Kecha opamnikida kompot yopgandik. Ikkita shumtakaga enagalik qilish vazifasi esa kaminaga topshirildi. AbdulAziz emaklaydigan bo`lgan, o`zini qoldirib bo`lmaydi, darrov ko`zingizni shamg`alat qilib havfliroq "zona"ga borvolishi mumkin
Shahinaning tili chiqyapti. eng birinchi aytgan so`zi boshqa bolalar singari "ada" "oyi" emas, "Bo`pa" bo`ldi.(Undan oldingi jiyanim kichikligida "Lobar" deyolmay "Bo`pa" derdi, shu shu hazillashib "Bo`pa" deb chaqiradigan bo`lishgan uydagilar:) Ana, Shahinayam davom ettirdi laqabni
Sal uzoqlashsam "Bupaaaa" deydi
)
Hullas u bo`ldi-bu bo`ldi, uyga keliboq Lobar "nokaut" bo`ldi