"œUrush! Noming o’chsin jahonda" deganlari bekorga emas ekan. Hamma yoqni vayron qilar ekan Urush! Hamma dillarni parcha-parcha qilib tashlarkan la’nati urush! Insonni hayvondan battar holga tushirarkan urush! Yo hayot, yo mamot! O’ldir! O’ldirmasang seni o’dirishadi. Hech kimni omon qoldirma! Dushmanni yer bilan yakson qil! Aslo ayab o’tirma! Chunki u — sening dushmaning! Qiyna uni, o’ldir uni, vayron qil! Bu urush qonuni!
Bunda na insof, na odamiylik bor, bu yerga kelganlar hammasi manqurtlar! Boshliq nima qil desa, shunga bo’ysunadi. Inson insonni g’ajiydi, yoqadi, xo’rlaydi, zo’rlaydi! Axir ikkimizning tuprog’imiz bir-ku, deydigan odam yo’q bu yerda. Bu yerda dushman bor. Uning kimligi: na millati, na dini, na qarindoshligi ahamiyatsiz. Sen uning dushmanisan, u sening dushmaning! Sening bitta vazifang bor: O’LDIRISH!
Koreys kinoijodkorlari tomonidan ishlangan
"œ38-parallel" filmi ham shu mavzuda. Unda Shimoliy va Janubiy Koreya o’rtasidagi sovuq urush va 1950-yilda bo’lib o’tgan qirg’inbarot haqida so’z boradi. Inson ishlab chiqqan la’nati ideologiyalar ikki xalqni bir-biridan ajratib, birini "œqizil", ikkinchisini "œdemocrat" bo’lishga majbur qiladi. Mafkura insonlarni shunday tarbiyalaydiki, bir millat vakillari bir-birlariga ayovsiz dushmanga aylanadilar. "œQizil cho’chqalar" va "œjanublik marazlar" o’rtasida shiddatli jang boshlanadi.
"œBiz jangda albatta g’alaba qozonishimiz kerak! Yo’qsa hammayoqni qizil iblislar bosib, bizning qonimizni so’rishadi. Yashab qolish uchun ham g’alaba qozonishimiz shart". Bu har bir janublikning maqsadi edi. Koreys koreysni otadi, qiradi, yoqadi: "œqizil" bo’lgani uchun "œcommunist" bo’lgani uchun!
Filmning bosh qahramonlari ikki aka-uka. Biri urushga kelmasdan oldin maktabda o’qirdi, yuragida xastaligi bor edi. Akasi esa ukasining ta’limi uchun ko’chada poyafzal tozalardi. Urushda Jin Tay (aka) o’z jonini ayamay qahramonlik ko’rsatadi. Ukasi esa:
"œJin Tay nimaga sen istalgan xavfli vazifani bo’yningga olaverasan. Medallar uchunmi-a? Meni uyga jo’natib yuborish uchunmi? Nima qilayapsan? Mendan o’q o’tmaydi deb o’ylayapsanmi? Har bir soniyada bu yerda kimdir o’lyapti. Sen jinni bo’ldingmi? Medal olishni hohlayapsanmi? Men seni o’limga ro’baro’ qilib, ketaveradi deb o’ylayapsanmi? Sen haqingda onamga nima deb aytishimni tasavvur qilayapsanmi? Biz doim birga bo’lishimiz kerak: o’lim yoki hayot! Medalning nima keragi bor, agar shu medal ortida insonlar o‘limi tursa!" deb uni to’g’ri yo’lga chaqirmoqchi bo’ladi. Koreys hukumati Jin Tayning xizmatlarini hisoga olib, unga mansab beradi. Urush, mansab uni umuman o’zgartirib yuboradi, odamgarchilikdan chiqaradi, diydasini toshga aylantirib qo’yadi. Urush bilan bir vaqtda mamlakat ichida ham "œcommunist" deb gumon qilinganlarni ommaviy qirish boshlanadi. Jin tayning sevgan qizini ham "œcommunist" deb ko’z oldida otib tashlashadi. Urush davom etardi. "œKommunist" deb gumon qilinib, asirga olingan Jin Sok (uka) qamalgan bino akasiga "œmedal" bergan komandir tomonidan yakson qilishga buyuriladi. Vayronalar orasidan Jin Sok ukasiga o’zi sovg’a qilgan ruchkani yonib tamom bo’lgan murdalar orasidan topadi. Bu bedodliklar alamidan Jin Tay Shimoliy tarafga o’tib ketadi"¦
...Iloyim urushdan saqlasin!!!
PS. Siz ham o’zingizga judayam ta’sir qilgan kinofilm haqida yozishga harakat qiling. Qaysi film sizni o’ylashga, fikrlashga majbur qilgan va nima uchun?Arxiv