Bahri bayt  ( 874548 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 215 216 217 218 219 220 221 222 223 224 225 ... 255 B


Abdulhafiz  25 Noyabr 2009, 21:59:21

Namozla ko'ngil xushnud bo'ladi,
Chin ixlos bilan o'qisak albat.
Qiyomatda javobi qiyin bo'ladi,
Uni o'qimay beparvo bo'lsak.

Qayd etilgan


Mahdiyah  28 Noyabr 2009, 05:05:52

Men sog'indim bolalikni...
G'amsiz kunlarim, shodonlikni,
Ko'cha to'la beboshlikni
Quvnoq damlarim, sho'xlikni. (c)

Qayd etilgan


Abdulhafiz  30 Noyabr 2009, 07:03:46

Ishq yo'lida aslo bo'lma xomtama,
Qo'rqinchlidir har dahasi xo'p xatar.
Daryo istab lablaringni qimtama,
Ishqdan olis sahro bormi birodar.

Qayd etilgan


MSJON  30 Noyabr 2009, 10:00:04

"Rasululloh tuyasiga taqlid qilgan
Tuyam mening markabimdir, bilsang", degan
Abdullohlar o‘tdi bosib ming bir tikan,
Lek oyoqqa yetmay zahmat, sahobalar

Qayd etilgan


Abdulhafiz  04 Dekabr 2009, 23:36:23

Rosululloh dedilar:
O'qinglar ko'p Haq kalomini!
Qorong'u go'r bo'lur ravshan,
Bilur anda savobini.

Qayd etilgan


Ansora  05 Dekabr 2009, 16:12:38

Ishq bobini Mavlom ochqach menga tegdi,
Tufroq qilib, hozir bo’l, deb bo’ynum egdi,
Boron sifat malomatni o’qi tegdi,
Paykon olib, yurak-bag’rim teshtim mano.

Ko’nglum qottig’, tilim achchig’, o’zum zolim,
Qur’on o’qub amal qilmay, yolg’on olim,
G’arib jonim sarf aylayin, yo’qtur molim,
Haqdin qo’rqub, o’tga tushmay, pishtim mano.

Oltmish uchga yoshim yetti, o’ttum g’ofil,
Haq amrini mahkam tutmay, o’zum johil,
Ro’za, namoz qazo qilib, bo’ldum kohil,
Yomon izlab, yaxshilardin kechtim mano.

Vo darig’o, muhabbatni jomin ichmay,
Ahli ayol, xonumondin tugal kechmay,
Jurmu isyon girihlarin munda chechmay,
Shayton g’olib, jon berarda shoshtim mano.

A. Yassaviy


Qayd etilgan


shoir  05 Dekabr 2009, 16:21:40

YASSAVIYONA

Oshiq bo'lib Haq dardida bo'zlolmadim,
Yaratgandan oliy maqom ko'zlolmadim,
Haqni ko'rib, ammo haqni so'zlolmadim.
Dargohida Rahmon rahm qilsin meni. (c)

Qayd etilgan


Akbarjоn  14 Dekabr 2009, 08:40:03

Mavzu ancha to'xtab qolibdiku, biz xam bir aralashib ko'raylikchi
demak I dan boshlarkanmizda

I slomga yetkazding nurga yetkazding
Y o'limdan chang g'ubor barin ketkazding
M ana deb Kalomi Sharif tutqazding
O llohim iymonla qaytish nasib et
N omingni ixlosla aytish nasib et

Qayd etilgan


Abdulhafiz  14 Dekabr 2009, 12:31:00

Tinmagay shayton deb: tinmasdan sayra!
Dunyo besh kunlikdir, erinmay yayra...
Kurashni o'rgating, Abu Hurayra
Ko'rgim kelayotir sizni tushimda!
X.Hamidov

Qayd etilgan


Abdulhafiz  19 Dekabr 2009, 08:18:19

Zotingdin erur bari uqulu malakut,
Vasfingdin o'lub bori xayolu jabarut,
Man xud na kishiki, hamdingga til ochsam,
Loyiqkim ani demakda o'lsam mabhut.
Huvaydo

Qayd etilgan