Rivoyat qilinishicha, bani Isroillik bir ayol Muso alayhissalom
huzurlariga kelib: «Ey Allohning elchisi, men ulkan gunoh qilib qo'yib,
so'ng bu gunohimdan Alloh taologa tavba qildim. Allohdan tavbamni qabul
qilib, gunohimni mag'firat etishini so'rab duo qiling», dedi. Muso
alayhissalom undan: «Nima gunoh qilding?» deb so'ragan edi, u: «Ey
Allohning payg'ambari, men zino qilib, bola tug'dim-da, so'ng uni
o'ldirdim», dedi. Shunda Muso unga: «Chiq bu erdan, ey fojira! Yana
kafosating tufayli osmondan olov tushib, bizni yondirib yubormasin»,
dedi.
Ayol payg'ambar huzuridan qalbi o'ksigan holda chiqib ketdi. Jabroil
alayhissalom tushib: «Ey Muso, Alloh taolo: «Nima uchun tavba qilgan
ayolni qaytarib yubording? Undan ko'ra yomonroq kimsa borligini
bilmaysanmi?» deyapti», dedi. Muso alayhissalom: «Ey Jabroil, undan ham
yomonroq kimsa kim?» deb so'ragan edi, «Namozni qasddan tark etgan
kishi», deb javob berdi.