Allohim omonlik bergil qalbimga,
Vujudim tark etib bo’lganda toqat.
Hech ma’ni topolmam boqib xalqimga,
Senga yig’lamoqdan ayirma faqat!
Kaloming bir harfin o’qisam sahar,
Ko’ksimga bir nafis shabboda tegar.
Molimni, bolamni olsang ham agar,
Senga yig’lamoqdan ayirma faqat!
Boshimni yanchadi gohida g’urur,
Kibrdan sarhush dil olganda surur.
Boshqalar oldida qilsangda mag’rur,
Senga yig’lamoqdan ayirma faqat!
Angladim bu dunyo go’zal yalmog’iz,
Yamlamoq istar, bir boshda ming og’iz.
Tunda joynamozning ustida yolg’iz,
Senga yig’lamoqdan ayirma faqat!
Mayli bu dahirga bermayin til,
Jonim halqumdadir ketsa o’qirib.
"œDod"lablar boshimni devorga urib
Senga yig’lamoqdan ayirma faqat!
G’arbning pinjidadir umrim quyoshi,
Singib ketmaklikka yo’qdir bardoshi.
Qurib tugasa bas ko’zimning yoshi
Senga yig’lamoqdan ayirma faqat!
Bas, endi hech kimga yozmasman g’azal,
Ko’nglimni tirnamas dunyoviy shag’al.
Bir kunda hech qursa Tahajjud mahal
Senga yig’lamoqdan ayirma faqat!
Allohim tayyorman, yo’q also malol,
Angladim umrimning ketganin zavol.
Hohlasang borimni yig’ishtirib ol!
Senga yig’lamoqdan ayirma faqat!
Hayrulla Hamidov "œFazilatli Ramazon" dasturidan.