Axloq-odobga oid hadis namunalari  ( 127617 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 23 B


Foniy  11 Fevral 2008, 19:37:47

331. Tarki dunyo qilish — qalbni va badanni tinchlantiradi. Unga32  rag’bat va muhabbat qo’yish esa g’am-tashvishni ko’paytiradi. Ishsizlik insonni toshbag’ir qiladi.

332. O’lib ketganlarni haqorat qiluvchi odam halokatga yaqindir.

333. Mo’min kishini haqorat qiluvchi odamning o’zi halokatga uchraydi.

32 Dunyoga.

Qayd etilgan


Foniy  11 Fevral 2008, 19:38:18

334. Safar qilinglar, sog’lom bo’lasizlar.

335. Safar qilinglar, sog’lom va rizqu nasibali bo’lasizlar.

336. Odamlarga suv ulashuvchi kishi hammadan keyin ichadi.

Qayd etilgan


Foniy  11 Fevral 2008, 19:38:55

337. Mo’min kishini haqoratlash gunoh, uni o’ldirish kufr va uning moli bilan qonining haromligi barobardir.

338. Tez yurish mo’minning chiroyini ketkazadi.

339. Tangridan afv va ofiyat (xotirjamlik) so’ranglar. Chunki hech birlaringiz imondan keyin ofiyatdek ne’matni topa olmaysizlar.

Qayd etilgan


Foniy  11 Fevral 2008, 19:39:34

340. Tangridan foydali ilmni so’ranglar. Foydasizidan esa chetlashinglar.

341. Yirtqich hayvonlarning go’shti haromdir.

342. Beva xotinlarga va miskin-bechoralarga yordam beruvchi kishi go’yo Tangri yo’lida jihod qiluvchi yoki kechalari ibodat qiluvchi, kunduzlari ro’za tutuvchilar bialn barobardir.

Qayd etilgan


Foniy  11 Fevral 2008, 19:40:12

343. Saxiylik — bamisoli jannatning daraxtlaridan biridir. Uning shoxlari dunyoga osilib tushib turadi. Kimki o’sha shoxlardan birini tutib olsa, u jannatga boshlab boradi. Baxillik esa do’zax daraxtidir. Uning shoxlari dunyoga chiqib turadi. Kimki shu shoxlardan birini ushlasa, uni do’zaxga boshlab boradi.

344. Ey Tangrining bandalari, og’ir va yuvosh bo’linglar.

345. Og’irlik va yuvoshlik insonning yutug’idir. Uni tark etishlik esa ziyonkorlikdir.

Qayd etilgan


Foniy  11 Fevral 2008, 19:41:07

346. Podshoh bamisoli Tangrining yerdagi soyasidir. Kimki uni izzat-ikrom qilsa, Tangrini izzat-ikrom qilgan bo’ladi. Agar kimki uni xorlasa, go’yo Tangrini xorlagan bo’ladi.

347. "œSalom" — Tangrining yerdagi ismlaridan biridir. Bir-birlaringiz bilan salomlashib yuringlar. Zero, mo’min kishi odamlar oldidan o’tib borayotib ularga salom bersa, ular ham alik olishsa, ularga salomni eslatgani uchun bir daraja ko’p savobga erishadi. Mabodo alik olishmasa, unga bari bir, ulardan yaxshiroq va afzalroq zotlar, ya’ni farishtalar alik olishadi.

348. Yolg’on guvohlik beruvchining oyoqlari yerdan qo’zg’almay turib, Tangri unga do’zaxni ravo qilib qo’yadi.

Qayd etilgan


Foniy  11 Fevral 2008, 19:41:45

349. Odamlarning yomoni — ular ichidagi ulamolarning yomonidir.

350. Taomlarning yomoni — qorni ochlarni qoldirib, qorni to’qlarina chaqirilgan to’y ziyofatidir.

351. Oxir zamondagi mulklarning yomoni — bu qullardir.

Qayd etilgan


Foniy  11 Fevral 2008, 19:42:15

352. Odamlarning — yomoni Tangri nomini o’rtaga qo’yib biror narsa so’ralsa ham bermaydigan kishidir.

353. Odamlarning yomoni — o’z ahli-ayoliga baxillik va qizg’anchiqlik qiladiganidir.

354. Kishidagi eng yomon xislat — o’ta baxillik  va o’ta qo’rqoqlikdir.

Qayd etilgan


Foniy  11 Fevral 2008, 19:42:49

355. Yashirin shahvat va riyokorlik — shirkdir.

356. Inson keksayib jismi zaiflashgani bilan, qalbi uzoq umr ko’rish va molu dunyo yig’ishga yoshlardek qiziqadigan bo’ladi.

357. Qarzini uzmay dunyodan o’tgan odam, to o’sha qarzi uzilmaguncha qabrida kishanlangan holda yotadi.

Qayd etilgan


Foniy  11 Fevral 2008, 19:43:21

358. Qarindoshning qarindoshga qilgan sadaqasi — ham sadaqa, ham qarindoshlik muruvvati hukmidadir.

359. Xufyona qilingan sadaqa Tangrining g’azabini so’ndiradi.

360. Xayru ehsonni bechoraholga berishlik — sadaqa hisoblansa, uni qarindoshga berishlik ham sadaqa, ham muruvvatdir.

Qayd etilgan