Husayinning maktubiga Fotimaxonimning shaxsan o‘zi javoblar bitardi. Javoblarida Turkiyada bironta musulmon odam qolmaganda ham yolg‘iz o‘zi bu ehtiyojni qarshilay oladigan darajada bilimli, yangi musulmon bo‘lgan bir odamga «mana sen o‘rnak oladigan musulmon», deya ko‘rsatadigan darajada axloqli, ilmiga amal qilgan-qilmagani so‘ralganda uyalmaydigan darajada ibodatga bog‘liq bo‘lishga undardi. Yoshligini qanday kechirgani to‘g‘risida Allohga hisob berishini unutmasligini, agar yoshlik g‘ayri shar’iy yo‘llarga undasa, u tarafga bir qadam qo‘ya ko‘rmasligini aytib, ogohlantirishni ham unutmaodi.
Husayinning hayoti Cho‘rumda — ota-onasi huzurida qanday kechgan bo‘lsa, ularning nazoratidan uzoq Istambulda ham shunday davom etardi. U yerda ham odob-axloqini muhofaza etar, darsdan boshqa narsalarga chalg‘imasdi. Chunki u o‘z maslagidan kelib chiqib birinchi navbatda Alloh rizosi uchun, Allohning diniga yordam bermoq uchun harakat qilardi. Ibodatini o‘zgalar ko‘rsin deb emas, Uning rizosini qozonmoq uchun, tark etgan yomonligini odamlar yomonlashidan chekinish uchun emas, Kun kelib Alloh huzurida javob berish uchun, har neni ko‘rguvchi, eshitguvchi, bilguvchi Allohdan qo‘rqqani uchun yomonliklarni tark etdi. Alloh qilma degan ishni qilmasligiga sabab odamlarga yaxshi ko‘rinish emas, Uning amrini ado etish shartligini, farzligini bilgani uchundir. Bunday fikr va ishonchdagi insonga nazorat shart emas.
Ikkinchi kursga o‘tganida kelgan bir maktubda Odnlaning Ismoil ismli bir yigit tarafidan so‘ralgani, bola yetim o‘sgani, kosiblik qilayotgani eslatilib, axloqi haqida «yomon emas» deyilgandi. Husayin bu ish ko‘proq ota-onasi va Odila orasida hal etilishi, agar axloqi yaxshi bo‘lsa, berilishi uchun jiddiy to‘siq yo‘qligini bildirdi.