321-bob. G'iybat maqsadi bo'lmay, uzun falonchi, deyish haqida
775. Abu Ruhm (r.a.)dan rivoyat qilindi: U kishi Rasululloh (s.a.v.)ga daraxt ostida (bay'atu-r-rizvonda) bay'at qilgan sahobiylardan biri edilar. Shu kishi aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) bilan Tabuk g'azottsda birga jang qildim. Bir kecha Axdar tog'ida turib, Rasululloh (s.a.v.)ga yaqin turib qo'riqchilik qildam, Ko'zimni uyqu bosdi. Uxlab qolmaslikka harakat qilardim. Mening tuyam ul zotaing tuyalariga yaqinlashdi. Tuyam Rasululloh (s.a.v.)ning oyoqlariga zahmat yetkazmas-mikan, degan andshpa meni qiynardi. Shuning uchuk tuyamni orqaga tortib qo'yar edim. Kechaning bir qismida (yana) ko'zimga uyqu golib keldi. Ul zotning oyoqlari yukning dastasiga tegib turardi. Mening tuyam ul zotaing tuyalarini turtab yubordi, shunda men ul zotning oyoqlariga tegib ketdim Bexos zarb natijasida ul zot "Uhh", deb yubordilar, men: "Ey, Rasulalloh, Sizga ozor berganim uchun Allohdan menga mag'firat so'rang", dedim. Ul zot: "Anavi ko'sa, uzun bo'yli va qizil yuzli odamlar nima qildilar?" - deb so'radilar". Abu Ruhm davom etib shunday dedi: "Bani G'ifor qabilasi nima uchun urushga qo'shilmaganliklarini Rasululloh (s.a.v.)ga aytdim. Shundaul zot: "(Madina atroflaridagi) Shabkati Shadax degan joyda qo'ylari bo'lgan sochlari kalta, bo'ylari qisqa odamlar nima qildilar?" - deb so'radilar. Ular G'ifor o'g'illarimikin, deb o'ylab qoldim, biroq to'la anglab yeta olmadim. Keyin Aslam qabilasidan bir jamoat ekanliklari esimga kejach: "Ey, Rasulalloh, ular Asmo' o'g'illaridan edilar", dedim. Shutsda ul zot: "Urushga qatnashmagan Asmo' o'g'illaridan bir kishini Alloh yo'lida jo'natishlariga nima to'sqinlik qildi? Aslam, G'ifor, Ansor va Kuraysh muhojirlaridan biror uzrli sabab bilan urushga qatnasha olmaganlar ham mening qadrli sahobiylarimdir", dedilar".