Bahri bayt  ( 874540 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 217 218 219 220 221 222 223 224 225 226 227 ... 255 B


JaviK  25 Mart 2010, 10:37:49

Tor ko`nggillik beklar manman demang kenglik qiling
92  bovlik o`zbek yurtidir tenglik qiling

Qayd etilgan


Habib  25 Mart 2010, 10:39:59

Gahi bo'ldum faqiru, gohi shohu, gah gadodurman,
Ajab devonaman, fardoki mahshargohg'a sig'mamdur.

Maqomi hayrat ichra gohi xudman, gohi bexudman,
Junun bozorida mastmanki, istig'nog'a sig'mamdur.

Boborahim Mashrab

Qayd etilgan


Habib  25 Mart 2010, 10:49:46

Rishtakim, muhlik yaram og'zig'a tiktim angladim,
Kim kafan jinsi qirog'idin suvurgan tor emish.

Ko'yi devoridin og'riq tang'a tushgan soyadek,
Sel g'amidin emdi soya o'rnig'a dildor emish.

Alisher Navoiy

Qayd etilgan


JaviK  25 Mart 2010, 10:55:55

Shamol soching tarasa seni
Atrofinda o`rasa seni
Hatto yuzin silasa seni
Shamollarga rashqim keladur

Qayd etilgan


JaviK  25 Mart 2010, 11:11:10

Rizq uchun yolg’on-yashiq so’z ishlatib,
Ba’zioda bir pul uchun boshim qotib,
Do’ppayib turgan shu tuproq pastida,
Men yotibdurman oyoqlar ostida.
Kelmadi yillar ko’zimning ravshani,
Ya’ni, ul farzandi dilbandlar qani?
Bu makonim ustiga bir yo’l qara,
Bormi, ayt, hatto yog’ochdan panjarA

Qayd etilgan


Afruza  06 Aprel 2010, 00:07:54

Aslida qalbimni cheritgan tori o'zing,
Xasta yuragimni etgan zor o'zing,
Dunyoda yagona, tengsiz yor o'zing,
Men seni sevaman, sevaveraman

Qayd etilgan


munisaxon  06 Aprel 2010, 00:34:41

Navoiy satriga termulib yurib,
Tuydim jamolini bu ko`hna elim,
Keyin sen izlading tushimga kirib,
Keyin o`zim izlab yoningga keldim

Qayd etilgan


BelleQizcha  06 Aprel 2010, 01:24:15

Men seni sevardim g'uncha labida,
o'pichdek titragan lablar misoli...
I

Qayd etilgan


Nodirbek 01  10 Iyul 2010, 16:59:13

Ibodat-la kechdi har oni,
Alloh nomi tushmay tilidan.
Varaqaning ojiz armoni
Qutlug’ yupanch bo’ldi dilida.          ( Abdul Jalil )

Qayd etilgan


Lu`lu`  15 Iyul 2010, 04:28:28

...Alloh bergan siru sinoat
Yuraklarga chirmashsa asta.
Deylik,Robbim, Senga barcha hamd,
Faqat qalbim qilmagin hasta...

Qayd etilgan