413-FATVO
Qabr yerdan bir qarich baland qilib ko‘tarilib qo‘yiladi. Ustki qismi nam o‘tkazmaydigan qurilish vositalari bilan berkitilmasligi tavsiya etiladi. Qabr ustiga imorat qurish, ustida o‘tirish, uxlash, bosib yurish, tahorat ushatish, ko‘karib turgan giyohlarni yulish yoki chorva mollarini o‘tlatish makruh ishlardan sanaladi. Qabr toshi o‘rnatish va mayyit to‘g‘risida ba’zi muhim ma’lumotlarni yozib qo‘yishga ayrim ulamolar joiz deb fatvo berganlar.
«Qozixon», «Olamgiriya»
Izoh:
Maqbara shiklash, qabr toish qo‘yib, unga yozuvlar bitish masalasidagi ulamolarning ixtilofi asosan oddiy musulmonlarning qabrlari to‘g‘risida bo‘lgan. Ammo mashhur aziz-avlielar, dunyoga tanilgan olimu-ulamolarning qabrlari esa, ziyoratchilar ruhiy taassurot olsin, keyingi avlod uchun ularning mozorlari ibrat manbai bo‘lsin, degan ezgu maqsadda o‘zlari vasiyat qilmagan va xohlamagan bo‘lsalar-da, boshqalar tomonidan tiklansa, obod qilinsa, buning zarari yo‘q, balki ko‘p manfaatli jihatlari borligi uchun ruxsat berilgan.
414-FATVO
Tiriklik vaqtida o‘zi uchun qabr kavlatib qo‘yishning zarari yo‘q, aksincha, bu savobli ishdir.
«Olamgiriya», «Muzmarot»