BID’AT VA HAVOYI NAFSGA BERILISh
Payg‘ambarimiz - Allohning salomi ustlariga yog‘ilsin — buyurdilar:
— Keyin dinga qo‘shilgan odatlardan saqlaning. Shubhasiz, keyinchalik to‘qib chiqarilgan qonun-qoidalar bid’atdir. Har bid’at dindan adashishdir, chalg‘ishdir. Har chalg‘ishning oxiri jahannam otashidir.
— Kimki dinimizga bir narsa ijod qilib qo‘shsa, u martuddir (la’natlangan, ya’ni shaytondir), maqbul emasdir.
— Mening axloqimga va mendan keyin Xulafoi Roshidiyn (ya’ni to‘rt xalifa - Hz. Abu Bakr, Hz. Umar, Hz. Usmon va Hz. Ali)ning axloqiga ergashing.
Bu hadiqlardan mantiqan shunday xulosa kelib chiqadiki, Qur’onga, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning axloqiga va Muhammad alayhissalomning ummatidan chiqqan yo‘lboshchilar va ulug‘ olimlarning umumiy axloqiy asoslariga moe kelmaydigan har qanday narsa — bid’atdir, dindan chetdadir. La’natga loyiqdir.
— Kimki bir sunnatni (Rasululloh (s.a.v.)ning go‘zal fe’llaridan birini) o‘ziga singdirib olsa (odat holiga keltirsa), bu sunnatning va to qiyomatgacha bu sunnatga amal qilganlarning ajr-mukofotiga sazovor bo‘ladi. Kimki yomon bir atvorni odatga aylantirsa, bu yomon atvorning va to qiyomatgacha bu atvor bilan ish qilganlarning gunohini oladi.
Qatoda,
«Albatta, mana shu Mening To‘g‘ri Yo‘limdir. Bas, shu yo‘lga ergashinglar! (Boshqa) yo‘llarga ergashmangizki, ular sizlarni Uning yo‘lidan uzib qo‘yar. Shoyad taqvo qilsangiz, deb sizlarni mana shu narsalarga buyurdi» (An’om surasi, 153-oyat), mazmunidagi oyatni o‘qib, deydiki:
— Bilingizki, yo‘l bitta. Boshdan-oyoq hidoyat yo‘li, olib boradigan joyi jannat. Iblis esa bir qancha yo‘llar ijod qilgan. Boshdan-oyoq chalkashlik, olib boradigan joyi jahannam.