— Yo‘q, o‘g‘lim.
— Tanirmidi?
— Bilmadim. Bilganim shuki, ko‘pchilik o‘z opa-singillarining yetimlariga ham bunchalik qaray olmaydi. Ko‘pincha sizni urmoqchi bo‘lganimda, sizni himoya qnlib, meni uyaltirgan. Sizlarga mendan ko‘ra mehrnbonroq bo‘ldi. Men sabr qilolmagan, sabrim yetmagan paytlarda u sabr qildi. Xasta bo‘lganingizda mendan ko‘proq kuyundi. Sizlardan shikoyat qilganini eslolmayman. Yaxshiligini yuzga solmadi. Bugungi holga kelishingga, Imom Xatib maktabida o‘qishingga sabab bo‘lgan ham udir. O’lgan onang seni tug‘di, sutini emding, ammo seni shunchalar tarbiya qila olarmidi, yo‘qmi, bunisini bilolmayman.
Odilbek qancha yillar davomida insoniylik va muruvvatdan boshqa harakatiga shohid bo‘lmagan Fotimaxonimning bir vaqtlar Qur’oni Karim o‘qimoqni o‘rgatganini aytganida Husayinning ko‘z oldida bu nurli siymo yuksalib, haqiqin onalarning yaxshi jihatlari mujassam bo‘lgan sharaf tojini kiyardi.
Asr namozini birga o‘qigach, Odilbek o‘g‘liga onasining qabrini ziyorat qilishlarini aytdi va yo‘lga tushdilar. Qabriston eshigidan kirisharkan mahzun qiyofali bir askarning chiqayotgakini va salom berib uzoqlashganini ko‘rishdi. Husayin bu askarni taniganday bo‘ldi. Keyin xutba o‘qigan juma quni oyoq kiyimini olib kelib to‘g‘rilab qo‘ygan yigitni esladi. Oradan to‘r? yil o‘tgandi, shu paytgacha uchrashib qolishganlarida so‘rashib-salomlashib o‘tishardi. Demak, askar bo‘libdi.
Husayin onasining mozoridan g‘amgin holda ketmadi deyish insofsizlik bo‘lar edi. To‘g‘ri, Fotimaxonim o‘ziga munosib onalik qildi, ammo o‘z onasining loaqal yuzini xotirlashni naqadar istardi. Zehni shu o‘ylar bilan bir muddat mashg‘ul bo‘ldi. Unnng ko‘zlari namlandi. Qayg‘urnshning marhumga foydasi yo‘qligini, unga rahmat tilash ma’yuslikdan, g‘ussadan foydaliroq ekanini o‘yladi.