Xozirgi kunda yangi chiqayotgan o'zbek kinofilmlarini ko'rsam manga bir narsa qattiq ta'sir qiladi, nahotki shunchalar aynab ketgan bo'lsak, na odob-axloq bor, na tarbiya bor va na aql... . Dinku mutlaqo yo'q, uning o'rnidan esa turli xildagi shirk va irim-sirimlar joy olgan. Bu kinolar bilan butun o'zbek xalqini dunyoga shunday hunuk qiyofada ko'rsatib qo'yishmoqda. To'g'ri, jamiyatimizda tuban axloq egalari kam emas, lekin oramizada o'rnak olsa arzigulik insonlar ham bisyor.