Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 485175 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 ... 114 B


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:05:26

16-bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, o‘zingizdan ilgari Kitob berilgan kimsalar va mushriklardan ko‘p aziyat chekib, ko‘p malomatlar eshitasizlar»

Usoma ibn Zayd bunday deb xabar beradilar: «Payg‘ambar alayhissalom ustlariga dag‘al matodan to‘qilgan fadakiy liboslarini kiyib olib, eshakka mindilar, so‘ng Usoma ibn Zaydni mingashtirdilar-da, Banu Hars ibn al-Xazraj qabilasidan bo‘lgan Sa’d ibn Ubodani ko‘rgani ravona bo‘ldilar, u betob yotgan erdi. Bu voqea Badr kunidan avval sodir bo‘lgan erdi. Janob Rasululloh majlis qilayotgan bir jamoa oldidan o‘tdilar, u yerda Abdulloh ibn Ubay ibn Salul ham bo‘lib, u hanuz islomga kirmagan erdi. Turli toifa — musulmonlar, butparastlar va yahudiylardan iborat bu majlisda Abdulloh ibn Ruvoha ham bor erdi. Majlis ahlini eshakning tuyog‘idan chiqqan chang-g‘ubor o‘ragandan so‘ng, Abdulloh ibn Ubay burnini ridosi birlan to‘sdi-da: «Bizga changitmanglar!»—dedi. Rasululloh o‘ltirganlarga salom berdilar, so‘ng to‘xtab eshakdan tushdilar-da, odamlarni Ollohga iymon keltirmoqqa da’vat qildilar va Qur’on o‘qib berdilar. Abdulloh ibn Ubay ibn Salul: «Ey kishi, agar gaping rost bo‘lsa, bundan afzal narsa yo‘q, ammo majlisimizni buzib, bizga ozor berma, yo‘lingdan qolma, oldingga kim borsa, o‘shanga hikoyangni aytaver!» — dedi. Shunda, Abdulloh ibn Ruvoha turib: «Yo‘q, ketmangiz, yo Rasulalloh, majlisimizga qo‘shilingiz, biz shuni istaymiz!» — dedi. Pirovardida musulmonlar, mushriklar va yahudiylar bir-birlari birlan so‘kishib ketishdi, janjal urushga aylanib ketay dedi. Payg‘ambar alayhissalom ularni Hovuridan tushirdilar-da, eshaklariga minib Sa’d ibn Ubodani ko‘rgani bordilar. «Ey Sa’d,— dedilar ul zot,— Abu Habbon (Abdulloh ibn Ubayning laqabi) ning menga nimalar deganini eshitganingda erdi! U menga bunday va bunday dedi». Sa’d ibn Uboda: «Yo Rasulalloh, uni kechiring, sizga Qur’on nozil qilgan zot haqi, Olloh taolo sizga Haqiqatni yuborgandur. Bu yurt ahli Abdulloh ibn Ubay ibn Salulni o‘zlariga podshoh qilmoqqa, boshiga toj kiydirmoqqa kelishgan erdilar, lekin Olloh sizga yo‘llagan haqiqat sababli u bundan mahrum bo‘ldi, shu boisdan ham u sizga o‘zingiz shohidi bo‘lgan muomalani qildi»,— dedi. Janob Rasululloh uni afv etdilar. Payg‘ambar alayhissa-lomning va ul zot ashoblarining odati shariflari shunday erdiki, ular ahli kitoblar va mushriklardan o‘tgan beadablikni Olloh taolo buyurgani uchun ham afv qilar, ulardan yetgan ozorlarga sabr etar erdilar. Olloh taolo: «Darhaqiqat, o‘zingizdan ilgari Kitob berilgan kimsalar va mushriklardan ko‘p aziyat chekib, ko‘p malomatlar eshitasizlar»hamda «Ahli kitoblarning ko‘pchiligi, dillarida hasad bo‘lganligidan, sizlarni yana dinlaringizdan qaytmoqlaringizni va kofir bo‘lmoqlaringizni yaxshi ko‘radi»,— deydi. Payg‘ambar alaihissalom Olloh taolo kofirlarga qarshi urushishga ijozat bergunga qadar, uning o‘zi buyurganiga binoan afv qilmoqni odat qilib olgan erdilar. Badr urushi bo‘lganda Olloh taolo Quraysh kofirlarining yetakchilarini halok qildi. Abdulloh ibn Ubay ibn Salul va uning sheriklari — mushriklar va butparastlar: «Bu g‘olib bo‘ldi!» deb Rasulullohning huzurlarida islomga bay’at qildilar va musulmon bo‘ldilar».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:05:40

17-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, birovlarni yo‘ldan adashtirib xursand bo‘ladirgan va qilmagan ishlari uchun maqtov eshtishni yaxshi ko‘radirgan kishilarni, ular azobdan najot topadilar, deb o‘ylamangiz!»

Abu Sa’id Al-Xudriyraziyallohu anhu bunday deydilar «Payg‘ambar alayhissalomning zamonlarida, ul zot g‘azotga chiqqanlarida munofiqlar xiyonat qilib, urushga bormay uylarida qolganlaridan hursand bo‘ldilar. Janob Rasululloh qaytganlarida ersa, huzurlariga borib uzr-ma’zur aytdilar, qasam ichdilar, ul zotdan qilmagan ishlari uchun maqtov eshitishni kutdilar. Shunda Olloh taoloning (yuqorida zikr qilingan) oyati karimasi nozil bo‘ldi»

Alqama ibn Vaqhos bunday deb xabar beradilar: «Marvon ibn Hakam darvozaboniga: «Ey Rofi’, Ibn Abbosning oldiga borgil-da, unga «Agar har bir qilgan yomon ishlaridan xursand bo‘ladirgan, qilmagan ishiga maqtov eshitishni yaxshi ko‘radirgan kishi azobga duchor qilinadirgan bo‘lsa, unda biz hammamiz ham azoblanar erkanmizda?!» deb aytgil!» — dedi. Shunda Ibn Abbos bunday deb javob qildi: «Bu oyatning sizlarga taalluqli yeri yo‘q. Payg‘ambarimiz alayhissalom yahudiylarni chaqirib, ulardan bir masalaning hukmini so‘radilar. Yahudiylar haqiqatni berkitib, boshqa xukm aytdilar. Ular mana shu noto‘g‘ri javoblari uchun ham Janob Rasulullohdan maqtov eshitmoqni kutdilar, o‘alari ersa ul zotdan haqiqatni yashirganlari uchun ichlarida quvondilar. Olloh taolo: «Eslang, ey Muhammad, Olloh Kitob berilgan kimsalardan «Albatta sizlar bu Kitobni yashirmay odamlarga ochiq bayon qilursizlar» deb ahd-paymon olgan erdi. So‘ng, ular bu ahd-paymonga xiyonat qilib, uni arzimas pulga sotdilar. Ularning bu savdosi qanday yomon bo‘ldi! Ey Muhammad, birovlarni yo‘ldan adashtirib xursand bo‘ladirgan va qilmagan ishlari uchun maqtov eshitishni yaxshi ko‘radirgan kimsalarni, ular azobdan najot topadilar, deb o‘ylamangiz, ular uchun alamli azob bordur!»—degan».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:05:51

18- bob. Olloh taoloning qavli: «Albatta, osmonlar va Yerning yaraliganda, kecha va kunduzning almashinishida aql egalari uchun alomatlar bordur!»

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men bir kecha xolam Maymunaning uylarida tunadim. Rasululloh xolam birlan anchagacha suhbatlashib o‘ltirdilar. Keyin, uyquga yotdilar. Kechaning uchdan biri qolganda turib o‘ltirdilar, osmonga qarab: «Albatta, osmonlar va Yerning yaralishida, kecha va kunduzning almashinishida aql egalari uchun alomatlar bordur!»—dedilar, keyin turib tahorat oldilar, misvok birlan og‘izlarini tozaladilar, so‘ngra o‘n bir rak’at namoz o‘qidilar. Bilol azon aytganlaridan so‘ng, ikki rak’at sunnat o‘qib masjidga chiqdilar va bomdod namozini o‘qidilar»

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:06:38

19-   bob. Olloh taoloning qavli: «Ular turganda ham, o‘ltirganda ham, yotganda ham Ollohni eslaydilar va osmonlaru Yerning yaratilishini tafakkur qiladilar»

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men bir kecha xolam Maymunaning uylarida tunadim, Rasulullohning namoz o‘qishlarini ko‘raman degandim. Men Janob Rasulullohga bolish tashladim, uzun tarafiga bosh qo‘yib uxladilar. Keyin, yuzlarini ishqalab uyquni qochirdilar-da, «Oli Imron»ning oxirgi o‘n oyatini o‘qidilar, o‘qib bo‘lganlaridan so‘ng, osig‘liq turgan eski meshni olib tahorat oldilar, keyin turib namoz boshladilar. Men ham turib Janob Rasululloh singari tahorat oldim Keyin, Rasulullohning yonlariga kelib turdim. Rusululloh qo‘llarini boshimga quydilar, so‘ng qulog‘imdan ushlab buradilar. Keyin, ikki rak’at namoz o‘qidilar, keyin yana ikki rak’at namoz o‘qidilar, keyin yana ikki rak’at namoz o‘qidilar, keyin yana ikki rak’at namoz o‘qidilar, keyin yana ikki rak’at namoz uqidilar, keyin yana ikki rak’at namoz o‘qidilar, sung bir rak’at o‘qidilar»

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:06:47

20-   bob Olloh taoloning qavli: «Parvardigor, sen kimni do‘zaxga kiriqang, albatta uni sharmandai sharmisor qilasan va bunday zolimlarga hech qanday madad berguvchi yo‘q».

Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhu bir kuni payg’ambarimizning xotinlari Maymuna onamizning uylarida tunab qolibdilar. U kishi o‘sha kuni bo‘lgai voqeani bunday deb rivoyat qiladilar: «Men yostiqning yon tomoniga bosh qo‘yib yotdim, Rasululloh birlan xotinlari bo‘lmish xolam Maymuna uzunasiga bosh qo‘yib yotdilar. Rasululloh kechaning yarmigacha uxladilar, ehtimol bundan avvalroqdur, ehtimol keyinroqdur, keyin uyg‘ondilar, yuzlarini qo‘llari birlan ishqab uyqularini qochirdilar, keyin «Oli Imron» surasining oxirgi o‘n oyatini o‘qidilar So‘ng, turib osig‘liq meshni oldilar-da, yaxshilab tahorat qildilar, keyin namoz o‘qimoqqa tutindilar. Men ham turib, ul zot nima qilgan bo‘lsalar, shunday qildim-da, yonlariga borib turdim. Janob Rasululloh o‘ng qo‘llarini boshimga qo‘yib, o‘ng qulog‘imni burab qo‘ydilar Keyin, ul zot ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, keyin bir rak’at namoz o‘qidilar. Keyin, muazzin kelguncha yonboshladilar, so‘ng turib ikki rak’at yengilgina namoz o‘qidilar, keyin masjidga chiqib, bomdod o‘qidilar».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:07:04

21- bob. Olloh taoloning qavli: «Ey bizning parvardigorimiz,  «Parvardigoringizga iymon keltiringizlar!» deb nido qiluvchining nidosini eshitdik»

Ibn Abbos raziyallohu anhu o‘z mavlolari Kuraybga bir kuni payg’ambarimiziing xotinlari bo‘lmish xolalari Maymunaning uylariga borib yotib qolganlari bunday deb rivoyat qilgan erkanlar: «Men o‘shal kecha yostiqning ko‘ndalang tomoniga bosh qo‘yib yotdim, Janob Rasululloh birlan xotinlari ersa uning uzun tomoniga bosh ko‘yib yotishdi. Janob Rasululloh TUN yarim bo‘lguncha yotib uxladilar, balkim bundan barvaktroq, balkim kechroqdur, uyg‘ondilar-da, qo‘llari birlan yuzlarini ishqab uyqularini qochirdilar, keyin «Oli Imron» surasining oxirgi o‘n oyatini tilovat qildilar, keyin turib osig‘liq meshni oldichar-da, yaxshilab tahorat qildilar, so‘ng turib namoz o‘qimoqqa tutindilar. Men ham turib, ul zot nimaiki qilgan bo‘lsalar, shunday qildim, keyin yonlariga borib turdim. Janob Rasululloh o‘ng qo‘llarini boshimga qo‘yib, o‘ng qulogimni burab qo‘ydilar So‘ng, ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, so‘ng yana ikki rak’at, keyin bir rak’at namoz o‘qidilar. Keyii, yonboshladilar, muazzin kelgach, ikki rak’at yengilgina namoz o‘qidilar, so‘ng masjidga chiqib bomdod o‘qidilar».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:07:27

BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
«AN-NISO» SURASI

1-bob. («An-Niso» surasida uchraydigan ayrim so‘zlar tafsiri)


Ibn Abbos: «(Lan) yastankifa» degani «Sira or (kattalik) qilmas» ma’nosida, «qiyoman» («qivoman», «qivomakum») so‘zi «Sizlarning ma’iyshatlaringizga sabab, vosita» deganidur «Lahunna sabiylan» — «Ularni (ayollarni) yo‘lga solish vositasi» degani bo‘lib, bu vosita fahsh yo‘lga kirgan juvonlarni toshbo‘ron qilmoq va bokiralarga darra urmoqdur»,— deydilar.

Yana boshqa birov (ya’ni, Abu Ubayd): «Masno va sulosa va rubo’a» ning ma’nosi «ikkita, uchta va to‘rtta» degani, arablar ersa (xotinni) to‘rttadan oshirmaydilar»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:07:38

2- bob. Olloh, taoloning qavli: «Agar sizlar yetim qizlarga nisbatan  noinsoflik qilib qo‘ymoqdan qo‘rqsangizlar...»

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Bir odamning qo‘l ostida bir yetimcha kiz bo‘lar erdi, u o‘sha qizni o‘ziga nikohlab oldi. Yetimcha qizga qarashli bir xurmozorning qo‘ldan ketmasligi uchungina u shunday qildi, ammo u qizga yaqinlik qilmas erdi. Olloh taoloning «Agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘ymoqdan qo‘rqsangizlar...» degan oyati ana shu kishi xususida nozil bo‘lgan erdi. «Menimcha, o‘shal qiz xurmozorga ham, uning moliga ham sherik bo‘lsa, kerak»,— deydilar. Hishom ibn Urvaning otalari».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:07:48

Ibn Shihob rivoyat qiladilar: «Urva ibn Zubayr Oisha onamizdan Olloh taoloning «Agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘ymoqdan qo‘rqsangizlar...» degan oyati karimasi haqida so‘radi. Oisha onamiz: «Ey jiyanim, bu oyat bir yetim qiz xususida nozil bo‘lgan, u o‘z valiysi (cho‘rilikdan ozod qilib, o‘z qaramog‘ida olib qolgan kishi) ning uyida turar erdi. Valiyning mol-mulki birlan qizga tegishli xurmozor o‘rtada bo‘lib, ikkalasi bir-birining moliga sherikchilik qilishar erdi. Valiy qizning xurmozori birlan jamolini yoqtirib qoldi va unga qonuniy mahrni bermasdan uylanmoqchi bo‘ldi. Shunda, Olloh taolo o‘z oyati orqali valiylar o‘z qaramog‘laridagi yetimcha qizlarga shar’iy mahr bermasdan uylanmasinlar, ularning tengdoshlariga qancha mahr berilishi lozim bo‘lsa, shuncha mahr bersinlar, yetimcha qizlarga noinsoflik qilgandan ko‘ra, yaxshisi o‘zlari xohlagan boshqa ayollarga uylansinlar, deb amr qildi. Shundan so‘ng, odamlar Janob Rasulullohdan ayollar xususida tez-tez fatvo so‘raydirgan bo‘lishdi. Shu boisdan Olloh taolo: «Sizdan ayollar xususida fatvo so‘raydilar...» degan oyati karimasini nozil qildi. Olloh taoloning «Ularga uylanishga rag‘bat qilasizlar» degan qavlidan murod shuki, Olloh taolo yetim qizlarga ularning moli va jamoli uchun uylanishni man’ qiladi, ya’ni yetim qizlar agar go‘zal bo‘lsalar, ularga shar’iy mahr bermasdan uylanishdan, agar xunuk bo‘lsalar, ularning moli qo‘ldan ketmasin, deb o‘zlari ham uylanmay, birovga ham erga bermay zulm qilishdan qaytaradi».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:08:05

3-bob. Olloh taoloning qavli: «... qaysiki odam (valiy) faqir bo‘lsa, (etim qizning  molidan) insofu adolat birlan yesin, bas qachon ularga mollarin bermoqchi  bo‘lsangizlar, guvoh keltiringizlar, hisob uchun ersa xudo kifoya qilur»

«Bidoran» — «shoshilib», «a’tadno» — «tayyorlab qo‘y-dik» degan ma’nodadur.
Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Ollohning! «Qaysiki odam (valiy) boy bo‘lsa, (adolaqizlikdan) parhez qilsin, bordi-yu kambag‘al bo‘lsa, insofu adolat birlan yesin» degan oyati yetimlarning moli haqida tushgan bo‘lib, agar valiy faqir bo‘lsa, uning molidan mehnatiga yarasha insofu adolat birlan yeyishi mumkin, deganidur».

Qayd etilgan