Bahri bayt  ( 874438 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 239 240 241 242 243 244 245 246 247 248 249 ... 255 B


azizbek_mx  27 Dekabr 2011, 08:03:03

Namozu taqvisin zohid qilur olam aro mash'hur
O'g'urub subhasin tinmay ishi doim  riyo ermish.
                       (Mashrab)

gözal tanbeh. Tashakkur :)

Qayd etilgan


Muslimahon  27 Dekabr 2011, 10:15:52

Seni unutganman

Shafaqqa ingansan sayyor qush kabi,
Go'yo tuproq bo'ldi yo'qotgan tangam.
Seni eslash mumkin bir tovush kabi,
Seni unutganman. Unutganman.

Biz suygan majnuntol kesilib ketgan,
Keyin o'tin bo'lgan, keyin alanga.
Kesilgan yurakning yarasi bitgan,
Seni unutganman. Unutganman.

Esimdan chiqibdi hatto ko'zlaring,
Qo'llaring...
Men o'zga qo'lni tutganman.
Kechir og'ir botsa yengil so'zlarim,
Seni unutganman. Unutganman.

Muhabbat...
Kimningdir oshig'i olchi,
Oshiq bo'lib xolos, zaqqum yutganman,
Qaylardadir qolib ketdi ro'molchang,
Seni unutganman. Unutganman.

Goho dilni ezar tiriklik yuki,
Goho to'yganimda bu laziz jondan.
Gohida... Bir nafas... Faqat... Holbuki,
Seni unutganman. Unutganman. Unutganman...

Iqbol Mirzo

Qayd etilgan


ibnUyayna  27 Dekabr 2011, 10:21:14


 Meni unutma meni qaylarda chekma firoooq
 Yaqindaami yo yiroq meni eslaaa
 Unutma meni nur topkan chog' quyosh
 Oqshomlar berib bardosh menii eslaaaaa... :2  :2  :2

Qayd etilgan


Muslimahon  27 Dekabr 2011, 10:28:07

Qizlarxon

Ayriliqni o'ylasam,
Tomirimda oqar qon.
Ko'zlaring haqqi qasam,
Sensiz kun yo'q, Qizlarxon.

Ichganim qasam ekan,
Quchganim tizzam ekan.
Qizlarxonning ko'nglini,
Koshki, bilmasam ekan.

Sovg'a qilgan ro'molim,
O'ramayman dedi u.
Ko'rishganda ahvolin,
So'ramayman debdi u.

Qizim hali yosh-ku, deb,
Otasi qo'ymas ekan.
Balog'atni, yaxshilar,
Yashirib bo'lmas ekan.

Har bir bosgan iziga,
Ta'na qilib o'tadi.
Ro'molini yuziga,
Pana qilib o'tadi.

Ayriliqni o'ylasam,
Tomirimda muzlar qon.
Ko'zlaring haqqi qasam,
Sensiz kun yo'q, Qizlarxon.

Holvasidan totganman,
Sumalak yalamayman.
Qizlarxonni topganman,
Boshqaga qaramayman.

Birga bog' kezsak ekan,
Nok uzib yesak ekan.
Sevgi yo'q, deb aytganing
Og'ziga kesak ekan.

Iqbol Mirzo  ::)

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  27 Dekabr 2011, 11:08:06

Nekim taqdir boʻlsa, ul boʻlur tahqiq bilgaysiz,
Erur jangu jadal, ranju riyozat barcha behuda.

Oʻzungni shod tutqil, gʻam yema dunyo uchun zinhor
Ki, bir dam gʻam yemakka arzimas dunyoyi farsuda.

Zamona ahli ichra, ey koʻngul, oyo topilgʻaymu,
Seningdek dard paymovu meningdek dard paymuda.

Ulusdin tinmadim umrimda hargiz lahzaye, Bobur,
Magar oʻlsam bu olam ahlidin boʻlgʻaymen osuda.
                                                                     (Z.M. Bobur)

Qayd etilgan


siddiqa  27 Dekabr 2011, 16:21:46

Agar aytsam do'stlar so'zning naqdini. Yaratgandan so'rang qizning bahtini. Oltindan qilsan ham uning tahtini. Qizing uyga qaytib kelar bo'lmasin. Halima    Xudoyberdiyeva.

Qayd etilgan


Humayro  27 Dekabr 2011, 16:55:43

Аарса йсқким, хорижи олам срур,
Ҳар не истарсен, сзингда жам срур.
Ксзни юмгил, ксзга айлансин кснгил,
Ксз бслурму ҳақни ксрмас бслса ул...

Rumiy

Qayd etilgan


Muhammad Sanjar  27 Dekabr 2011, 21:28:58

Loyimni o'zing qorgan esang, men na qilay?
Shaklimni o'zing chizgan esang, men na qilay?
Har yaxshi-yomonki men etarman, yo Rab,
Manglayga o'zing yozgan esang, men na qilay?..

(Umar Xayyom)

Qayd etilgan


siddiqa  27 Dekabr 2011, 22:28:26

Yashashga mador yo'q ho'p toydim holdan,  saodat davriga hosdir sog'inchim, yo'lboshchi ahtarib adashdim yo'ldan, Rasululloh sizni qattiq sog'indim.  ( H.Hamidov)

Qayd etilgan


Safida  27 Dekabr 2011, 23:24:58

Ona bo’lgan ayolning nidolarini bir eshit:
Meni yo sovutgil,yo qirqta jon ber,
Bitta bosh yecholmas mushkullarimni.
Tashvishlar lashkari sindiraman der,
Charchoq uzay deydi Muskullarimni!
Jonlar  qo’sh jonimga,qilg’il muruvvat ,
Toki bitta jonda bolamni Suyay,
Birida Tin olay,birida Quvvat,
Birida Sog’inay,birida Kuyay!
Bir jonni ajratay havotir uchun,
To’rt jon to’rt bolamning yonida yursin.
Yuragim yasharkan Er sharing quchib,
Oldida bir jonim uhlamay tursin!
                         (Tursunoy Sodiqova ning ?kitobidan .)

Qayd etilgan