Tohir Malik. Iymonlashish umidi  ( 126067 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 B


shoir  26 Iyun 2006, 05:24:37

* * *

Roviylar nasihat qiladilarkim: yo‘lda qaroqchilar mavjudligini bilgan tadbirli sayyoh yolg‘iz yurmaydi. U sipohilar himoyasida biron karvon o‘tishini kutadi va unga qo‘shilib o‘zining xavfsizligini ta’minlaydi.
Hayot yo‘lida ham idrokli odam tavakkal qilmaydi, biron aqlli odamni uchratib, uning izidan yurmoqlikni ma’qul ko‘radi. U o‘ziga o‘zi aytadiki: dunyo xavotirga to‘la, falokat oyoq ostida. qaysi yo‘ldan yurmoq ma’qul? Xavf-xatardan holi yurmoqlik uchun qanday hamrohni tanlamoq joiz? Boy odamning etagidan tutsammi yo e’tiborli mansabdorningmi? Chuqurroq mulohaza qilinsa, unisi ham bunisi ham vaqti kelganda ofatdan qutqarib qololmaydi. Chunki ularni ham tunaydilar, ularni ham o‘ldiradilar yoki xorlaydilar. Ular ham yig‘laydilar... Balki ularning o‘zlari hayot yo‘lining ma’lum bir yo‘nalishida hujum qilib qolishar?
— Nahotki hayot yo‘lida ergashtirib boruvchi ishonchli hamroh yo‘q bo‘lsa?
Aqlli odam shunday savolga duch kelganda to‘g‘ri javob topa oladi:
— Hayot yo‘lida adashmaslik uchun Alloh belgilagan yo‘ldan yurmoq kerak.
— Alloh belgilagan yo‘ldan yurmoq nadir?
— Bu Alloh xohlagan narsani sen xohlading, istamaganini istamading, degan gap.
— Bunga qanday erishmoq mumkin?
— Ilm egalla. Barcha qulflarning kaliti shundadir.

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 05:24:45

* * *

Hayotda xomsemiz odamlar bo‘lgani singari fanda, adabiyotda, xullas hamma sohada homaki mutaxassislar uchraydi. Odamlar bundaylarni «chala olim» yoki «chala mulla», deb atashadi. Haqiqiy olimlarning ishini xalq maqtaydi — bu ham Allohning ne’mati. Chala mullalar o‘zlarini o‘zlari maqtaydilar va maqtovchilar yollaydilar. Chin olim bilan chala mulla orasidagi farq shunda. «Ahmoq o‘zini maqtar», degan maqol bekorga tug‘ilmagandir?..

* * *

Siz o‘tgan umringizga qarab: «To‘g‘ri yashay oldimmi?» — deb o‘z o‘zingizga savol berganmisiz? Agar ishonch bilan «ha!» deb javob qaytara olsangiz, buyuk ishlar qilibsiz ekan. Kishining oqilona kitoblar bitishi shart emas, ammo hayotda o‘zni oqilona tuta bilishi mutlaqo zarur! Zero, Odam bolasining eng ulug‘ ijodi — oqillik bilan umr kechirmoqlikdir. qolganlari: mansab yo‘lida sarsari kezish, boylik orttirish, shohona qasrlar qurish kabi ishlar o‘z ko‘nglini to‘ydirishga urinishdan boshqa narsa emas. qani edi, ko‘ngil qurg‘ur to‘ya qolsa...

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 05:24:56

* * *

Donolar demishlarkim, ikki toifa odam bilan murosa qilmoq og‘irdir: biri — xotin, yana biri — yosh bola. Ularni erkalasang — taltayadi, o‘zingga yaqin olsang — haddan oshadi. O’zingdan uzoqlashtirsang — g‘azablanishadi.

* * *

Qirq yil umr ko‘rib, yon-atrofidagilar mehr-muhabbatnini qozona olmaganlarning kelajagi yo‘qdir.

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 05:25:05

* * *

Azondan janozagacha...
Chaqaloqning o‘ng qulog‘iga azon, chapiga takbir aytiladi. Buni izohlaydilarki, bolaning qulog‘i azon bilan ochiladi. Takbir aytmoqdan, maqsad esa, vaqti kelib, shu go‘dakning umri adog‘iga yetgach, janoza namozida takbir aytilmaydi, chaqaloqligida chap qulog‘iga aytilmish takbir shuning uchundir. Bu izohni rad etmagan holda, xayolga kelmish mulohazani bayon etsak: azon va takbirda «namozga kelinglar», «najotga kelinglar», degan chaqiruv kalimalari bor. Takbirda esa «qaddilaringizni ko‘tarib, namoz o‘qishga turinglar», deyilguvchi xitob majud. Durust, inson hali go‘dak chog‘ida uning namozga va najotga bormog‘iga, va qaddini ko‘tarib namoz o‘qishiga imkoniyatlari mavjud bo‘lmaydi. Ibodat ongli ravishda bo‘lmog‘i afzal. Shu sababli go‘daklarga namoz farz qilinmagan. Balki oqu-qorani durustroq fahm etadigan, Allohni ongli ravishda taniy oladigan yoshda farzdur. Kafanga o‘rog‘liq mayit huzurida janoza namoziga azon ham, takbir ham aytilmasligining boisi: u endi qanday namozga kelsin, qanday najotga kelsin, qaddini qanday ko‘tarsin namozga?
Janozaga kelganlar shuni ham o‘ylasalar edi... Najotga kelish imkoniyati bo‘laturib, oyoqlar Yaratganning uyiga emas, shayton qasriga boshlasa kim aybdor? qancha-qancha kafandagi mayitlar chaqaloqliklarida chap quloqlariga aytilgan takbirga amal qilmay yashaganlari uchun janoza namozi paytida ehtimol afsus chekib yotarlar, vallohi a’lam?

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 05:25:14

* * *

Bu ashulachi ovozini yo‘qotib qo‘yishdan cho‘chimaydi. U ashula paytida mikrofonning buzilib yoki o‘chib qolishidan qo‘rqadi.

* * *

Erta-indin gullayman, deb bo‘rtib turgan kurtaklar yuzini avval qor qopladi, so‘ng qor eridi-yu, ayamajizning sovuq nafasi kurtaklarning jonini sug‘urib oldi. Kurtak bahorning iliq va totli shabadasiga aldandi. Uni nodonlikda ayblash insofdan emas. U tabiat hukmiga bo‘ysunadi, u tabiiy jarayon qurboni. Yoshlikni ham kurtakka o‘xshatishadi. «Yoshlik» deb atalmish kurtak ham ba’zan hayotdagi ayamajizning qurboni bo‘ladi. Bu uchun endi tabiat aybdor emas...

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 05:25:21

 * * *

Yetimxonalarning nomlarini turlicha atashadi: avval «Bolalar uyi» deyishardi. Endi esa «Mehribonlik uyi» deb atash rasm bo‘ldi. Ajabki, nom o‘zgargani bilan mohiyat o‘zgarmaydi. Mehribonlik uylarida bolalar ota-ona mehriga tashna bo‘lib yashaydilar. Bir yetim bola «adam bilan oyim kelmaydilar, bobojonim kelib turadilar», deydi. Ota-onasi tirik bo‘la turib yetim qolgan bu bolaning o‘kinch to‘la yuragida yana qanchalar nafrat bor ekan! Uning ota-onasi ehtimol ajrashib ketgandir, so‘ng har biri boshqa oila qurgandir. Boshqa oiladan farzandlari bordir. Yurakning bir parchasi bo‘lgan bolani yetimxonaga tashlab qo‘yib hotirjam yashovchilarni odam deyishga til bormaydi. Bular-ku mayli, nahot o‘sha yetimlarning amakilari yoki tog‘alari, ammalari yoki xolalari bo‘lmasa?! Jiyanlarini bag‘irlariga olib, o‘z farzandlari qatorida voyaga yetkazish savobidan nechun ular bebahralar?
Bizda ilgari yetimxonalar yo‘q edi. Bizda iymon egalari ko‘proq edi...

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 05:25:32

 * * *

Qur’oni Karimda «Farzandlarimni boqolmayman, degan havotir bilan ularni o‘ldirmanglar, men ularni rizqi bilan beraman», degan ma’nodagi oyati karima mavjud. Ulamolarning tafsiriga ko‘ra, johiliyat zamonida arablar «bolalarmizni boqolmaymiz», deb tug‘ilgan hamoni tiriklayin ko‘mib tashlashar ekan. Oyati karima ana o‘shalarni ogohlantirish uchun nozil qilingan. Ammo shu bilan vazifasini o‘tab bo‘lmagan. Bola o‘ldirish to hanuz davom etadi. Buni endi «madaniy, tibbiy» tilda «abort» deb atashadi. O’zbekcha qilib esa «bola oldirish» deyishadi. Bu noto‘g‘ri atama. To‘g‘risi - bola o‘ldirish! Ona qornidagi tirik jonni majburan olib tashlashni bundan o‘zgacha atash mumkin emas. Bolasini o‘ldirishga rozi bo‘lgan ota-onani esa «qotil» demoqlikdan o‘zga nom yo‘q. Bu jinoyatni, ha, aynan jinoyatni butun dunyodagi ongli odamlar qoralaydilar. Barcha dinlarning olimlari bu jinoyatga qarshi kurashadilar. Ammo... uni yoqlovchilar ham bor. Ba’zan televizorda horijdagi namoyishlarni ko‘rib qolaman. Hukumatning abortni man etish haqidagi qonunlaridan norozi bo‘lganlar yo aqldan ozgan kimsalar, yoki fohishalardir.

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 05:25:42

* * *

Bu dunyoda tekin narsa yo‘q. Hamma narsa uchun haq to‘lash kerak. Xususan kishi o‘zining rohati va farog‘ati badaliga hamisha to‘lov to‘lab turishi zarur. Shundagina farog‘at turmushi boqiy bo‘ladi. Bu to‘lovning nomi — sabr. Odamlar «farog‘atli turmush» deyilganda darrov boylikni ko‘z oldilariga keltiradilar. Boylik — rohat ham, farog‘at ham emas. Boylik ko‘paygani sayin tashvish orta boradi, gunohlar ko‘paya boradi. Ba’zan shunday bo‘ladiki, kishi bir piyola sovuq suv ichib, tinch, hotirjam yashashni istab qoladi. Kishining rohati uchun moddiy tomondan: qorni to‘q, usti but, boshpanasi mavjud bo‘lishi kerak. Ruhiy tomondan: shayton vasvasalaridan holi bo‘lmog‘i zarur. Shunda atrofini yaxshi odamlar o‘raydi. Kishining qorni to‘q bo‘lishi uchun bir kosagina taom kifoya. Ustiga o‘nta emas, bitta ko‘ylak kiyadi. Yuz xonali uy qurgani bilan bitta xonasida yashaydi.
Rivoyat qilurlarkim, Nuh alayhissalomning bitta chaylalari bor ekan. Chayla kichikligidan yotganlarida oyoqlari tashqariga chiqib turarkan. Vaqtiki kelib Azroil alayhissalom yuzlanganlarida Nuh alayhissalom Allohga shunday munojot qilgan ekanlar:
-Ya Allohim, menga besh yuz yil umr berib eding, bu umrning bu qadar tez o‘tib ketishini bilganimda ovora bo‘lib shu chaylani qurib o‘tirmasdim...
Bu hikmatlardan ibrat olish vaqti o‘tib ketyaptimikin...

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 05:25:51

* * *

Alloh har bir bandasiga baxtni mo‘l-mo‘l beradi. Bu xuddi yomg‘ir tomchilariga o‘xshaydi. Birov tomchilarga kaftini tutadi, boshqasi tadbir ishlatib ko‘proq to‘playdi. Xudo yog‘dirayotgan baxtga ega bo‘lish uchun kishi Haq talabidagi fazilatlariga ega bo‘lishi kerak. Halollik, poklik, atrofidagilarga mehr-muhabbatda bo‘lish... kabi fazilatlarsiz bu baxtga ega chiqish mushkul.

Qayd etilgan


shoir  26 Iyun 2006, 05:26:04

* * *

Eng ojiz, notavon fuqarosini ham e’tibordan chetda qoldirmay himoya qiluvchi davlat kuchli va qudratli sanalar ekan.

* * *

Oppoq dasturxon — pok. Uning ustidagi ne’matlar ham pokiza. Biroq dasturxon atrofidagilarning ichlari kirlanib ketgan. Ustilaridagi toza kiyimlar ichlaridagi kirlarni qachongacha yashirar ekan?

Qayd etilgan