as» birikmasi orasiga qo‘yiladi.
Misol: Room 64 is as little as room 66.
64-xona xuddi 66-xona kabi kichikdir.
VII. Agar ikkita bir xil bo‘lmagan belgili sifatlar solishtirilsa, oddiy darajadagi sifat «not so... as» birikmasi orasiga qo‘yiladi.
Misol: Andijan is not so large as Tashkent.
Andijon Тoshkent kabi katta emas.
VIII. Sifat darajasi qo‘shimchalari qo‘shilganda yozuvda quyidagilarga ahamiyat berilishi kerak:
1. agar sifat o‘zagidagi unli qisqa bo‘lib, o‘zak oxiridagi undosh bitta bo‘lsa, shu undosh ikkilantiriladi:
Misol: Big bigger the biggest.
2. agar ikki bo‘g‘inli «y» bilan tugaydigan sifatga «er», «est» qo‘shilsa, «y» unli harfi «i» ga aylanadi:
Misol: easy easier the easiest
3. agar sifat o‘zagi «e» bilan tugagan bo‘lsa, qo‘shimchalar qo‘shilganda bitta «e» tushirib qoldiriladi.
Misol: large — larger — the largest