"OLMON" PIROGI
3 dova tuxumning sarig'ini ajratasiz.Unga 200 gr shakar va "Shedroye leto" margarinini qirg'ichdan o'tkazib qo'shasiz. So'ng 1 choy qoshig'ida ichimlik sodasi qo'shib, yumshoqqina xamir tayyorlaysiz. Xamirni patnisda yoyib, ustiga olmani qirg'ichdan o'tkazib yoyib chiqasiz va limonni kichikkina bo'lakchalarga bo'lib, terib chiqasiz. Tuxumning oqiga shakar qo'shib, ustiga surtasiz va duxovkada o'rtacha olovda 35-40 daqiqada sizga "OLMON" (olma+limon) pirogi tayyor. Qani, oling, marhamat!
Azizaxon