884. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kishining qorni jarohat bilan yiringga to'lishi she'r bilan to'lishidan yaxshiroqdir", dedilar".
885-hadis 883-hadisning takrori, faqat unda Asvad ibn Sari' Rasu-lullohdan "Rabbimga bag'ishlangan madhiyamni o'qib bersam maylimi?" - deb so'raydi.
Oyisha (r.a)ga: Abu Hurayra (r.a.) "Sizlardan biringizning qorni she'rga to'lishi..." deya yuqoridagi hadisni aytgani bildirildi. Shunda Oyisha (r.a): "Abu Hurayraga Xudo rahm qilsin, hadisning boshini yodlabdi-yu, oxirini yod olmabdi. Mushriklar Rasululloh (s.a.v)ni hajv qilib, she'r to'qir edilar. Shuvdan keyin ul zot: "Sizlardan biringazning ichi mana shunday hajviy she'rlar bilan to'lganidan ko'ra, yiringa to'lgani yaxshiroqdir",. degandilar", deb javob berdilar. Tag'oviy aytadilar: "Hadisdagi she'rdan Rasululloh (s.a.v)ni hajv qilingani ko'zlangan bo'lganida edi, "to'lmoq" lafzi kelmasdi. Chunki unday hajviyalarning ozi ham, ko'pi ham kufrdir ".