Keyingi paytlarda kuyovnikiga singib ketmagan kelinlaru, hadeb janjali ko’chaga chiqaveradigan qaynonalarga, qizining baxti yurishmagan onalarga achinmaydigan bo’lib qoldim.
Men siyrati go’zal, nozik did bialn o’ziga qaragan oily ma’lumotli talay odamlarni ko’raman. Ammo ular so’zlay boshlaganda"¦og’zidan chiqayotgan so’zlarga odam emas, temir ham turish bermaydi. Bundaylarni so’z ma’nosiniajratolmaydi deyolmayman — ular yaxshi bir hunarning, amalning egasi, hatto ijod qilayotgan odamlardir!
Axir, baxt nima o’zi? Baxt — birovni ayash, unga jami yaxshiliklarni ilinish. Baxt — sening muruvvatingdano’zganing gurkirab ko’karishi, o’sib — unishi. O’zining sochgan yaxshiliklaridan ezguliklar ko’payayotganini ko’rish va atrofingda sendan minnatdor ko’zlarni tuyish va suyish — bu eng totli baxt. Sen hayotdan odamlardan baxt talab qilib, dod solishdan avval bir dam hisob qil: o’zing necha kishini baxtiyor qilding? Necha ko’ngilni obod qilding? Birgina olmada ham quyoshning, ham tuprqoning, ham suvning, ham dexqonning haqqi bor. Unga ega bo’lish uchun shu haqdorlarni barini rozi qilmoq kerakdur.
-Borib so’rang, erimning yoqasi hech qachon kir yurmagan, uch mahal ovqatini tayyor qilmagan kunim yo’q, tillolarimni sotib uy qurishdim, oyligimdan onamga bitta ko’ylak olib bergan bo’lsam o’lay agar, shu uyga tashiyman. Ammo qaynonam pashsha bo’lyapti. Men uning ham xizmatini ham qilishim kerak emish. Erimning aka-ukalari bilan ishi bo’lmay qolganmish. Endi ularning ham bitini tozalashim bormidi? Mening ikkita bolamni kim o’ylaydi"¦
Labi-labiga tegmay bidirlayotgan bu juvon o’zining va erining halolligi, pokligi, mehnatkashligi haqqi ularni qaynonadan xalos qilishimni so’radi.
"¦Hay, kelinchak, shu kojliging bo’lsa, senga gap uqtirishning ilojisi yo’q. Sen shu shahdingda tur, juftingni o’z dunyosidan shartta ajratib, o’z-o’zingniki qilib, olib chiqib ket. Hayot esa senga kamida shunday keljak beradi: oppoq ko’ylak, shirin taom, mo’may pulga ega bo’lgan, farzandlik, jigarlik, odamiylik qarzlarini unutgan o’sha jonivor sifat erring qattiq ko’rgulikka uchraydi: yo tuzalmaydign dardga chalinadi, yo ishalrida unum bo’lmaydi, el ichra qadrsizlanadi va hokazo"¦
Sening esa sho’rigga sho’r qo’shilaveradi: uyingda baraka, xotirjamlik bo’lmaydi, farzandlaring o’zinggayu bir biriga beoqibat, bemehr bo’ladi, sen qaynonangni qaysi til bilan jarohatlagan bo’lsang, o’sha til bilan o’zingni tig’laydilar. Ana o’shanda tavba qilgani mehrob topolmaysan. Qaynonangni ruhi esa ostonangda chirqillab turadi. Juftingni bog’boni qaynonang, quyoshi qaynotang edi. U suv ichib ulg’aygan tuproq sen kelin bo’lib tushgan ostona edi. O’shalarni rozi qilgan taqdiringda ham, juftingga ellik foiz haqdor bo’la, olasan, xolos! Axir ular tirnoq bilan et!!!