Assalomu alaykum! Hammaga hayrli kunlar!
Bu mojarolar tugamaydi shekilli...
Tugamasligi aniq, chunki 10-15 tomlik kitob bo'ladigan narsalarni biz ikki qator post bilan tushuntirmoqchi bo'layapmiz. Olimlar bir asr sarflagan ilmni biz bir kunda mushohada qilmoqchimiz.
Ha mayli, bugun ham yozish kerak ekan, yozamizda, bu forumdan qochib qayoqqa ham borardik...
Muhammad Sohib, uzr, sizni ham ko'p o'ylantirib, asabingizni buzgan bo'lsam. O'zi so'zlab turgandirsiz, "bu Donishmand qayerda mojaro bo'lsa o'sha yerda ekandaaa," - deb. O'zimning ham jonimga tegdi-yov.
Postingizni o'qib chiqdim, salgina "yelpib" o'tib ketaman endi, hafa bo'lmaysiz.
Алюминий қуйидаги вакциналарнинг таркибида мавжуд: DTaP, Pediarix (DTaP-Hepatitis B-Polio комбинацияси), Pentacel (DTaP-HIB-Polio комбинацияси), гепатит A ва гепатит B га қарши вакциналар, гемофил инфекцияси (HIB), пневмокок инфекцияси ва инсондаги папиллома вирусига қарши вакциналар (HPV)2.
Шунингдек у оғир металл бўлиб, инсон ва ҳайвонларнинг асаб тизимига нейротоксик таъсирга эга.
Bu so'zlarni olgan manbangiz manavi bo'lsa kerak:
http://www.1796kotok.com/vaccines/opinions/aluminium1.htmAsl nusxasi esa quyidagicha:
Алюминий — тяжелый металл с известным нейротоксическим действием на нервную систему человека и животных. Он содержится в следующих вакцинах: DTaP, Pediarix (комбинация DTaP-Hepatitis B-Polio), Pentacel (комбинация DTaP-HIB-Polio), против гепатита A, гепатита B, гемофильной инфекции (HIB), пневмококковой инфекции и вируса папилломы человека (HPV)2.Bu yerda xatoliklar shundoq ham bor ekan. Alyuminiy og'ir metal emas, yengil metal. Atom og'irligi - 26,98.
Bunday sahifalar internetda ko'plab uchraydi, aksini yorituvchi sahifalar ham.
Э модам шундай, гўдакда алюминийга эхтиёж борми, симобга ёхуд калций бўлсин келинг уларни қийнамай табиий йўл билан йетказайлик.
Bu yerda alyuminiy yoki boshqa moddalar organizm ehtiyoji uchun emas, ta'sir hususiyati uchun qo'shiladi. Alyuminiy oksidi Al
2O
3 nerv sistemasi uchun zararli modda. Ximiyadan saaal habarim bor ekan-a?
(o'zi hozirda shuning uchun maosh olayapman)
Асли эмлашдан кўзланган мақсад бола организмига етишмаётган алюминий ёки симоб миқдорини ошириш эмас, балким қандайдир ҳайвонлар грипи ва қизамиқларга қарши иммунет хосил қилиш эди-ку?
Hech kim bunday deb aytmadi, noto'g'ri tushunibsiz manimcha.
Аллоҳ мукаммал қилган нарсани кам деб билишми бу билмайман.
Bu katta ayblov.
Инсон организми мукаммал бир қурилма. Буни Аллоҳ Таоло ўз каломида баён қилган
"(Қасамки) ҳақиқатан биз инсонни энг гўзал тузилишда яратдик"
Тийн сураси 4 -оят.
Biz Ollohning kalomini tahlil qilmasdan, amal qilamiz. Ya'ni, eshitdik va bo'ysundik!
Ажаб эмас, айни пайтдаги уламолар кенгаши холис ва хақиқий илм соҳиби бўлган тиббиёт ходимларининг эмлаш хақидаги хулосалри билан танишиб фатволарга ўзгартириш киритишса.
Va ulamolarimizning so'zlariga ham quloq solamiz, "Shayh hazratlari qachon so'zlarini o'zgartirar ekanlar, bizga moslab..." - degan narsa bo'lmaydi bizda.
Ha mayli, men bu postlarning hammasini o'zimning haqligimni isbotlash uchun emas, kimnidir lol qoldirish uchun emas, kimdadir boshqacha tushunchani shakllantirish uchun emas, boshqa maqsadda yozdim. Maqsadim, bu yerdagi vaksinaga qarshi fikrlarni o'qib odamlar o'zlaricha hulosaga kelib qolmasinlar, ertaga O'zbekistonda joriy qilingan majburiy emlov sababini boshqa narsaga yo'yib har xil gap-so'z, nizo keltirib chiqarmasinlari uchun yozdim. Chunki ko'rayapmiz, emlatmoqchi bo'lmagan odamlar ham bo'layapti, va bu ishlari bilan tibbiyot hodimlariga qiyin qilib qo'yayaptilar. Xalqning tinchligi biz uchun eng katta boylik.
Vaqt hozir bizda muammo, hech forumda bemalol yoza olmayapmiz.
Postlarimni yozishda qizishmadim, "qizishmanglar" deb murojaat qilganlarga aytamanki, ko'zguga ham qarang forumdosh!
Shu o'rinda
AbdulAzizga murojaat qilmoqchiman:
Mana hamma fikrlarni ko'rib chiqdik. Endi bitta taklif bor. Mana shu mavzuda so'rovnoma o'tkazib bersangiz, emlashni ma'qullaydiganlar va qarshilar ko'rinishida.
Shu bilan mavzuni ham yopsak.
E'tiborlaringiz uchun yana bir bor rahmat! Muhammad Sohib, fikrlar turlicha bo'lsa ham biz o'tkinchi odamlarmiz. Yo'lovchi yo'lovchidan hafa bo'lsa manziliga yaxshi yetib bora olmaydi. Men uchun sarflagan vaqtingizga rozi bo'ling. Farg'onaga yo'lingiz tushsa mendan bitta osh