Forumdoshdan forumdoshga savol  ( 1268600 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 100 101 102 103 104 105 106 107 108 109 110 ... 270 B


ZUBAIR  15 May 2009, 16:54:38

Muhammad, Nodir va Yasmina lar hikoyasini nazarda tutdingizmi?

Ha, huddi o'sha hikoya, Alloh sizdan ham rozi bo'lsin. :  )

Qayd etilgan


mutaallimah  15 May 2009, 17:46:48

Muhammad, Nodir va Yasmina lar hikoyasini nazarda tutdingizmi?

Ha, huddi o'sha hikoya, Alloh sizdan ham rozi bo'lsin. :  )

Alloh hammamizdan rozi bo'lsin. Mana bu yerdan shayxni boshqa darsliklarini ham eshitib ko'ring ular ham juda ta'sirli ekan:
http://www.islamway.com/?iw_s=Scholar&iw_a=lessons&scholar_id=1243

Qayd etilgan


Shokir63  15 May 2009, 18:14:47

Shokir63 aka: Sizningcha bugungi yoshlar, yigitlarni ham,qizlarni ham kiyinish uslubiga qanday qaraysiz?

Savol uchun tashakkur.
Qizlarimizning kiyimiga fikr bildirmoqchi emasman. Chunki uning qanday bo'lishi kerakligi dinimizda aniq-tiniq qilib belgilab qo'yilgan. Aniqroq aytadigan bo'lsam tasattur (hijob) tarafdorimon.
Ko'r ko'rona havas ko'p yosh qizlarning ochiq sochiq kiyinishiga olib keldi. Bu kelajak nasl uchun juda ham xatarli. Buni oldini olish uchun mash hur kishilarimiz foydali bo'lishimi mumkin edi, amm afsus ko'p mashhur ayollarimizning o'zi ham jiddiy tarbiyaga muxtoj.

Yigitlarga kelsak. O'ziga yarashgan, chiroyli kiyimlar kiyishlari kerak. Tor, jismining shakli-shamoyilini ko'rsatadigan kiyimdan uzoqroq bo'lishsa yaxshi bo'lardi.
Nuroniy otaxonlarimiz ko'rganda bu bachkanalik nimaydi demaydigan, yoshlar qaraganda zamonadan orqada qolib ketibsan demaydigan darajada bo'lsa bo'ladi.

Har xil zanjirlarni taqib olgan yigitlarni ko'rsam, ajabo bularni bunday kiyinishga nima majbur qildi ekan deb o'ylayman. Manaviy bo'shliq va insonlar orasida ajralib turish kabi tushunchalar bugungi yoshlarni shu ko'yga soldi.

Atrofdagi odamlardan ajralib qo'ymaydigan kiyim kiyish kerak deb hisoblayman, kiyinishimiz ular bilan bizning oramizga devor qurmasin, biz bilan do'stlashsin, islomning go'zalligini ko'rsata olaylik.

Agar menda islomni anglata olish salohiyati kuchli bo'lganda, o'sha o'zim yoqtirmagan zanjirli kiyimni kiyib zanjirlilarning orasiga kirib, u yerdan bir kishini kiyimining va shaytonning zanjirlaridan forig' bo'lishiga erisha olsaydim, o'sh zanjirli kiyimni kiyardim va shu ishni qilardim, ammo hayhot, dinimni yashab korsatishda va anglatishda qanjalar bo'shman.

Duolaringizga muxtoj Shokir63

Qayd etilgan


Afruza  19 May 2009, 10:14:27

Shokir63 aka: yigitlarning kiyinish madaniyati haqida fikr bildiribsiz, raxmat. Lekin hozirgi kunda buni sabablari nima deb o'ylisiz? Umuman bu holatni cheklab bo'ladimi yoki shu ahvol avjiga chiqib davom etadimi?

Qayd etilgan


Shokir63  19 May 2009, 17:54:53

Shokir63 aka: yigitlarning kiyinish madaniyati haqida fikr bildiribsiz, raxmat. Lekin hozirgi kunda buni sabablari nima deb o'ylisiz? Umuman bu holatni cheklab bo'ladimi yoki shu ahvol avjiga chiqib davom etadimi?

Savol uchun tashakkur.

Eng kuchli ta'sirga ega unsurlardan biri kino, yana biri musiqa. Yoshlar ma'lum bir obrazni yoqtirib qolishadi, uning gapirishiga, kiyinishiga hatto diniga taqlid qilishadi. Bola Jumongdek qilich o'ynaydi, Ramdek qasam ichadi va qolimizdan chiqib, baloga aylanadi...

Barchamiz bemani qo'shiq va xonandalar ko'payib ketdi deymiz, ba'zan shu ham qo'shiqmi, shu ham xonanda bo'ldimi deb xunobimiz ham oshadi. Lekin o'sha ko'shiqchilar nega "yulduzga" aylandi? Ularni hech kim tinglamasa, disklarini sotib olmasa, konsertlariga bormasa, ulardek KIYINMASA, ular "yulduz" bo'la olarmidi?

Yaqinda Avstralyalik musulmon bo'lgan kishining "Qanday musulmon bo'ldim" vidiosini ko'rdim. U musulmon bo'lganimdan keyin oldingi kiyimlarimga qarab "nega, qanday qilib bu kiyimlarni kiyib yurgan ekanman" deydi.

Buzish oson, qurish qiyin. Bir uyni bir kunda buzish mumkin, lekin uni qurish uchun, nafaqat ko'proq vaqt, balki ilm ham kerak.

Asrlar davomida bobolarimiz tomonidan qurilgan qadriyatlarimiz rus chorizmi va Sovet ittifoqi tomonidan yakson qilindi.
Sotsiyalizm inqirozga uchragach, yangi bir ma'naviy bo'shliq paydo bo'ldi va u hozir kim tomonidan nima bilan to'ldirilsa, o'sh bilan to'lib bormoqda. Afsuski "to'ldiruvchi"larning hammasi ham millatimizga yaxshilik sog'inmaydi. Ularning orasida bizga yot bo'lgan, millatimizning rivojini emas, tanazzulini xoxlovchilar ham yo'q emas. Bunday holatda yotlashish, albatta, davom etaveradi.

Buning oldini olish unchun esa har birimiz farzandlarimizni va gapimizga quloq soluvchilarni milliy rux ostida tarbiyalashimiz, komillik yo'llarini ko'rsatishimiz kerak.

Komillikni  esa Islomsiz tasavvur qilib bo'lmaydi.





Qayd etilgan


AbdurRohman  20 May 2009, 16:55:35

AbdurRahmon aka: Forumga kelganingizdan beri forumda sizga mahbub bo'lgan  narsa, hislat...

 :as:
Savol uchun tashakkur!

Forumga kelganimdan keyin o'zimda his qilganim, asosan mehribonlik bo'ldi! :)

Qayd etilgan


Robiya  21 May 2009, 16:41:33

Munira opajonga savol:

Yurtimizdagi islomiy muhit haqida nima deysiz? Unda yoshlarning o’rni qay darajada bo’lyapti? Ijobiy va salbiy jihatlari bilan.


Qayd etilgan


Robiya  21 May 2009, 16:41:45

Diydor opajonga savol:

Iymoni zaif va iymoni mustahkam kishini o’zaro farqlab bering.

Qayd etilgan


Robiya  21 May 2009, 16:42:00

Imlaah opaga savol:

Hozirgi kunda sizni o’ylantiradigan eng dolzarb muammo qaysi?

Qayd etilgan


Robiya  21 May 2009, 16:42:12

AbdurRohman, Chustiy, Birodar, Y_U_R_I_S_T:

Sizga o’z sohangiz bo’yicha magistraturaga grant va butun dunyo bo’ylab sayohatga biletdan birini tanlang deyilsa, qaysi birini tanlaysiz va nega?

Qayd etilgan