"Ziyo Uz Viktorinasi"da berilgan savol-javoblar. 901-910
901. Men sizdan qanday adabiy qahramonr kinoekranlarda eng ko'p paydo bo'lganini so'ramayman, faqat uning mashhur muallifini ayting.
Javob: Artur Konan Doyl. Gap Sherlok Xolms haqida ketayotgan edi. Uni 1200 dan ortiq aktyorlar o'ynagan.
902. 2007 yilda eng ko'p foyda olgan 5 ta film ro'yxatida bu multfilm ham o'rin olgan. Qaysi multfilmligini aniq ayting.
Javob: Shrek 3 (to'rtinchi o'rinda)
903. Savol qisqa. Bu kinokompaniya emblemasi Pegas oti.
Javob: Tristar Pictures
904. Gulchehra Jamilova, "Quruvchi" Futbol klubi, 40 soni, fasllardan biri va Rossiya estrada guruhi. Bularni qaysi so'z birlashtirib turibdi?
Javob: Kumush. Izoh: Gulchehra Jamilova Kumush rolini o'ynagan, Quruvchi kumush medallarni qo'lga kiritgan, Fasl-kumush qish, Estrada guruhi Serebro
905. Dominikana Respublikas aholisning 15 5izni oq tanlilar va yana 15 %ini qora tanlilar tashkil etadi. Qolgan 70 foizinichi?
Javob: Mulatlar
906. Tulin, Petrov, Karpov, Ivanov, Silin... Bu ro’yxatda yana kim yetishmayapti?
Javob: Lenin (Bu Leninning taxalluslari...)
907. Polinezida, Maorida, Azorida, Oxotiya, Nipponida, Sunda, Lemuriya. Yetishmayotgan so’zni toping.
Javob: Atlantida
908. U 21-bobosi bilan Aleksandr Nevskiyga ulanadi. Uning qarindoshlari orasida Yaroslav Mudriy, Yuriy Dolgorukiy, Dmitriy Pojarskiy, Mixail Kutuzov, Modest Musorgskiy, Sergey Raxmaninov ham bor. Bu mashhur kishi kim?
Javob: Pushkin
909. Eynshteynga ko’ra bilimdan yuqori turuvchi narsa nima?
Javob: Fantaziya
910. Grek yong'og'ining mazasini ko'pchilik yaxshi biladi. Brazil yong'og'i ham mashhur. Qiziq, amerikaliklar rus yong'og'ini nima deb atashadi?
Javob: Semichka