Abdulloh ibn Abbos (r.a)dan:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Parvardigori Alloh taboraka va ta’olodan rivoyat qilib dedilar: - Alloh ta’olo hasanotlarni ham, yomon amallarni ham yozib qo‘ydi (ya’ni, farishtalariga ularni voqelikka muvofiq yozib qo‘yishni buyurdi). So‘ng bayon qildiki, kim bir yaxshilikni ko‘ngliga tugib, keyin uni qilmasa-da, Alloh ta’olo uni komil yaxshilik sifatida yozib qo‘yadi. Agar bir yaxshilikni ko‘ngliga tugib, uni amalga ham oshirsa, Alloh ta’olo uni o‘z huzurida o‘n hasanotdan yetti yuz barobargacha — behad ziyodalar bilan yozib qo‘yadi. Agar banda bir yomonlikni ko‘ngliga tugsa-yu, so‘ng uni qilmasa, Alloh ta’olo o‘z huzurida uni komil yaxshilik sifatida yozib qo‘yadi. Agar bir yomonlikni ko‘ngliga tugib, uni amalga oshirsa, Alloh ta’olo uni bitta yomonlik sifatida yozib qo‘yadi.
Buxoriy va Muslim rivoyati.
Xar safar shu xadisni o'qiganimda Allohning naqadar rahimdil Zot ekanligini,Va Uning dini end mukammal din ekanligidan va musulmon bo'lib tug'ilganimga Alhamdilullah deyman!