Qiyos
Bir kuni Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: "œEy Rasululloh, namozda o’qib yurishim uchun menga bir duo o’rgating", deb o’tindi. Shunda ul zot sollallohu alayhi vasallam: "œAllohim, men o’zimga ko’p zulm qildim. Gunohlarni faqat Sen mag’firat qilasan. Bas, huzuringdagi mag’firat ila meni afu etgin, menga rahm aylagin. Albatta, Sen mag’firatli, rahmli Zotdirsan", deb o’rgatdilar.
Ha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu duoni "œo’ziga ko’p zulm qilgan" kishiga — Abu Bakrga o’rgatganlar. Ummatlari orasida eng ulug’ zotga, iymoni eng mukammaliga, Qur’on o’qiganida ko’z yoshini tiyolmaydigan qalbi halimiga, o’zlari jannati, deb bashorat berganlari, butun mo’minlarning imoni tarozining bir pallasiga, uniki boshqasiga qo’yilsa, ikkinchi pallaga qo’yilgan uning iymoni og’ir keladi, deb vasf etganlari, umarning xulqi uning axloqi oldida dengizdan bir tomchi, deb baholaganlari o’sha Abu Bakrga o’rgatganlar!
Rostgo’y Abu Bakr, risolatni tasdiq etgan kunidan to umrining oxirigacha jonini va molini Alloh va Rasuli uchun baxshida etgan rostgo’y Abu Bakrki, "œo’zimga ko’p zulm qildim"¦" deb duo etib tursa, boshqalarning ahvoli qanchalik bo’ldi ekan?! Bizlar nima derkinmiz?!
Musulmonlar taqvimi 1999 yil III chorak