Guli. Siddiqa, Muhseena ga:
Qizlar postlaringizga ko'ra sizlar uch dugona ekansizlar.Sizlarning dugonaliklaringiz ahloq va kundalik hayotingizda qanday tasir qiladi.Yaniy kiyinishda muomalada bir birlaringizdan tasirlanasizlarmi?
savol uchun tashakkur.Dugonalarim bilan tayyorlov kurslarida tanishganmiz,aslida Guli bilan sinfdosh ham edim azgina vaqt.Ammo umuman boshqa olam edik o'shanda,keyinchalik Siddiqa bilan yaqinlashib bordik.Keyinchalik esa ajralib boshqa o'quv yurtlariga o'qishga kirdik.Muhit esa har birimizga o'zgacha ta'sir qilmoqda edi.Albatta eng qiyini Guli o'rtog'imga keldi,uning o'qiyotgan muhiti juda yomon,juda ahloqsiz insonlar bilan to'la edi.Ammo Allohga shukrki,u bu muhit doirasiga tushmay,qaytangi ular uchun bir ibrat bo'lishlikka harakat qildi.Siddiqaning ham, mening ham muhitim uncha yaxshimasdi.Mana shundan keyin tez-tez uchrashadigan,muammolarimizni eytib,birga hal qilishga harakat qiladigan bo'ldik.Uchchalamizni birdamligimizga sabab menimcha,maqsadimiz,niyatimiz,orzularimiz bir ekanligida.Va o'sha maqsadlarimiz uchun kurashda deyarli bir xil sharoitdamiz.Albatta bir-birimizga ta'sirimiz katta deb o'ylayman.Kiyinish borasida ham,ahloq borasida ham.Masalan
Gulidan o'rgangan narsam bu sabr.U juda sabrli qiz.
Siddiqa esa juda ixlosli ,ilmga chanqoq qiz.Man hozir hamma xislatlarini yozib o'tirmadim.Ammo men sabrli bo'lishim va ilmga intilishimda ayni shu dugonalarimning ta'siri juda katta.
InshaAlloh birdamligimiz bardavom bo'lib,Alloh niyatimizga yarashisini ato etsin.