Omonat...
Tanamda chivindek jonim omonat,
Tomirda oqayotgan qonim omonat.
Bu dunyo o'tkinchi, uyim omonat,
Qo'ldagi qalamim, ko'stim omonat.
Allohim mushkulim oson aylagin,
Sen meni bandam deb, O'zing siylagin.
Boshimda bosh egam yorim omonat,
Og'zimda luqmam ham, nonim omonat.
Quchog'im to'ldirgan gullar omonat,
Tabassum aylagan chehram omonat.
ALlohim mushkulim oson aylagin,
Sen meni bandam deb, O'zing siylagin.
Hoyu havaslarga oshno bo'lmadim,
Yolg'on va'dalarga tashna bo'lmadim.
Bu dunyo zariga oshino bo'lmadim,
Mol-dunyo bevafo bari omonat.
Allohim mushkulim oson aylagin,
Sen meni bandam deb, O'zing siylagin.
Do'stlarga qilmadim hech ham xiyonat,
Qalbda saqlamadim gina razolat.
G'alaba qilgaydir bir kun adolat,
Ko'zdagi yoshim ham menga omonat.
Allohim, mushkulim oson aylagin,
Sen meni bandam deb, O'zing siylagin.
Yurgan yo'llarimda shukr aylayman,
Nomingni dilimda zikr aylayman,
Bu shirin johimni qanday bergayman,
Allohim, bu jon ham menga omonat.
ALlohim mushkulim oson aylagin,
Sen meni abndam deb, O'zing siylagin.
Qarzingni olarda meni qiynama,
Vujudim do'zaxga tashlab qiynama,
Bu biyron tilimni hech ham boylama,
Bu biyron tilim ham menga omonat,
Allohim mushkulim oson aylagin,
Sen meni bandam deb, O'zing siylagin.
Nomingga tong sahar sajda qilayin,
Omonat qarzingni meyli berayin,
O'zingni qalbimda mudom ko'rayin,
Ehtimol kelar tong menga omonat,
ALlohim, mushkulim oson aylagin,
Sen meni bandam deb, O'zing siylagin...