Men hozir qizimga shu bo'limdagi bolajonlarni rasmini ko'rsatdim.
O'zi bolayu,bolalarni ko'rib qiyqiryapti: -AYYY!!! - deb.
Kapalak honim,Abdulazizni qiliqlari chiqib yana ham shirin bo'lib qoptida-a ))
Menikilar yurib ketishdi,meni esa yugurtirishyapti
Valaykum assalom Oyshanur xonim, yaxshimisiz:) Rabbim barcha onalarga sabr bersin:)
Men ham kecha Abdulazizni eski vidolarini ko'rayotgandim, o'zi ko'rib kulsa bo'ladimi:) voy to'palonchi xozirdan o'zini taniydimi deyman.
Abdulaziz Ensarni eng yaxshi ko'rgan joylari: Muzxona-u qo'limda, bir narsa olaman, deb muzxonani eshigini ochishim bilan kallasini darrov u tarafga egib, ichiga qaraydi:)
keyingisi-kitob javonimiz, Rang barang kitoblar diqqatini tortadimi deyman, indamay birma-bir qarab chiqadi kitoblarga. Men: O'g'lim qara bu kitoblarni hammasi seni kutyabdi, chamamda kitob o'qishni yaxshi ko'radi, shekilli desam, dadasi: Sen adashding, u kitoblarni qaysi birini yirtsam ekan, deb reja qilyabdi, deydilar
eng yaxshi ko'rgan joylaridan yana biri-oynalar. O'zini ko'rishi bilan kulaveradi. Qo'lini uzatib ushlashga harakat qilyabdi. Tunov kuni dadasi oynani yoniga olib kelgan ekanlar, o'zini ushlay olmagani uchun rosa jahli chiqyabdi, ko'rib rosa kuldik:)
Alloh barcha kichkintoylarni qo'risin, ichida menikiniyam:)