Assalomu alaykum forum ishtirokchilari,
Avvalo sizlarni his qilib turganimdan Allohga beadad shukurlar aytaman.
Hammalaring sog-salomat yuribsizlarmi kimdir, chet elda, yana kimdir o'z ona yurtimizda va eng asosiysi o'z ota-onasi bilan birga. Mana shu narsa mani ko'nglimni qiynaydi, manda yoshligimdan sog'inch kuchi juda kuchli edi, o'zim ham bilmayman sababini aslo. Maktab chog'larimda yozgi ta'til paytlarida oromgonga borar edim va hech ham ko'nika olmas edim, uyga shunqa talpinar edim, ota-onamni shunqa sog'inar edim, buni tasavvur qilib yoki so'z bilan tariflash juda mushkul vazifa hisoblanadi. Yillat o'tib katta bo'lib hozirda bu tuyg'u manda qolmagan bo'lsa kerak deb o'ylagan edim, lekin hato qilgan ekanman, bolalik paytimda qanaqa bo'lsa shundayligicha turibdi, faqat hozir man tuy'guni ota-onamni muborak yuzlarini ko'rib, sog'inchimga taskin bera olmayman, albatta ma'lum vaqtgacha, biroq manda shu sog'inch yoki shu tuyg'u juda kuchli tarafdan o'zini ko'rsatmoqda. Avvalo ota-onam va qolaversa o'zimizni yurt sog'inchi shunqa kuchli o'tmoqda manda, Alloh nasib hudo hohlasa yana o'z ota-onam bag'irlariga qaytaman, biroq ungacha bu ko'ngulga qanaqa qilib tushuntirishni bilmay yuribman.
Albatta horijda hamma narsa, yoningizda bekamus kus turishiga qaramay, baribir tongda ko'zingizni ochganingizda boshqa yurtdasiz.
Aziz do'stlarim albatta bu balki hammada bo'ladigan holatdir, sizlarda ham shunaqa tuyg'ular jo'sh urgandir yoki hali ham balq urib kelmoqdadur. Hozir man faqat sizlar bilan mana shu forum orqali suhbatlashib ko'nglimga ozgina bo'lsa ham taskin berib kelmoqdaman.