Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 484739 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:49:00

Salama ibn al-Akva’: «Men Janob Rasululloh birlan birga yettita g‘azotda qatnashdim. Ul zot o‘zlari bormay, askar tayyorlab jo‘natgan g‘azotlarning to‘qqiztasida bo‘ldim. Bir safar Abu Bakr. bir safar Usoma bizga bosh bo‘lardilar»,— deydilar.

Bu yerdagi hadis takroran keltirilgan.

Salama ibn al-Akv’: «Payg‘ambar alayhissalom birlan birga yettita g‘azotda birga bo‘ldim: Xaybarda, Hudaybiyada, Hunaynda, Qaradda, lekin qolganini unutdim»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:49:22

48- bob. Fath (Makka) g‘azoti va Hotib ibn Abu Balta’aning Makka ahliga Janob Rasulullohning g‘azot qilajaklari hakida xabar yuborgani

Ali raziyallohu anhu buiday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni, Zubayrni va Miqdodni jo‘nata turib: «Boringizlar, Xox degan bogga yetganingizda bir ayolni uchratasizlar, unda maktub bor, menga olib kelingizlar!» — dedilar. Biz jo‘nadik, otlarimizni yeldi-rib, bogga yetib bordik, qarasak ro‘paramizda bir ayol turibdi, unga: «Xatni ber!» — deb buyurdik. U: «Menda xat yo‘q»,— dedi. Biz unga: «Uzing xatni topib bersang, berding, bo‘lmasa kiyimlaringni yechib qidiramiz!» — deb do‘q urdik. Noiloj, ayol xatni sochlari orasidan olib berdi. Biz xatni Janob Rasulullohning huzurlariga olib bordik, Xotib ibn Abu Balta’a unda makkaliklarga Janob Rasulullohning ba’zi ishlari haqida xabar yozibdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Xrtib, bu nima qilganing?!» — dedilar. Xotib bunday dedi: «Yo Rasulalloh, meni hukm qilishga shoshilmangiz! Darhaqiqat, bir vaqtlar mening Qurayshga aloqam bo‘lgan, ya’ni ular bilan do‘stlashgan erdim, lekin o‘zim ulardan ermasman. Siz birlan birga yurgan muhojirlarning barchasining ular orasida qarindoshlari bo‘lib, u yerda qolgan mol-mulk va bola-chaqalarini himoya qiladilar. Men ersam, u yerda qarindoshim yo‘q bo‘lgani uchun ham, ulardan tanish orttirsam, mening ham yaqinlarimni himoya qilishsa, degan niyatda erdim, xalos. Lekin, bu ishni dindan qaytganimdan qilganim yo‘q, aslo. Musulmon bo‘lgach, qayta kofir bo‘lmoqqa sira rozi bo‘lmagayman!». Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ammo, bu sizlarga rost gapirayotir!»— dedilar. Umar raziyallohu anhu: «Yo Rasulalloh, qo‘yib bering menga, bu munofiqning bo‘ynini uzib tashlay!» — dedilar. Rasu-lulloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu Badrda ishtirok qilgan, Olloh taolo ersa Badrda ishtirok qilgan kishilarga nisbatan o‘z hukmini chiqarib qo‘ygan, Olloh taolo: «Istaganingizni qilingizlar, men sizlarni mag‘firat qildim!» — degan», — dedilar. Shu asnoda Olloh taolo quyidagi qavlini g‘ozil qildi: «Ey mo‘minlar, mening va o‘zlaringizniig dushmanlaringizni do‘st tutmangizlar! Sizlar ularga do‘stona munosabatda bo‘lasizlar, vaholanki ular sizlarga kelgan haq dinga ishonmay, kofir bo‘lganlar. Ular payg‘ambarni ham, sizlarni ham rabbingiz Ollohga iymon Keltirganingiz uchun o‘z diyoringizdan haydab chiqarayotirlar , agar sizlar meni deb va mening roziligimni istab jihodga chiqqan bo‘lsalaringiz, kofirlarni do‘st tutmangiz-lar! Sizlar ularni pinhona do‘st tutyapsizlar. Men sizlar oshkora qilgan narsani ham. pinhon tutgan narsani ham bo‘lurman. Sizlardan kim shu ishni qilgan ya’ni, kofirlar birlan do‘st tutungan) bo‘lsa. u to‘g‘ri yo‘ldan adashibdi!».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:49:42

49- bob Makkaning ramazon oyida fath qilingani haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga ramazon oyida g‘azot qilganlar», — deydilar. Ibn Musayyab ham shu mazmunda hadis rivoyat qilganlar.

Ibn Abbos «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ro‘za tuttan erdilar, Kudaydga, ya’ni Qadiyd birlan Asfon o‘rtasidagi ariqqa yetganda iftor qildilar. Shu bo‘yi ramazon oyi tugaguncha ro‘za tutmadilar», — deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:50:38

Ibn Abbos rivoyat qaladilar: «Payg‘ambar alayhissalom ramazon oyida Madinadan chiqdilar, u kishi birlan birga o‘n ming odam yo‘lga tushdi. Bu safar Janob Rasulullohning Madinaga kelganlariga sakkiz yarim yil bo‘lganda boshlandi. Janob Rasululloh va boshqa musulmonlar Makkaga qarab yurdilar, ul zot ham, boshqalar ham ro‘zador erdilar. Asfon birlam Qadiyd oralig‘idagi ariqqa yetib kelganlarida Janob Rasululloh og‘iz ochdilar, boshqalar ham og‘iz ochishdi».

Zuhriy: «Janob Rasulullohning (safar vaqtidagi ro‘za xususida bergan) buyruqlaridan eng keyingisiga amal qilinadi», — deydilar. Eng keyingisi ersa quyidagi hadisda bayon qilingan:

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:50:58

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom ramazon oyida H,unaynga yo‘lga chiqdilar. Odamlarning ba’zilari ro‘zador, ba’zilari og‘zi ochiq erdi. Janob Rasululloh tuyalarida o‘ltirgan hollarida bir idishda sutmi, suvmi so‘radilar, uni tuyalari ustiga qo‘yganlaridan so‘ng, odamlarga qaragan erdilar, og‘zi ochiqlar muddaolari-ni bilib ro‘zadorlarga: «og‘zingizni ochingizlar!» — deb buyurishdi».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: Rasululloh soallallohu alayhi va sallam ramazonda safar qildilar. Asfonga yetgunlariga qadar ro‘za tutib bordilar, so‘ng bir idishda suv so‘rab, nahorda boshqalarga ko‘rsatib chiqdilar, og‘izlari ochiq holda Makkaga kirib keldilar. Ul zot sasarda ro‘za ham tutardilar, og‘izlarini ochib ham yurardilar. Demak, safarda kim xohlasa, ro‘za tutadi, kim xohlamasa, tutmaydi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:51:23

50- bob Rasululloh, sallallohu alayhi va sallam Makka fath qilingan kuni
bayroqni yerga tikkanlar?


Urva ibn Zubayr rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Fath yili Makkaga jo‘nagan paytlarida, bundan xabar topgan Quraysh kattalari — Abu Sufyon ibn Xarb, Xakim ibn Xizom va Badil ibn Varqo ul zotni izlab yurib Marruzzahron degan joyga kelganda, Arafa kunidagidek ko‘plab gulxan yoqib qo‘yilganini ko‘rishdi. Shunda Abu Sufyon. «Xuddi Arafa kunidagidek ko‘plab yoqilgan bu gulxanlar qanday gulxanlar bo‘ldi erkan» — dedi. Badil ibn Varqo:Bu gulxanlar Banu Amrniki bulsa kerak»,— dedi. Abu Sufyon: «Banu Amrning gulxanlari bunchalik ko‘p ermas»— dedi. So‘ng, ularni Janob Rasulullohning posbonlari sezib qolib, ushlashdi-da, ul zotning qoshlariga olib borishdi. Shu yerda Abu Sufyon musulmon bo‘ldi. U endi ketaman deb turganda Rasulullih sollallohu alayhi va sallam Abbosga: Abu Sufyonni to‘xtatib turgil, musulmonlar daradan o‘tayotganda ularning (Ko‘pligini) bir ko‘rib qo‘ysin!»—dedilar. Abbos uni to‘xtatib turdi, jangovor qabilalar Janob Rasululloh boshchiliklarida uning oldidan birin-ketin o‘ta boshladi. Birinchi guruh o‘tganda Abu Sufyon: «Ey Abbos, bular kimlar?»—deb so‘radi. Abbos «Bu G’ifor qabilasi» -dedi. Abu Sufyon «G’ifor bo‘lsa, bo‘lar, menga nima!» — dedi. Keyin, Juhayna qabilasi o‘tdi. Ularni ko‘rib ham boyagi gapni qildi. Sa’d ibn Xuzaym qabilasi o‘tganda ham, Sulaym qabilasi o‘tganda ham boyagi gapini takrorlad. So‘ng, shunday bir harbiy qism o‘tdiki, Abu Sufyon ularni ko‘rib hangumang bo‘lganidan: «Bular kimlar?» — deb so‘radi. Abbos «Bular ansorlardur. Ularning yetakchisi Sa’d ibn Uboda qo‘lida bayroq ushlab ketayotir»,— dedi. Sa’d ibn Uboda ularga yaqin kelib «Ey Abu Sufyon, bugun qattiq jang bo‘lib, omonlik berilmaydirgan kundir, bugun Ka’ba bizniki bo‘ladirgan kundir!» — dedi. Abu Sufyon: «Ey Abbos, qanday yaxshi-ya! Bugun har kim o‘zini ko‘rsatib, hurmatga sazovor bo‘ladirgan kun!» — dedi. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Sufyonning oldidan o‘tayotganlarida, u ul zotga: «Bilasizmi, Sa’d ibnUboda nima dedi?»—dedi. Janob Rasululloh «nima dedi» — deb so‘radilar. Abu Sufyon Sa’dning nima deganini aytib berdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Sa’d noto‘g‘ri aytibdi, bugungi kun Olloh taolo Ka’bani ulug‘laydirgan kun, Ka’baga jild kiydiriladirgan kun!» dedilar. Keyin, Janob Rasululloh bayroqlarini tepasiga o‘rnatishni buyurdilar (Xajun — Makka maqbarasiga yaqin mashhur tog‘)».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:51:33

Jubayr ibn Mut’im bunday deydilar: «Abbosning Zubayr ibn Avvomga: «Ey Abdullohning otasi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam senga bayroqlarini o‘rnatib qo‘yishingni buyurdilar!» — deganlarini eshitganman. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘sha kuni Xolid ibn Validga Makkaga yuqori qismi orqali, ya’ni Kado’dan kirishni buyurdilar, o‘zlari ersalar past tomondan— Kudodan kirib bordilar. Shu kuni Xolid askarlaridan ikki kishi — Xubaysh ibn al-Ash’ar va Qurz ibn Jobirlar shahid bo‘ldilar».

Abdulloh ibn Mugaffal rivoyat qiladilar: «Men Rasulullohning Makka fathi kuni tuyalari ustida «Fath» surasini baland ovoz birlan o‘qiganlarini ko‘rdim. Keyin, ul zot: «Agar odamlar atrofimga to‘planib olmaganda ovozimni Ibn Mug‘affalga o‘xshab yanada ko‘tarur erdim!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:51:51

Usoma ibn Zayddan naql qilinadiki, u kishi Fath Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, ertalab qaerda tushib dam olamiz?» —debdilar. Payg‘ambar alayhissalom: «Uqayl ibn Abu Tolib bizga biror manzil qoldirganmi o‘zi!» — deb aytibdilar-da, keyin: «Mo‘min kofirdan, kofir mo‘mindan meros olmagay» — deb qo‘shib qo‘yibdilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhudan naql qilinaidiki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar Ollh taolo bizga zafar ato eqa, inshoalloh, Xayfda tushgaymiz!» — debdilar. Xayf — mushriklarning Janob Rasululloh Makkadan chiqarib yubormoqqa ont ichgan yeridir. Bu yerdagi hadis takroran keltirilgan.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:51:59

Anas ibn Molik raziyallohu anhudan nakl kilinadiki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Fath kuni Makkaga kiribdilar, boshlarida dubulg‘a bor erkan. Dubulg‘ani yechib turganlarida bir odam kelib «Yo Rasulalloh, Ibn Hatol Ka’baning jildiga osilib tortayotir!»— Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Uldir uni!» deb buyurdilar». «Fikrimizcha, yana Olloh taolo biladi, Janob Raoululloh o‘sha vaqtda ehromda bo‘lmasalar kerak»,— deydilar Molik.

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhudan nakl kilinadiki, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Fath kuni Makkaga kiribdilar. Baytulloh atrofida uch yuz oltmishta but turgan erkan. Shunda ul zot butlarni qo‘llaridagi ud yog‘ochi birlan turta turib. «Haqiqat keldi, botil chekindi, haqikat keldi, endi botil sira ham zohir bo‘lmaydi va qaytmaydi!» — debdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:52:06

Ibn Abbos bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Makkaga kelganlarida Ka’baga kirgilari kelmadi, chunki u yerda kofirlarning ma’budalari bor erdi. Janob Rasululloh amr qildilar, hamma butlar olib chiqib tashlandi, U yerda Ibrohim birlan Ismoilning suratlari ham bor bo‘lib, ularning qo‘lida tarozu tasvir qilingan erdi, ular ham chiqarib tashlandi. Janob Rasululloh: «Xarob bo‘lgur, mushriklar! Yaxshilik birlan yomonlikni bular o‘lchamasligini o‘zlari yaxshi bilgaylar»,— dedilar, keyin Baytullohga kirdilar-da, namoz o‘qimay qaytib chiqdilar».

Qayd etilgan