Yapon she'riyatidan: hayku va tankalar  ( 44320 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 B


Ansora  13 Mart 2010, 14:35:24

Kovaxigasi Xekigado .
***
Oyog‘im ostida o‘ralashib ,
O’sgan maysalar aro
Chiyillaydi mitti jo‘jalar
***
Men tun bo‘yi xayku yozaman ,
Xotinim esa
Nimanidir yamab - yasqaydi . . .
***
O’tloqqa chiqaman ,
Qizg‘aldoqlar to‘zg‘ir shamolda
Suqsirlar uchib o‘tar . . .

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:35:34

***
Kartoshka qaynataman,
Tovushsiz koinot bo‘shliqlarida
Yig‘lar bolakay . . .
***
Qoraygan o‘choq mo‘risi uzra
Aylanadi inga joy izlab
Qaldirg‘ochlar baxorda . . .
***
Qishloqda bayram ,
Qirmizi fonarlar yonar ,
Bug‘u ma’rar olis zulmatda . . .

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:35:46

***
Suv charxpalagin aylantirishdan ,
Charchadi odamlar
Sholi ekish mavsumida . . .
***
Bug‘da pishirilgan sholg‘omni
Suzmaga qo‘shib yeb
O’ltirdim g‘amgin . . .
***
Sovuq suyagimdan o‘tib ketdi
Choshgox payti soxilda
Qarag‘aylar aro daydiyman .

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 14:35:56

***
Novdalari gulga burkangan
Bexi daraxti ostida
Gullaydi binafshalar .
***
Xuv ana , uzoqda
" Yosa " ning qishki dalalarida
Ko‘rayapman qor qarqaralarin .

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 19:05:17

Isikava Takuboku . 


***
Kasalxona derazasiga
Yaqin olib kelishdi meni.
Odamlarni ko‘rib quvondim.
***
Oxiri uloqtirdim
Kuya yegan telpagimni men.
Olti yil kiydim uni.

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 19:05:40

Toki Dzemmaro.
***
Uzoqlarni ko‘rsatdim barmog‘im bilan,
U yoqlarda, u o‘lkalarda
Oqib yotar Volga daryosi.
***
Uziliksiz, xuddi telbadek,
O’ylayverdim achchiq tamaki chekib
Olis Sibir qorlari xaqda.
***
Qayta - qayta o‘qiyman ko‘zlarimda yosh,
Yurakka yaqin Turgenevning bu kitobi.
Muqovasi sarg‘ayib ketgan"¦
***
Ox, necha bor o‘chdi papiros cho‘g‘i,
Hasratli o‘ylar -
Achchiq Rus tamakisi, qish"¦

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 19:06:04

Nasivaki Dzyundzaburo.

***
Kuzgi daryo qirg‘og‘i.
Uzun - uzun o‘t - o‘lan ichra
Baliq tutayotgan odam o‘ltirar.

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 19:06:28

SAYGYo ShYe’RIYaTIDAN

Ex ,agar bu dunyoda
Oy bulutga botmasa
Olcha gullari to‘kilmasa
Men yashayverardim
Dalalardan kelmay umrbod
***
" Yosino " tog‘laridagi
Olcha butoqlarida
Muzlab yotar qor
Olchalar gullashga
Kechikmasaydi . . .
***
Duvillab to‘kildi
Uzun - uzun o‘t - o‘lanlardan .
Billur shudringlar .
Kuzgi shamol guvillar
" Myagino " dalalarida

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 19:06:46

***
Nixoyat kuzgi osmonda
Qosh qoraygan on
Arang - arang yaltirab
Qo‘rindi uzoq kutdirgan ,
Sog‘intirgan oy
***
Endi qandoq qilaman men ,
Ko‘ylagimning namchil yengida ,
Yalt etdi shu’la
Botib ketdi bulut ortiga
Kuzgi mayus oy
***
Kuz oqshomi , oydinda
Yoprildi bulutlar
Oy yuzin to‘smoq uchun
Yo‘q , ko‘zlarimni aldabdi
G’ozlar galasining ko‘lankalari

Qayd etilgan


Ansora  13 Mart 2010, 19:07:01

***
Osmonda oy yo‘q .
Chiqarmikin u ?
Men ayvonda o‘ltirganimcha
Uzoq kutdim
Oy chiqishin tog‘li qishloqda
***
Kunduzgiday yop - yorug‘ kecha
Ko‘lankam ham ko‘rinmas .
Oy yaraqlab porlar
Borar manzilimni angladim
Qo‘ng‘iroqlar tovushidan
***
Shudringlarin to‘kmay
Uzib oldim men
Gullagan Xagi butog‘ini
Chigirtkalar qo‘shig‘in tinglab
Oy yorug‘ida

Qayd etilgan