Muso(a.s)ning qavmi 71 firqaga bo'lindi, 70 tasi zalolatda qolib halok bo'lgan, faqat bir firqasi qutulgan.
Iyso(a.s)ning qavmi 72 firqaga ayrildi,71tasi zalolatda qolib,halok bo'lgan, faqat 1 firqasi najot topgan.
Hz. Payg'aybarimiz(s.a.v) ning ummati esa 73 firqaga bo'lindi,72 firqa zalolatda qolib,halok bo'lgan. Faqat ahli sunnat val-jamoat mazhabi salomatda qolib,najot topgandir.
Buni "Savodul-A'zam" deydilar. Binobarin, ahli sunnat jamoatidan zarracha ayrilgan kishi Islomni egnidan yechgan, ya'ni Islomiyatdan uzoqlashgan bo'ladi.
Avvalo, kishi o'z iymonida shak-shubha qilmagay
Kishi, "Inshaalloh, men mo'minman", demaydi,balki qat'iy "Men haqqan mo'minman-Allohga ishonaman!" deydi. Zero insonlar 3 qismdir:
a)Mo'min
b)Munofiq
c)Kofir
To'rtinchisi yo'q.Binobarin, ishonch-e'tiqod egalari Allohga mo'mindirlar. Iymonsiz,mo'min bo'lmagan kimsa kofir deyilganidek, iymonli kishi ham mo'min deyiladi.
"Haqiqiy mo'minlar faqat Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirib,keyin(hech qanday) shak-shubha qilmagan va molu jonlari bilan Alloh yo'lida kurashgan zotlardir.Ana o'shalar (o'z iymonlarida) sodiq bo'lgan zotlardir".
("Hujurot", 15).
Va Allohu a'lam.Va biron narsa haqida
«Men albatta ertaga qilguvchiman», deya
ko‘rmang, magar «Insha Alloh — Alloh xohlasa» (deng. Bu so‘zlarni aytishni)
unutib qoldirgan vaqtingizda (yodingizga tushishi bilan): Parvardigoringizni
zikr qiling (ya’ni «Insha Alloh», deng) va: «Shoyad Parvardigorim meni
bundan ham (ya’ni, Ashobul-Kahf voqeasi haqida xabar berishdan ham)
yaqinroq (mening haq payg‘ambar ekanligimga yaxshiroq dalolat qiladigan)
To‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilsa», deng!
Kahf surasi 23-24 oyatlar.In sha Alloh!
Agar hohlasa Alloh!