443-bob. Quchoqlash haqida
999. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)ga Rasululloh (s.a.v.) sahobiylaridan birining u kishi bilmagan hadisni bilishi haqidagi xabar yetdi. Jobir (r.a.) aytdilar: "(Yo'lda) tuya yo'qolib qoldi. U odamning oldiga bo-rish uchun qilgan bir oylik safarim g'oyatda og'ir kechdi. Va nihoyat Shomga yetib bordim. U odam Abdulloh ibn Unays (r.a.) ekan. Unga: Jobir eshik oldida turibdi, deb chopar jo'natdim. Chopar qaytib kelib: "Jobir ibn Abdullohmisiz?" - dedi. Men: "Ha", de-dim. U odam chiqib meni quchoqlab oldi. Men: "Ikko-vimizdan birimizning vafot etib qolishimizdan qo'rqqandim, qani, men eshitmagan hadisni ayting", dedim. U dedi: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini eshitdim: "Alloh taolo bandalarni kiy-im-boshsiz va hech vaqosiz holda tiriltiradi", de-dilar. Biz: "Hech vaqosiz?" - deb ajablandik. Ul zot: "Hech narsalari yo'q holda, so'ng uzoqdan (ham) eshi-tiladigan ovoz bilan (menimcha, "yaqindan eshiti-layotgandek" dedilar) odamlarga nido qilinadi: "Men (barcha narsalarning, qiyomat kunining) Egasiman, jannag ahlidan birortasi toki undan bir do'zaxiy haqqini talab qilarkan, jannatga kirolmaydi. Do'zax axlidan birortasi do'zaxga kirolmaydi, agar undan bir jannatiy haqini talab qilsa". Men: "Qanday (qilib u yerda birovning haqi beriladi)? Axir biz Allohning huzuriga kiyimboshsiz va hech narsasiz boramizku?" - dedim. Ul zot: "Savoblar (berilib), gunoxlar (olinishi) bilan (haq ado etiladi)", dedilar".