2-bob. Uyqudan uyg’onganda aytiladigan zikrlar
26/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Uxlayotgan vaqtingizda shayton bo’yningizga uchta tugun tugib qo’yadi. Har tugunni harakatga keltirib, kecha hali uzun, yotaver, deydi. Agar kishi uyg’onib, Allohni zikr qilsa, tugunlarning biri yechiladi. Agar tahorat qilsa, ikkinchisi yechiladi. Namoz o’qisa, tugunlarning hammasi yechiladi va kishi nafsi pok, faol va g’ayratli bo’lib, tong orttiradi. Ammo uyquda yotaversa, nafsi iflos, dangasa bo’lib uyg’onadi». Buxoriy va Muslim rivoyatlari